mutaallim   03-22-2011, 05:16 PM
#5
Payg'ambar manhajini mahkam tutmoqlik muhim ekanligiga dalolat qiluvchi ba'zi asarlarni eslab o'tsak

Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:”Ergashinglar, bid'at qilmanglar. Darhaqiqat kifoyalandingiz(yetarli bo'ldi)”.(Dorimiy rivoyati: 205, Ibn Nasr “Sunna” 28-sahifada, Tobaroniy “Mo'jam al-Kabir”:8770 da).
Yana shunday dedilar:”Biz iqtido qilardik, (odamlarga o'zimiz tomondan biror narsani din deb) namoyon qilmasdik. Ergashardik, bid'at qilmasdik. Modomiki asarni mahkam tutarkanmiz, hargiz adashmaymiz”. (Lalakaiy 1/86, “Al-Faqih va al-Mutafaqqih” 1/147, “Zam at-Ta'vil”:59)
Ubay ibn Ka'b roziyallohu anhu shunday dedilar:”(Sahobalar) Yo'lini va Sunnatni mahkam tutinglar. Biror bir banda (sahobalarni) yo'li va Sunnatda bo'lgan holida, yolg'iz bo'lgan holatda Rahmonni eslasa va Allohdan qo'rquv sabab ko'zidan yosh oqadigan bo'lsa, jahannam (olovi) unga aslo yetmaydi. Sunnat va yaxshilikda bo'lgan holatdagi kam qilingan amal, (sahobalarni) yo'li vaSunnatga xilof bo'lgan holatdagi ko'p amaldan yaxshidir”. (Lalakaiy: 1/54, Ibnul Javziy “Talbis iblis”: 1/44).
Usmon ibn Hazir al-Azdiy rohimahulloh aytdilarki:” Ibn Abbos roziyallohu anhumoni oldilariga kirdim. Aytdimki:”Menga vasiyat qiling. U kishi shunday dedilar: (To'g'ri yo'lda) Bardavom bo'lgin. Ergash, bid'at qilma. Avvalgi asarga ergash, (qayta aytaman) bid'at qilma”. (Ibn Nasr “Sunna”: 29, “Zammul Kalam”:335, “Ibana”: 157,158,200).
Muhammad ibn Siyrin rohimahulloh shunday dedilar:”Ular (sahobalar) aytardilarki: Kishi asarga ergashar ekan, u (to'g'ri) yo'lda bo'ladi”.(Dorimiy: 140,141. Xollal “Sunna”: 1102, Lalakaiy:1/153).
Sufyon as-Savriy aytdilarki:” Kishiga boshini qashlaydigan bo'lsa ham, asarda kelganidek qashlashi lozim bo'ladi”. (Xotib “Jome'”: 174, “Zammul Kalam”: 328).
Abul O'liya aytdilarki:” O'zlaringizga (odamlar) ajralishlaridan oldingi bo'lgan yo'llari bo'lmish, avvalgi ishni lozim tutinglar”. (Abu Nu'aym “Hilya”: 2/218, Abdurrozzaq “Musonnaf”: 20758, Marvaziy “Sunna”: 26).
Avzoiy rohimahulloh shunday dedilar:" Sunnatga muvofiq (bo'lish uchun) nafsing (vasvasasiga) sabr qil. Qavm (sahobalar) to'htagan joyda to'hta. Ular tiyilgan narsadan tiyil. Salafi-solihlaring yo'lidan yur. Chunki ularga yetgan narsa senga ham yetadi". ("Sharh Usul E'tiqod"-1/147, "Talbis Iblis"-1/53, Ajuriy "Sharia" da keltirdilar-2/673, Abu Na'im esa "Hilya"da-6/143).
Rohimahulloh yana aytdilarki:”Odamlar sendan yuz o'girsalarda, salaflar yo'liga ergash. So'zni senga bezab ko'rsatsalarda, kishilarni (quruq, dalilsiz) ra'ylarini tashla. Chunki ishni (keti) ochilib qolganda ham sen to'g'ri yo'lda bo'lgan bo'lasan”. (Zahabiy “Muxtasar al-Uluv”: 138, “Siyar A'lam Nubala”: 7/120, “Tobaqot al-Hanabila” 1/236).
