[mp3]http://www.binbaz.org.sa/audio/noor/076025.mp3[/mp3]
Savol: Men doim vitrni tunning avvalida o`qiyman, so`ngra tunning oxirgi qismida turamanda, undan keyin vitr o`qimasdan, ikki rak`at, ikki rak`atdan qodir bo`lganimcha namoz o`qiyman. Mening bu amalim to`g`rimi? Vitrni takror o`qishlikning hukmi nima?
Javob: Xa, sening bu fe`ling to`g`ri. Agar inson tunning avvalida vitr o`qisa, so`ngra Alloh unga tunning oxirida turishlikni muyassar qilsa, u ikki rak`at, ikki rak`atdan Alloh unga muyassar qilganicha namoz o`qiydi va unga tunning avvalida o`qilgan vitri kifoya qiladi. Unga vitrni ikkinchi marta o`qishligi Nabiy sollallohu a`layhi va sallamning qovlidan makruhdir: ''Bir kechada ikkita vitr yo`qdir''. Va balki Nabiy sollallohu a`layhi va sallam unda haraj-tanglik yo`qligini bildirishlik uchun vitrdan keyin ikki rak`at namoz o`qigandirlar. Lekin agar unga qodir bo`lsang, vitrni tunning oxiriga kechiktirishliging afzaldir. Sollallohu a`layhi va sallamning so`zladanki, agar unga qodir bo`lsang, vitr tunni oxirida bo`ladi: ''Tundagi namozingizni oxirini vitr (toq) qilinglar''. Agar shuni qila olsang, shunisi senga afzalidir. Va illo qodir bo`lganingni ol va tunning avvalida vitr o`qi. Agar Alloh tunning oxirida turishlikga muyassar qilsa, vitr o`qimasdan Alloh qodir qilganicha ikki rak`at, ikki rak`atdan namoz o`qigin. Alloh sizlarni yaxshilik bilan mukofotlasin.
Ibn Boz rohimahulloh, Nur a`la ad-darb
manba:
http://www.binbaz.org.sa/mat/15357