Rosululloh sollallohu alayhi vasallam yetmush ming jannatga hisobsiz kiradiganlar haqida so'ralganlarida shunday deb javob berdilar: "Ular ruqiya qilsihni (dam solib qo'yishni) so'ramaganlar, kuydirib davolamaganlar, shumlanmaganlar va Robbilariga tavakkul qilganlardir!" Ahmad rivoyatlari.
Boshqa bir rivoyatda: "Dam solmaganlar", degan ziyodasi ham bor. Allohning: "Sizlar eng yaxshi ummat bo'ldinglar…", oyatini tafsirida keltirdilar. (Ibn Kasirni tafsirlarida 2-jild).
Hofiz Ibn Hajar Imron bin Husaynning: "Faqat gina ko'z tegishdagina va biror narsa chaqqandagina ruqiya qilinadi (dam solinadi)", hadisini keltirganlaridan keyin shunday dedilar: "Imom Muslim Yususf ibn Abdulloh bin Horisdan rivoyat qiladilar, Anas roziyallohu anhu aytdilar: "Rosululloh sollallohu alayhi vasallam ko'z tekkanda, narsa chaqqanda va toshmada ruqiya qilishga ruxsat berdilar".
Savol: Birinchi hadisdagi: "Dam solmaganlar va ruqiyani so'ramaganlar" degan so'zning ma'nosi nima? Ruqiya (dam solish) faqatgina ko'z tegishdan, narsa chaqqandan va toshmadanmi?
Javob: Sahihaynda va boshqa kitoblarda rivoyat qilingani sahih sobit bo'lgani Ibn Abbos Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qildilar, hadisning oxirida Jannatga hisobsiz va azobsiz kiradiganlar haqida gapirib shunday dedilar: " Ular shumlanmaganlar, kuydirib davolamaganlar, ruqiyani so'ramaganlar va Robbilariga tavakkul qilganlardir!" Bu hadisni lafzi Buxoriyniki (7-jild, 26-sahifa). Imom Ahmad musnadda Ibn Mas'uddan shunga uxshashni rivoyat qildilar (1-jild, 401-403 sahilar).
Ammo Muslimda va boshqalarda rivoyat qilingan lafz: "Ruqiya qilmaganlar (dam solmaganlar)" haqida Shayxul Islam Ibn Taymiya aytdilar: "Bu ziyodasi roviy tamonidan vahmdir (xatolikdir). Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: "Dam solmaganlar", deb aytmaganlar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlardan kim birodariga foyda keltirolsa foyda keltirsin!" (Muslim va Ahmad rivoyatlari). Yana Rosululloh sollallohu alayhi vasllam aytdilar: "Dam solishning zarari yuq agar shirk bulmasa." (Muslim va Abu Dovud). Jabroyil Nabiy sollallohu alayhi vasallamni ruqiy qilgan (dam solgan) , Nabiy sollallohu alayhi vasallam sahobalarini ruqiya qilganlar."
"Ruqiyani suramaydilar", degani: Boshqa birovdan ruqiya qilishini (dam solib qo'yishini) suramaydilar. Chunki ruqiyani talab qiluvchida boshqa odamga bir bog'lanish paydo buladi. Ayniqsa kasal odam shifo topishi mumkin deb o'ylagan narsasiga o'rgimchakni ipi bilan osiladi. Dam soluvchini aytagnini qiladi, garchi uni aytgan suzlarini aniq bilmasa ham. Mana shu holatda uning Allohga bulgan komil tavakkuli zaiflashadi. Shuning uchun Nabiy sollallohu alayhi vasallam Jannatga hisobsiz va azobsiz kiradigan etmish ming kishini mukammal tavakkul sohiblari deb sifatladilar. Chunki ular boshqalardan dam solib quyishni so'ramaydilar, kuydirib davolamaydilar, shumlanmaydilar va Allohga tavakkul qiladilar. Balolar va qiyinchiliklarni yengib o'tishda komil va kuchli sabr bilan yolg'iz Allohga tavakkul qilishni o'zlarida jamlaydilar. Yutuq esa Allohning roziligi va shunga yarsha ajru-mukofot.
Bu sabablarni olishlikni yuqqa chiqarmaydi. Ular sabablarni tark qilishgani Allohning taqdiriga taslim bulishganidan, musibatlardan rohat olishganidan, tavhidning komilligini ro'yobga chiqarganlaridan va Allohga tavakkullarining mukammalligidandir. Dori-darmon qilish, sabablarni olish va ruqiya so'rash tavakkulni yuqqa chiqarmaydi. Balki ularga hojat tushganida, Allohning O'zigina foyda va zarar beruvchi degan e'tiqod bilan sabablarni olishlikni shariat buyuradi. Alloh sabablarni va sabab bo'lgan narsalarni yaratgan Zotdir. Alloh biror dard yaratgan bo'lsa albatta uning davosini ham yaratgandir. Bu sahih sunnatda vorid bulgandir.
Ruqiyani ko'z tegish va chaqqanda joziligini zikr qilib Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ruqiya faqat ko'z tekkenda va narsa chaqqanda", dedilar. (Termiziy, Abu Dovud va Ahmad). BU hadisdning ma'nosi cheklov emas.
Xattobiy aytdilar: "Bu boshqa kasalliklar va balolarda ruqiya joiz emasligini bildirmaydi. Buning ma'nosi: Eng yaxshi ruqiya faqat ko'z tekkanda va chaqqanda, degan ma'noda. Buning misoli: Yigit kishi faqat Aliydir, qilich faqat Zul-Fiqordir, deyish kabidir. Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasalamdan ba'zi sahobalarini og'riqdan ruqiya qilganlari sobit bo'lgan. Shafa bint Abdullohdan rivoyat qilinadi: "Men Hafsa roziyallohu anhoni oldilarida o'tirganimda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam kirdilar va menga aytdilar: "Unga yozishni o'rgatganing kabi yaraga qarshi mana bu ruqiyani o'rgatmaysanmi?" (Abu Dovud va Ahmad).
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam unga ko'zdan ruqiya qilishga buyurdilar. (Buxoriy va Muslim). Ummu Salama roziyallohu anhudan sobit bo'lgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularga uyidagi joriyaga ruqiya qilishlarini buyurdilar. Bu dalolat qiladiki ehtiyoj bo'lganida ruqiya so'rash makruh emas.
Tavfiq Allohdan, Vasollallohu ala Nabiyyina Muhammad va ala alihi va sohbihi va sallam.
Lajna daima lil buhusil ilmiya val ifta. Fatvo: 19022.
Rais: Abdulaziz bin Abdulloh bin Bazz
Noib rais: Abdulaziz Ali Shayx.
A'zolar: Abdulloh bin G'udayan,
Solih al-Favzan,
Bakr Abu Zayd.