assalamu alaykum ua rohmatulloh!
avvalan, mana shu linkdagi malumotni o'qib chiqishlik foyda bo'ladi in sha Alloh!
ua davomida:
Abdur Rohman as Saadi rohimahulloh bu oyatlarga tafsir bera turib aytadialar:
(32) Alloh Ta'olo, qullarning egalari ua musulmonlarning kattalariga o'z qo'l ostidagilarni nikoh qilib qo'yishliklarini buyuradi. Bu buyrug' ostiga, yosh bo'ydoq yigit ua qizlar, eridan ajragan ua tul bo'lgan ayollar kiradi. Etim qolganning qarindoshlari yoki, etimni o'z qaroviga olgan odamlar uni nikoh qilishligi lozim, hoh u (etim qolgan) turmushga chiqsin yoki uylanadigan bo'lsin. Agarchi, o'z qarovidagilar bilan inson nikoh qilishligi buyurilgan bo'lsa (yani, u etimni yaqinlari u bilan keyinchalik balog'atga etishligi bilan nikoh qil deb vasiyat qilishgan bo'lsa), u holatda u inson (qarovi ostidagi bilan) oila qurushlikka yana ham etiborliroq bo'lishligi kerak.
Bu qatorda Alloh Ta'olo, qul erkak ua ayollarni nikoh qilishlikni buyurdi, agar ular fahsh ua fasoddan yiroq bo'lishsalar. Qullarning egalariga vojib bo'ladiki, o'z qullariga mukofotlab ua yahshilik qilishlik, modomiki ular(qullar) fahsh fasoddan saqlanar ekan. Agarchi qul zino ua boshqa fasodlarga qo'l ursa, unda uning egasiga uni nikoh qilishlik mumkin emas bo'ladi. Bu tafsir shunga dalil bo'ladiki, zinokor ayol ua erkak nikoh qilinishlikka loiq bo'lishmaydi illo ana shu qilgan gunohlarida tavba qilmaguncha, bu haqida suraning boshida aytib o'tdik. Alloh Ta'olo bu nikohni faqat solih amallar qilgan qullardan bo'lgan erkak ua ayolga tayinladi, hur bo'lgan musulmonlarga bu hukm tarqatilmaydi, chunki zino, ko'proq qullarning oralarida sodir bo'ladi.(albatta sheyh rohimahulloh musulmonlar haqida yahshilik so'zladilar, chunki hozirgi vaqtga kelib, zinong har turlari musulmonlar orasiga dushmanlar tarafidan kirgizildi, hatto har-hir "Islomiy nikoh ua tanishuv" saytlari mavjid bo'ldi, Allohum musta'an! Alloh barchalarimizni zinodan saqlasin!)
Bundan keyin Alloh Ta'olo nikoh qilganlarni o'z marhamati bilan boy qilsihligini va'da qildi. Musulmon, nikoh bu moliyaviy qiyinchilik deb o'ylashligi mumkin emask, chunki Alloh Ta'olo o'z bandalariga nikoh qilishlik buyurdi, ua va'da berdiki faqirlik ua (birovga) hojatmand bolishlikdan O'zi saqlashligini. Allohning ismlaridan- al-Vaasi, al-Aliym! Uning rohmati ua sahovati cheksizdir! U, kim ruhiy ua moliyaviy boylikka muhtojligini Biladi, ua kim Allohning rohmatiga lo'iq emasligini ham Bilguvchi! Ua har bir (mahluqni) O'zining Ilmi ua Hikmati bilan mukofotlaydi!
(33) Nikohlanishgani ilojisi yo'q bo'lgan musulmonlar esa, o'zlarini fahsh ua fasod ishlardan saqlashlari kerak, ua butun kuchlarini Allohga osiy bo'lib qolmasligi uchun ishlatishlari kerak. Bunig uchun muslim ua muslimalar har hil oy'lardan saqlanishlari lozim, chunki oy'lar ana shu gunohni qilishlikka turtki bo'ldi, ua Nabiy sollallohu alayhi ua sallam hidoyati bilan yollanishib, mana shu so'zlarini qabul qilishlari lozim. Nabiy sollallohu alayhi ua sallam aytdilar: "Hoy yoshlar! Kimingiz nikoh qilishlikka qodir bo'lsa uylansin. Kimki qodir unga bo'lmasa, ro'za tutsin, chunki ro'za tutishlik u uchun ahta qilmoqlik bilan teng".
Bu hukm, o'z kambag'olligi, valiy ua qarovchilarini boy emasligi tufayli nikohlana olmaganlarga tarqaladi. Ua yana bu hukm, yoshlarning qarovchilari ua qullarning egalari ularni hikohlantirib qo'yishni hohlamaganlarida, ua yoshlar ularni bunga targ'ib qilishga qodir bo'lmasal ular ham tarqaydi.
Bu tafsir eng yahshi tafsir, chunki bu erda nikoh mahrini bera olmaganlar haqida.
Alloh Ta'olo oyatning davomida, o'zini fahs ua fasoddan saqlaganlarga, O'z marhamatidan ato etishini va'da qildi ua buni qiyinchiligida engillik ua quvvat berishi ham va'da qildi. Ua shuning bilan, Allohdan bo'lgan engillik ua quvvatni kutiishlikda odam o'ziga qiyinchilik deb bilmasligini farz qildi.
