Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.Agar er va xotin biror bir masalada tortishib qolishganda er xotinining xatosini( albatta bu taloq qilishga olib boradigan xato emas)shariat asosida tushuntirib aytganidan keyin xotini eridan kechirim so'rashi kerakmi yoki so'ramasa ham bo'laveradimi?Er ayolidan kechirim so'rashlikni talab qilishga haqqi bormi?Va bu kelishmovchilik holati bir necha marta takrorlansa?Ayol eriga itoatsizlik qilganda eri necha marta tushuntirishi mumkin?Agar har safar kechirim so'rash kerak bo'lsa bu qanaday holatda bo'ladi?Alloh rozi bo'lsin!
«Эй мўминлар, Аллоҳдан қўрқинглар, тўғри сўзни сўзланглар! (Шунда Аллоҳ) ишларингизни ислоҳ қилади ва гуноҳларингизни кечиради. Ким Аллоҳга ва Унинг пайғамбарига итоат этса, бас у улуғ бахтга эришибди» (Аҳзоб: 70-71).