Тавҳид форуми
Пайғамбарларга дунёда қолишлик ихтиёри берилши - Printable Version

+- Тавҳид форуми (https://tavhid.com/forum)
+-- Forum: Китоб ва Суннат (https://tavhid.com/forum/forumdisplay.php?fid=1)
+--- Forum: Ҳадис (https://tavhid.com/forum/forumdisplay.php?fid=7)
+---- Forum: Саҳиҳ ҳадис ва асарлар (https://tavhid.com/forum/forumdisplay.php?fid=66)
+---- Thread: Пайғамбарларга дунёда қолишлик ихтиёри берилши (/showthread.php?tid=1778)



Пайғамбарларга дунёда қолишлик ихтиёри берилши - SALIHAN - 12-13-2012

Assalamu alaykum! Men borayotgan masjidda imom Rosul alayhisalom siyratlari haqida jum'a ma'ruzalarini qilmoqda. Deyarli, tugatdi ham. Imom aytmoqdaki, barcha payga'mbarlarga o'lim soati kelganda, dunyoda qolishlik ixtiyori berilgan va hech qaysi payg'ambar dunyoni tanlamagan. Jumladan, Muhammad ibn Abdulloh alayhisolatu va sallam ham. Payg'ambarimiz Muhammad alayhisalomga ham o'lim soati kelganda quyidagi ixtiyor berilgan. Ya'ni, birinchisi qiyomatgacha yashash, dunyo hazinalari qo'lida bo'lish va oxirda Robbil Alamiyn huzurida bo'lish. Ikkinchisi, hozir o'lim sharbatini totib, Rofiqul A'loga yetish.
Men bilmoqchi bo'lgan narsa, imom aytganlariga Qur'on va Sunnatda sahih dalil bormi? Agar bor bo'lsa, buni salaf ulamolari qanday sharhlashgan? Alloh gunohlarimizni kechirsin!


RE: Пайғамбарларга дунёда қолишлик ихтиёри - Муслим - 08-21-2014

(12-13-2012, 09:36 PM)SALIHAN Wrote: Assalamu alaykum!
وعليكم السلام ورحمة الله وبركاته
(12-13-2012, 09:36 PM)SALIHAN Wrote: Men borayotgan masjidda imom Rosul alayhisalom siyratlari haqida jum'a ma'ruzalarini qilmoqda. Deyarli, tugatdi ham. Imom aytmoqdaki, barcha payga'mbarlarga o'lim soati kelganda, dunyoda qolishlik ixtiyori berilgan va hech qaysi payg'ambar dunyoni tanlamagan. Jumladan, Muhammad ibn Abdulloh alayhisolatu va sallam ham. Payg'ambarimiz Muhammad alayhisalomga ham o'lim soati kelganda quyidagi ixtiyor berilgan. Ya'ni, birinchisi qiyomatgacha yashash, dunyo hazinalari qo'lida bo'lish va oxirda Robbil Alamiyn huzurida bo'lish. Ikkinchisi, hozir o'lim sharbatini totib, Rofiqul A'loga yetish.
Men bilmoqchi bo'lgan narsa, imom aytganlariga Qur'on va Sunnatda sahih dalil bormi? Agar bor bo'lsa, buni salaf ulamolari qanday sharhlashgan? Alloh gunohlarimizni kechirsin!
Оиша розияллоҳу анҳодан ривоят, Расулуллоҳ соллоллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар: «Албатта, бирон бир пайғамбар токи жаннатдаги ўрнини кўриб, сўнгра унга (дунёда қолиш билан ўлим ўртасида) ихтиёр берилмагунча ҳаргиз жони олинмагай» (Бухорий ва Муслим, Аҳмад «Муснад»да).
Ҳофиз ибн Ҳажар роҳимаҳуллоҳ дедилар: "Пайғамбарларнинг хусусиятидан (бири шуки), ҳеч бир пайғамбар унга дунёда қолиш ёки ўлишни танлаш ихтиёри берилмагунича вафот этмаган" (Қаранг: "Фатҳул Борий" 10/131).
Валлоҳу аълам.