Imom Ahmad shunday dedilar:” Bizni nazdimizda sunnat asoslari ushbulardir: Rosululloh sollollohu alayhi va sallamning sahobalarini yo'lini mahkam tutmoq. Ularga iqtido qilmoq va bid'atlarni tark etish”. (Imom Ahmad “Usul Sunna” (Ibn Taymiyya nashriyoti) : 25-27).
Abu Daud (“Sunan”: 4612)da, Umar ibn Abdulaziz rohimahullohdan sahih sanad bilan mana bu vasiyyatni rivoyat qiladilar:” Ammo ba'd: Senga Allohdan taqvo qilishni, kam amal qilsang ham o'rta yo'lni tutmoqligini, Nabiy sollollohu alayhi va sallam sunnatiga ergashishingni, sunnat bayon qilib, odamlarga yengil yo'lni ko'rsatib bersada, bid'atchilar o'ylab topgan bid'atlarni tark etishingni vasiyat qilaman. Sunnatni lozim tutgin. Chunki u senga Allohni izni bilan (bid'at yo'llariga kirib ketishingdan) saqlovdir. So'ng shuni yaxshi bilginki, odamlar biror bir bid'atni o'ylab topmaydilar, magaram bu ish bo'lishidan oldin, bu bid'atni qarshisiga dalil va (bu bid'at yomon oqibatlarga olib kelishiga) ibrat o'tgan bo'ladi. Bu yo'lni, ushbu yo'lni xilofida xato, qoqilish, adashish, tentaklik va dinda chuqur ketish kabi (xorlikni) bilgan zot o'rnatib ketdi. Demak qavm (sahobalar) to'htagan yerda to'hta! Chunki ular bilib to'htadilar va ongli ravishda tiyildilar. Ular sizlar qilayotgan bu bid'atlarni kashf etishga qodirroq va bu narsalarda yaxshilik bo'lganda edi ular bu fazlga loyiqroq bo'lardilar. Agar sizlar:” Ulardan keyin paydo bo'lgan” desangiz, uni ularga muxolif bo'lgan va ularning yo'llaridan og'ishgan odamlar o'ylab topganlar. Ular bu narsalardan behojat qiladigan kifoya qiladigan so'zlarni aytib gapirib ketganlar. Ulardan oshirgan kishi qiynalgan xordir. Ulardan kamaytirgan beparvo nuqsonlidir. Bir qavm ularnikidan kamaytirdilar bas, jafo qildilar, boshqa bir qavm ulardan oshdilar, bas, g'uluv ketdilar. Sahobalar esa bu ikkisining o'rtasi “Sirotul Mustaqim” - to'g'ri yo'ldadirlar”.
Ajurriy rohimahulloh “Shari'a” (1/103)da shunday dedilar:”Alloh taolo yaxshilik iroda qilgan bandani alomati, Allohning Kitobi, Rosululloh sollollohu alayhi va sallamning sunnatlari, sahobalari roziyallohu anhum va ularga go'zallik bilan ergashgan zotlar hamda har-bir shaharda (bugungi kunimizgacha) bo'lgan ulamolardan iborat musulmonlarning imomlarini yo'lidan yurishidir. (Bu imomlarga) Misol: Avzoiy, Sufyon Savriy, Molik ibn Anas,Shofe'iy, Ahmad ibn Hanbal, Qosim ibn Sallam va ularning yo'lidan yurgan zotlar. Va (yana Alloh yaxshilik iroda qilgan kishini alomatlaridan) ushbu ulamolar qoralab o'tishgan har-bir yo'lni chetlab o'tmo'qligidir”.