Ua yana Alloh Ta'olo, hur bo'lmay ua o'z ozodligini egalaridan sotib olishlikni hohlaganlar haqida zikr qildi. Agar hur bo'lmagan erkak ua ayol o'z egasidan uni ozod qilishlikni so'rasa, egasi unga aniq bir narhni mo'ljal qilib yuborshligi lozim, agarchi egasi ularda( yani hur bo'lmagan erkak ua ayolda) yahshilikni ko'rsa. Buning manosi shuki, u hur bol'magan erkak ua ayolda o'zining hayoti uchun halol rizq topish ua dinda solih amallar qilishligiga ilojisi bor bo'ladi.
Qullarni ozod qilishlikda ikki foyda bor: birinchidan: qul ozod bo'ladi; ikkinchidan; u aniq bir hisobni egasiga to'lab, uning harajatini qaytaradi.
Ua oyatning davomida Alloh Ta'olo qullarning egalariga, ularga (qullarga) aniqlangan to'lovni to'lab berishliklariga yordam berishlikni buyurdi, chunki ular aniq yordamga muhtojdurlar ua ularning o'z boyliklari yo'q. Qulning egasiga uning to'lovini o'zaytirishga yoki yana biron boshqa yol bilan yordam berishlik lozim bo'ladi. Ua Alloh Ta'olo atrofdagilarga u qullarga ularni to'loviga yordam berishlikni ham buyurdi. Alloh Ta'olo yana bunday insonlarga zakot berishlikni belgilab berdi.
Hoy Mo'minlar! Sizlarga berilgan moldan o'z qo'l ostingizdagilarga tuhfa qiling! Sizning boyligingiz Allohning rohmati! (Allohu Akbar!) Allohning bandalariga sahovatlik bo'ling, huddi Alloh sizlarga sahovat qilgani kabi!
Bu oyatdan shu mano kelib chiqadiki, agar qul o'z egasidan uni aniq bir narhga ozod qilishlikni so'ramasa, unda egasi qulga buni taklif qilishligi majbur emas. Yana qulning egasi uni aniq bir narh uchun ozod qilmaslikka haqqi bor, agar bu holatni keyinchalik uchun foyda deb bilsa. Bu holat qachonki qul o'zi halol rizq topishlikka qodir bo'lmasa, ua ozod qilingandan keyin u (qul) atrofdagilarga yuk bolishligi, ua yana, ozodlikdan keyin u (qul) gunoh ishlar qilib yirshligi havfi bo'lsa, egasi uni ozod qilmasligi nafaqat ozod qilmaslikka haqqi bor ua lekin uni ozod qilmasligi lozim bo'ladi.
Ua yana Alloh Ta'olo qullarni egalariga ayol qullarni ularni fahshga buyurmasligini aytdi, agarchi ular masiyatdan uzoq bo'lishsalar. Bo'lmasa ularni bunga majburlashlikni ahamiyati bo'lmas edi. Agarchi ayol qul masiyatdan uzoq emas, ua zinokor bo'lsa uni u ishdan egasi qaytrishligi lozim bo'ladi. Alloh bu hukmni bu oyatda nozil qildiki, chunki johiliyat davrida qullarning egalari ularni fahshga buyrib sotar edilar, ua o'rtamchilik"dan o'zlariga foyda olishar edilar.( subhan Alloh! agar sheyh rohimahulloh johiliyat davrini ega ua qul orasida bo'lgan holatni aytslaar, biz hozirgi kunda musulmon musolmon bilan, ona qiz bilan, ota qiz bilan, aka singil bilan, ER hotini bilan shu ishni qilib foyda olayotganini ko'ryabmiz! Allohum muataa'n! "Robbana hablana min azuajina ua zurriyatina qurrota a'yun ua ja'a'lna lil muttaqina imama" amin) Qullarning egalariga qullaridan ham nomusliroq bo'lishlari lozim.
Hoy odamlar! Nahotki sizlarning qullaringiz fahshdan uzoq bo'lsalar, sizlar ularni fahshga majburlaysiz? Nahotki buni siz faqat qandaydir yo'q bo'lib ketadigan dunyo uchun qilsangiz? Agarchi siz fahsh ua najosatdan poklansangiz, ua himmat bildirib, o'limdan keyingi jazo ua mukofot haqida o'ylansangiz, bu sizga yo'q bo'lib ketadigan ua sizni pastlikka olib boradigan dunyodan ko'proq foyda keltiradi!
Ua yana Alloh Ta'olo o'z qullarini ma'siyatga majburlaganlarni u qilgan ishiga tavba qilishlariga chaqirdi. Agar ular Allohning g'azabini kelishiga sabab bo'ladigan u qilgan ishlaridan tavba qilib chetlansalar, Alloh ularni kechiradi ua rohmatiga oladi. Ular qachonki o'zlariga achinsalar, shundagina jazodan uzoq bo'lish ua mukofotga ega bolishga loiq bo'ladilar, ua albatta ular o'z qullariga rahmdil bo'lishlari ua ularga nima ziyon bo'lsa shuni uzoqlashtirishlari lozim.
Alloh qilgan hatolarimizni auvf etsin, albatta U buyuk mag'firat Egasi!
assalamu alaykum ua rohmatulloh!
Ибн Атийя раҳимаҳуллоҳ деди: “Кишилар динларида қанча бидъат пайдо қилсалар, шунча суннат улардан тортиб олинади”.