Temirdek mustahkam yodlash uslublari.
Bu uslub amaliy tajribadan o’tgan yod olishda eng kuchli yo’l hisoblanadi, bunga amal qilishda qattiq hirs kerak bo'ladi va eslash qobiliyatining haqiqatda ham odam hayron qoladigan hislati borligini ko’radi. Bu rost va haqiqatdir...
1-Avval yodlashga mo’ljallangan qismni ajratib olasiz, so’ngra uni baland ovoz bilan o'qiysiz. Kitobdagi o’qiyotgan oyatingizga qattiq diqqat qilib qaragan holatda. So’ngra ushbu oyatni kitobga qaramasdan o’qiy oladigan bo’lguningizgacha takrorlaysiz.
2-Mo’ljallangan qismni yodlab bo’lganingizdan keyin uni yana 300 matra takrorlaysiz, ammo u Qur’on oyatlari bulsa 500 marta takrorlaysiz. Balki siz 500 marta takrorlashni ko’rib dahshatga tusharsiz!!? Lekin aytamizki: Mavritaniyadagilar Qur’ondan yodlayotgan bo’lsalar kamida 1000 marta takrorlaydilar. Albatta bu uslub ko’p vaqtni oladi, lekin bilingki bu uslubda yodlasangiz Qur’onni xoxlagan
vaqtingizda o’zingiz bilan hujjat qilib olib yurasiz va bu yodlash sizga yangi hayot bahshida etadi. Qaysiki u hayotda siz ko’p vaqtingizni qayta yodlash uchun sarflamaysiz, bu yo’l orqali siz yoki yodlagan yoki yodlamagan kishidan biriga aylanasiz. Uchinchi yo’l esa yo’q.
Esdan chiqarib yana yodlab vaqtingizni sarflamasdan butun umringiz davomida uni unutmay saqlab yurasiz. Siz bir necha soatingizni sarflab butun umringizni sarflashdan qutulasiz. Inson boshida qattiq, yahshi, mustahkam yodlasa, albatta u zehnida sobit-umrbot
qoladi.
3-Yodlagan sahifangizni oxirida kitobga qaragan holda o’qing, bir necha vaqt o’tgandan keyin, uni esingizdan chiqarmaganingizni aniqlash uchun. Shu joyda bir bo’lib o’tgan voqeani keltiramiz, bir olim o'zining kampir cho’risi oldida bir hadisni yodlash uchun qayta-qayta takrorlayveribdi. Shunchalik ko’p takrorlaganidan oxiri kampir bo’ldi hali ham yodlolmadingmi, men kampir bo’lib yodlab oldimku, debdi. Olim undan yodlaganini haqiqatmi yo’qmi bilish uchun yodlab berishini talab qilibdi, shunda kampir haqiqatdan ham yodlab olganini to’liq, xatosiz aytib beribdi. Olim tabassum qilganicha tasanno aytibdi, bir necha hafta o’tganidan keyin kampirdan o’sha yodlagan narsasini qayta aytib berishini so’rasa, kampir: "Eee, allaqachon esimdan chiqib ketgan", deb aytib berolmabdi. Shunda olim hali esidan chiqarmaganini aytib yodlab beribdi va "ko’rdingmi nima uchun ko’p takrorlaganimni sirini" deb aytibdi.
4-O’zingizni qiynamasdan yodlash uchun mo’ljallangan qismni mayda bo’laklarga bo’lib chiqing. Bu sizga yodlashda yordam beradi... Misol uchun: 100marta o’qib keyin dam oling, so’ng yana qaytadan o’qing, 300marta bo’lguncha shunday qiling.
5-Ikkinchi kunida huddi avvalgi kunidek takrorlab qaytarishda davom eting. Tugatganingizdan keyin dam oling.
6-Ikkinchi kunida kamida 500martani tugatganingizdan keyin ozgina dam olib, so’ng yana 150marta uni qaytadan yoddan o’qing.
7-Uchunchi kuni yangi sahifani yodlashga o’tib,yana birinchi kuni yodlangan qismni 50-75marta qaytaring.
8-To’rtinchi kuni oldingi kunlardagidek takrorlanadi, lekin 1-kun yodlaganlarini kamroq o’qiydi, 10martagacha takrorlasa kifoya...
Sizga bu uslub juda qiyin va mashaqqatlik ko’rinishi mumkin, lekin asta-sekinlik bilan siz bunga erishsangiz keyinchalik qayta yodlashga muhtoj bo’lmaysiz. Bu yodlaganlaringiz huddi zehningizga o’yib naqsh solingandek yozilib qoladi. Bu yo’lda 5martaga etguncha takrorlashni maslahat qilamiz, yodlaganlaringiz keyingi yodlaganlaringizga muttasil bog’lanishi uchun. Mavritaniyaliklarda yodlangan narsani mustahkamlash asosiy ish hisoblanadi. Oddiy o’rtacha yodlagan tolibning yodlagandan so’ng qaytarishi sahifaning qanchaligiga qarab 100martadan 1000martagacha boradi... U yodlagan narsasini baland ovoz bilan tongda nomozdan so’ng o’qiydi va peshingi namozdan so’ng qaytaradi, so’ngra shom namozidan keyin o’qiydi, keyingi kuni yangi darsni yodlashdan oldin eski darsini takrorlashdan boshlaydi, uni ustoziga topshirganidan so’ng keyingi darsga o’tadi...
Shu tarzda har bir darsni yodlab chiqadilar, hafta ohirida ular butun haftada yodlaganlarini qaytaradilar, toki qasd qilgan narsalarini yodlab bo’lguncha shu holatda davom etadilar. Tugatganlaridan so’ng boshqa kitobni yodlashga o’tadilar. Avvalgi yodlagan kitoblarini har haftada ohirida yod bo'lib ketguncha takrorlaydilar, boshqa kitobni yodlash mobaynida ham. Ularning talabalari orasida haftalik takrorlash katta matnlar uchun va oylik takrorlash qisqa matnlar uchun (Ibni Molikning sarf kitobi, Bayquniyya, Rohabiyya (meros ilmi
haqida), Bulug’ul marom va boshqa kitoblar) qismlangan. Ular orasida sahar paytida uxlab yotgan tolibni topmaysiz.
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар: «Дунёда ғариб-нотаниш ёки йўловчидек бўл!» (Бухорий 6416).