Abu Usmon Sobuniy rohimahulloh “Aqida as-Salaf”(82)da shunday dedilar:” Ular Nabiy sollollohu alayhi va sallam va qay birlariga ergashsa, yo'lini to'g'ri topib ketadigan yulduzlar kabi bo'lgan sahobalariga ergashadilar. Musulmonlarning ulamolari va din peshvolaridan iborat salafi-solihlarlarga ergashadilar. O'sha zotlar mahkam tutgan mustahkam din va ochiq-oydin haqni mahkam tutadilar”.
Lalakaiy “Sharh Usul I'tiqod Ahli Sunna val Jama'a”(1/76)da shunday dedilar:” Kishiga eng (avvalo) vojib bo'ladigan masalalar: Dindagi e'tiqodiy masalalarni bilishi, Alloh taolo bandalariga amr qilgan O'zining tavhidi va Sifatlarini tushunish, elchilarini dalillar va aniq ilmga binoan tasdiqlash, (bu masalalarga erishish) yo'llariga yetishish va bu masalalarga dalillar va ochiq-oydin hujjatlar bilan dalil keltira bilish.
Aytilgan so'zlarni ichida eng (qadri) balandi, hujjat va aqliy dalillarni eng aniq-ravshani, bu haq va ochiq-oydin bayon qilingan Allohning Kitobidir. So'ngra Rosululloh sollollohu alayhi va sallam va ummatning afzali va muttaqinlar bo'lmish sahobalarining so'zlari. So'ng esa salaf-solihlar ijmo qilishgan masalalar. So'ngra esa bularning barchasini mahkam tutmoq va qiyomat kunigacha ushbu yo'lda qoim bo'lmoq. So'ng esa bid'atlar va zalolatga ketgan kimsalar dinda o'ylab topishgan safsatalarga quloq solishdan chetlanmoqlikdir.
Bu (yuqoridagi so'zlar) (salaflardan) meros bo'lib, (shu kungacha) ergashilib kelinayotgan vasiyatlardir. Va (Alloh taolo tomonidan) hifzu-himoyada bo'lgan hamda (og'izdan-og'izga) naql qilinib kelgan asarlardir. (Shu kunlarimizgacha) yurib o'tilgan haq yo'llaridir. (Odamlar orasida) mahxur bo'lgan, ochiq ko'rinib turgan dalillardir. Sahobalar, tobe'inlar va ulardan keyingi musulmonlarning barchalari va xos ahli ilmlardan iborat zotlar amal qilib o'tishgan nusratlangan, aniq-ravshan hujjatlardir. Ular bu asarlarga o'zlari bilan olamlarning Robbisi bo'lmish Alloh taolo o'rtasida hujjat o'laroq e'tiqod qilib o'tishdi.
So'ngra (Alloh taolo tomonidan) hidoyat ato etilgan imomlarga ergashgan, (sunnatga) ergashuvchilarni izidan borgan, muttaqinlarning yo'lidan yurishda peshona ter qilgan, Allohdan qo'rqadigan va muhsinlar bilan birga bo'lgan kishi (ham najot topgandir)”.

