(08-19-2012, 09:08 PM)Муслим Wrote: Биродар, имкон бўлса буларни таърифлари билан келтиринг. Яъни нега кераклиги, қандай хусусиятлари борлиги ва ҳоказо.
Xo'sh, endi qisqacha tushuntirish berib o'taman:
1.
Barcode Scanner -
https://play.google.com/store/apps/detai...nt.android
Bu app hozirgi kunda ommaviylashib borayotgan QR-kod va shtrix-kodlarni analiz qiladi. Men bu ilovadan asosan turli saytlardan fayllar yuklab olishda foydalanaman. Ba'zi saytlarda biror faylni yuklash uchun uning internet manzili - URL bilan birga, QR-kodi ham bo'ladi. QR-kod ichida turli ma'lumotlar, shu jumladan internet-manzillar ham joylashgan bo'lishi mumkin. Siz Android-qurilmangizda ushbu ilovani ishga tushirib, QR-kodni kameraga olsangiz, u sizni kerakli manzilga yo'naltiradi. Ya'ni, uzun URL-larni eslab qolish va yozib o'tirishga hojat yo'q.
2.
File Expert -
https://play.google.com/store/apps/detai....filexpert
Ko'p funksiyali fayl-menejer. Qurilmaning ichki yoki SD-xotirasidagi fayllar bilan ishlash imkonini beradi. Shuningdek, o'rnatilgan app'larni o'chirish (uninstall) yoki backup qilish mumkin. FTP-klienti bor. Bundan tashqari, umumiy Wi-Fi tarmog'i mavjud bo'lgan holatda fayllarni bir qurilmadan boshqa qurilmaga USB-kabelsiz o'tkazish mumkin. Ya'ni, noutbukdan deylik, planshetga u-bu narsa ko'chirish uchun har gal USB-kabelni ulash shart bo'lmaydi, bu ishni File Expert app orqali Wi-Fi yordamida bajarish mumkin.
3.
IM+ https://play.google.com/store/apps/detai...impluslite
IM-messenjer. Hamma kerakli sotsial tarmoqlar va protokollar bilan ishlaydi: Gtalk, Jabber, Facebook, Mail.ru va Odnoklassniki kabi.
4.
Notepad -
https://play.google.com/store/apps/detai...om.notepad
Note'larni yozib qo'yish va saqlash uchun sodda, qulay va chiroyli application. Google Play Store'da bunday notepad app.lar juda ko'p, men aynan shuni maslahat beraman.
5.
Notification Toggle -
https://play.google.com/store/apps/detai...tionToggle
Android qurilmaning eng ko'p ishlatiladigan funksiyalari - Wi-Fi'ni yoqish/o'chirish, ekran yorug'ligini regulirovka qilish, ekranning gorizontal yoki vertikal bo'yicha avtomatik moslashuvi, rejimlarni o'zgartirish va h.k.larni Notification Bar'ga chiqarib ishlatishga imkon beradigan, foydalanuvchiga qulay qiladigan applardan biri.
6.
Pocket -
https://play.google.com/store/apps/detai...tlater.pro
Internetda sahifalar yoki maqolalarni o'qish uchun qulay ko'rinishga keltirib beradigan va keyinroq o'qish uchun saqlab qo'yadigan servis -
http://getpocket.com uchun maxsus app
7.
EzDroid -
https://play.google.com/store/apps/detai...appmanager
Bu app yordamida fonda yotgan, ishlatilmayotgan app.larni "o'ldirish" mumkin. Birdaniga juda ko'p app ishga tushirilganda ba'zi qurilmalar "qotishi" mumkin, bu app fondagi, keraksiz programmalarni operativ xotiradan bo'shatib, uni tozalashga va qurilmaning ishlash tezligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, uning yordamida o'rnatilgan application'larni ichki xotiradan SD-kartaga ko'chirib o'tkazish, cache'ni tozalash mumkin. Google Play Store'da bunday application'lar juda ko'p, ammo menga dizayn, qulaylik va funksionallik darajasi bo'yicha aynan shunisi ko'proq yoqadi.
Shu bilan birga, agar bunga ehtiyoj bo'lsa, Android uchun mo'ljallangan pullik applar haqida ham ma'lumot berib o'tishim mumkin. Pullik applar ichida bepullari orasida uchramaydigan unikal va sifatli applar juda ko'p.