Alhamdulillahi vahdah, vassolatu vassalamu ‘ala man la Nabiyya ba’dah, amma ba’d..
Alloh taolo aytadi:
“Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular bilimsizlik bilan Allohning yo’lidan ozdirish uchun va u (yo’lni) masxara qilish uchun behuda so’z(lar)ni sotib oladilar. Ana o’shalar uchun xor qilguvchi azob bordir.” Luqmon surasi, 6-oyat.
Ibn Kasir aytadilar: “va uni masxara qilish”, - oyati haqida Mujohid aytdi: Allohning yo’lini masxara qilish.
Qatoda aytdi: Allohning oyatlarini masxara qilish.
(Ibn Kasir
Mujohidning so’zi avloroqdir.” (Ibn Kasirni so’zlari tugadi.)
Qatodaning tafsirida: “yattaxizu” raf holda va “yashtari”ga atf bo’ladi, “yattaxizu”ning maf’uli “ha”dan murod esa suraning ikkinchi oyatidagi “Ayatul kitab”dir. U holda oyatning tarjimasi quyidagicha bo’ladi: “Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular bilimsizlik bilan Allohning yo’lidan ozdirish uchun behuda so’z(lar)ni sotib oladilar va u (oyatlarni) masxara qiladilar. Ana o’shalar uchun xor qilguvchi azob bordir.” Luqmon surasi, 6-oyat.
Bu Madina va Basra qorilarining aksari, ba’zi Ko’fa ahlining qiroatidir (Tobariy tafsiri.) Bu jumhurning qiroatidir (Fathul Qodir).
Mujohidning tafsirida: “yattaxiza” nasb holda “yudilla”ga atf, mansub zamir “ha” esa “sabil”ga qaytadi. “Sabil” kalimasi muannas ham, muzakkar ham bo’lishi mumkin. Alloh taolo ayatdi:
{قُلْ هَـذِهِ سَبِيلِي أَدْعُو إِلَى اللّهِ عَلَى بَصِيرَةٍ أَنَاْ وَمَنِ اتَّبَعَنِي وَسُبْحَانَ اللّهِ وَمَا أَنَاْ مِنَ الْمُشْرِكِينَ} [يوسف : 108].
“Qul hazihi sabili…” Yusuf surasi, 108-oyat. Bu oyatda “sabil” kalimasi birlikda va ma’rifa, “hazihi” ism ishora muannas. Bu holatda Luqmon surasidagi oyatning tafsiri savol beruvchi yozganidek tarjima qilnadi.
“sabil” muannas ham, muzakkar ham bo’lishi mumkinligi Fathul Qodirda va Tafsir Qurtubiyda zikr qilingan.
Allohumma solli ‘ala Muhammad va ‘ala aali Muhammad vasallim tasliman kasiron, Valhamdu lillahi robbil ‘alamiyn.