Bu qanaqqib jamlanadi? qon Najosatmi yoki najosatmasmi? Najosat bo'sa uni hujjati nima (xar bir xarom narsa najosat emas lekin har bir najosat haromdir qoidasiga tushmidimi)? Agar najosat bo'masa Buhoriyda kegan quyidagi hadisga tushadimi?
35-bob. Katta va kichik hojatdan boshqasi tahoratni sindirmaydi, deb
hisoblovchilar
Alloh taolo oyati karimasida: «Qaysi biringiz tahorat ushatsangiz (qazoi hojat qilsangiz)
tahorat vojib bo‘ladi»,— degan. Ato ibn Abu Raboh: «Orqasidan qurt yoki peshobidan
burgaga o‘xshash hashorat chiqqan kishilar qayta tahorat qiladilar»,— degan. Jobir ibn
Abdulloh bunday deganlar: «Kimki namozda kulsa, tahoratini yangilamay namozini
qaytarib o‘qiydi». Hasan Basriy: «Agar kishi soch oldirsa yoki tirnog‘ini olsa yo mahsisini
yechsa, tahorat olmoq lozim bo ‘lmaydi (oyog‘ining o‘zini yuvib oladi)»,— deganlar. Abu
Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Tahorat yel chiqmasa, sinmaydi». Jobir raziyallohu
anhu bunday deydilar: «Rasululloh sollallohu al ayhi va sallam bir g‘azotda qatnashdilar.
Bir kishiga kamon o‘qi tegdi. U kishi qon oq ib turishiga qaramay, ruku’, sajda qilib,
namoz o‘qiyverdi». Hasan Basriy aytadilar: «Musulmonlar jarohatlari bilan ham namoz
o‘qiyverar edilar». Tovus, Muhammad ibn Ali, Ato ibn Abu Raboh va Hijoz, Makka va
Madina ahli: «Qon oqsa, tahorat sinmaydi»,—deydilar. Ibn Umar yuzidagi husnbuzarni
siqdi, qon chiqdi, lekin tahoratini yangilamadi.
Ibn Ubay qon tupurib, namozini o‘qishda davom etaverdi. Ibn Umar va Hasan Basriy:
«Qon oldirgan odam tahorat yangilamaydi, balki qon olingan joyi ni yuvadi, xolos»,—
dedilar».
Имом Молик раҳимаҳуллоҳ дедилар: “Ушбу умматнинг охири аввали ислоҳ бўлган нарса билан ислоҳ бўлади. У кунда дин бўлмаган нарса бугун дин бўлмас” (Қозий Иёз: “аш-Шифа”: 2/ 88).