«Кун оятига келган савол» Wrote:Assalomu Aleykum.
Men sizdan Anbiyo surasining 95-96 oyatlarini arab tilida yozilgan Qur'ondan o'zbek tiliga tarjima qilib berishingizni so'rayman chunki men ayrim tarjimalarda noo'xshashlikka duch keldim. Quyida ularni keltiraman:
1. Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning al-quran.info websiteda berilgan o'zbekchaga tarjima qilingan Qur'on nusxasidan:
-95- Биз ҳалок қилган қишлоқ-шаҳарларнинг қайтмаслиги ҳаромдир. (Бу дунёдаги гуноҳлари учун йўқотиб юборилган шаҳар-қишлоқларнинг аҳолиси қиёмат куни жазоларини олиш учун қайтариладилар. Уларнинг қайтмасликлари мумкин эмас.) -96- Ниҳоят, Яъжуж ва Маъжуж очилиб, улар ҳар бир тепаликлардан оқиб келганларида.
2. al-quran.info vebsaytida berilgan Yusuf Alining inlizchaga tarjimasi:
-95-But there is a ban on any population which We have destroyed: that they shall not return, ---- (O'zb): Lekin, biz halok qilgan har bir millat (aholi) ga ta'qiq bor (qo'yilgan): Ular qaytmaydilar.
-96-Until the Gog and Magog (people) are let through (their barrier), and they swiftly swarm from every hill. ---(O'zb)--- Toki Ya'juj va Ma'jujlar to'siqlaridan ochilib, har bir tepalikdan katta miqdor va tezlikda kelgunicha
Bu ikki tarjima bir-biriga mos keladi, lekin quyidagi uchinchi tarjima Shayx Imran Hosein ga tegishli bo'lib, bu oyatlarni u o'zining Islamic view of Gog and Magog in the modern age (zamonaviy dunyoda Ya'juj va Ma'jujga Islomiy qarash) degan kitobida keltirgan.
95-96 “There is a ban on a town which we destroyed
(and whose people were then expelled) that they (i.e. the people of
the town) can never return (to reclaim that town as their own) until
Gog and Magog are released and they spread out in all directions
(O'zb): Biz halok qilgan bir shaharga ta'qiq qo'yilgan, shahar aholisi toki Ya'juj va Ma'jujlar chiqarilib, har tarafga tarqalmaguncha hech qachon qaytib kela olmaydilar.
Yuqoridagi ikki tarjima bilan uchinchi tarjima orasidagi farq shundaki, 1 va 2- tarjimalarda Alloh tomonidan halok qilingan har bir shaharga ta'qiq qo'yilgan deyilsa, 3-tarjimada esa Imran Hosein bitta shahar deb, o'z tafsirida va kitobida bu shahar Quddus ya'ni Jerusalem deb aytyapti. Kitobni boshida keltirilishicha Imran Hosein, juda ko'p yillar davomida shu mavzuni o'rgangan va arab semantikasi bo'yicha katta olim, Dr Tamman Adi bilan ishlaganligini aytadi.
Iltimos, shu Anbiyo surasi 95-96 oyatlarni arab tilidagisini ko'rib chiqib tarjima qilib bersangiz. (O'zbek tilidagi boshqa olimlar tomonidan tarjimalar kerak emas, ular menda bor masalan Abdulloh Mansurning)
Rahmat.
Agar Islamic view of Gog and Magog in the modern world degan kitobga qiziqsangiz mana bu linkdan inglizcha nusxasini tekinga skachat qilib olsangiz bo'ladi
http://imranhosein.org/books/131-an-isla...n-age.html
http://www.facebook.com/kun.oyati