Assalamu alaykum! Men borayotgan masjidda imom Rosul alayhisalom siyratlari haqida jum'a ma'ruzalarini qilmoqda. Deyarli, tugatdi ham. Imom aytmoqdaki, barcha payga'mbarlarga o'lim soati kelganda, dunyoda qolishlik ixtiyori berilgan va hech qaysi payg'ambar dunyoni tanlamagan. Jumladan, Muhammad ibn Abdulloh alayhisolatu va sallam ham. Payg'ambarimiz Muhammad alayhisalomga ham o'lim soati kelganda quyidagi ixtiyor berilgan. Ya'ni, birinchisi qiyomatgacha yashash, dunyo hazinalari qo'lida bo'lish va oxirda Robbil Alamiyn huzurida bo'lish. Ikkinchisi, hozir o'lim sharbatini totib, Rofiqul A'loga yetish.
Men bilmoqchi bo'lgan narsa, imom aytganlariga Qur'on va Sunnatda sahih dalil bormi? Agar bor bo'lsa, buni salaf ulamolari qanday sharhlashgan? Alloh gunohlarimizni kechirsin!
Аллоҳ таъоло айтади: "Кимда-ким Аллоҳ нозил қилган дин билан ҳукм қилмас экан, бас, улар кофирлардир." (Моида, 44)