Assalamu aleikum!
BismiLlah:
Sheix Salih as-Suhaimiy. "Risolat" kinofilmini tomosha qilish hukmi.
"Risolat"- Payg'ambarimiz Muhammad, sallaLlahu aleihi wasallamning hayotlari haqida badiy film nomi.
Savol: "Risolat" kinofilmini tomosha qilish hukmi nimadir, chunki u (film) orqali odamlar Payg'ambarimiz (sallaLlahu aleihi wasallam)ning, hayotlarini juda oson yol bilan o'rganishmoqda?
Javob: Allohdan qo'rqingiz! Unda (mazkur kinofilmda), siyrani o'rganish siraham yoqdir, ammo unda faqatgina ilhad(to'g'ri yoldan ozishlik, hudosizlik) va zindiqlik(munofiqlik)larni o'rganish bordir. "Risolat" filmi va unga o'xshash boshqa Payg'ambarimiz, sallaLlahu aleihi wasallamning hayotlari haqida hikoya qiluvchi va Nabiy sallaLlahu aleihi wasallamning ba'zi ko'rinishlarini, yoki sahobalarining ko'rinishlarini ko'rsatuvchi filmlar, balki umuman sahnaviy ko'rsatuvlar tamoman haromdir. Ular buni Islomiy ko'rsatuv deyishsin, yoki dramatik yoki sevgi-muhabbatli yoki romantik va shunga o'xshash nomlar bilan atashsinlar, baribir, hammasi haromdir, yolg'on va qalvakidir. Undan tushgan daromad ham, disklari va kassetalarini sotish ham haromdir!
Hatto "Risolat", "Jannat qushlari" telekanallarini tomosha qilib o'tirish ham haromdir, chunki u yerda bid'at va xurofot(yolg'onga asoslangan narsalar) va musiqalar bordir. Va ular Alloh va Rasuliga, sallaLlahu aleihi wasallam, hayo qilishda juda noqisdirlar.