Rohimahulloh (1/85)da yana shunday dedilar:”Allohning Kitobi, Rosulining sunnati va sahobalarning asarlarida doim ergashishga targ'ibni hamda (keragidan ortiqcha yuk) yuklash va (dinda yangi narsalar) o'ylab topishni qoralangan ekanini uchratdik. Kimki ushbu asarlarga cheklansa, ergashuvchilardan bo'ladi. Bu ismga eng loyiq bo'lganlar, ushbu belgiga eng haqlilar va bu sifatga eng mos keluvchilar “Asxobul hadislardir”(yani, hadis ilmi bilan shug'ullanadigan muhaddis ulamolar). Chunki ular Rosululloh sollollohu alayhi va sallamni (ko'rsatmalarini hayotlarini har-bir soniyasida lozim tutish bilan boshqalardan) ajralib turishadi, u kishi sollollohu alayhi va sallamning so'zlariga ergashishadi, hayotlarini ohirgi damlarigacha bu yo'lni lozim tutib, ilmlarini gardanlariga olishadi. (Rosululloh sollollohu alayhi va sallamning) har bir holatlari va fellariga (qat'iy amal qilishga) rioya qilishadi. Ular (asxobul hadis) Islomni u kishi sollollohu alayhi va sallamdan to'g'ridan-to'g'ri qabul qilgan, shariatga o'z ko'zlari bilan guvoh bo'lgan, o'rtada biror vositasiz shar'iy hukmlarni to'g'ridan-to'g'ri qabul qilib olgan zotlardir. Ular (bu hadislarni) og'izdan-og'izga o'tish orqali qabul qilib yodlab oldilar va (hadislar) bir og'izdan (yani ustozlaridan) chiqqanda hali qurimay turib (unutmasdanoq) qabul qilib olib, qanday bo'lsa shunday yetkazdilar. Demak og'izdan-og'izga (to'g'ridan-to'g'ri) qabul qilib olishib bu (hadis va asarlarni) haq deb e'tiqod qilishgan va qalblarida bu asarlarga nisbatan biror shak-shubha aralashmagan aniq ishonch bilan xolis turgan zotlardir.
Demak bu dinni avvali Rosululloh sollollohu alayhi va sallamning og'izlaridan chiqishi bilan biror o'zgartirishsiz va shubhasiz qabul qilinib olindi. So'ng adolatli deb tanilgan zotlar o'zlaridan keyin kelgan adolatli deb tanilgan zotlarga biror xato tushuncha kiritmasdan va to'g'ri holatdan og'ishmasdan yetkazib keldilar. So'ng bu omonatni to'p-to'p bo'lib, saf-saf bo'lib, jamoa-jamoa bo'lib, keyingilar oldingi o'tgan zotlardan qo'ldan-qo'lga o'tganday qabul qilib olishdi. Bu holat (alifbo) harflari bir-birini ketidan o'ziga mos uyg'unlashgan holatda kelganiga o'xshashdir”.

Rohimahulloh (1/83) da yana shunday dedilar:”Ergashuvchilarning e'tiqodiga, (Kitobu-Sunnatni) mahkam tutuvchilarning siyratiga, avval o'tgan solih zotlarning yo'liga shoshilinglar. (Ular) Allohning Kitobi, Rosulining Sunnatini mahkam tutib, Allohning shariati va hikmatiga ushbu Rabboniy shiorni baralla aytgan holda chaqirib o'tgan zotlardir:” Parvardigoro, nozil qilgan narsangga ishondik, payg'ambaringa ergashdik. Bas, bizni (O'zingning birliginga, payg'ambaringning haqligiga) guvohlik beruvchilar qatoriga yozgin!”.(Oli-Imron:53). Ular Allohning Sifatlarini va olamlarning robbisini yakka deb bilishni yolg'onga chiqaruvchilar yo'lini chetlab o'tgan zotlardir. Ular Qur'onni imom, (Qur'on) oyatlarini furqon (haq bilan botilni ajratuvchi) deb biladilar. Haqni o'zlariga eng oliy maqsad qilib, Rosululloh sollollohu alayhi va sallam sunnatlarini qalqon va qurol qilib, sunnat yo'lini manhaj deb bilib va bu (asarlarni) dalil qilib olgan zotlardir. Hikmatni qabul qilib, uni bid'at va havoi-nafsga ergashishdan saqlab kelgan zotlardir. (Ular bu cho'qqiga) Allohning buyrug'iga bo'ysunish, Rosulga ergashish, haqni o'chirish uchun botil yo'llar bilan talashib-tortishishni tark etganlari sababli yetishishdi”.
Sunnat imomlaridan iborat ulamolar avlodlar almashinishi bilan ana shu holatda davom etib kelishyapti. Salaf-solihlarga ergashish, ularga iqtido qilish, yo'llaridan yurib borish va izlariga ergashishga chaqirib kelishyapti.

(davomi bor).
This post was last modified: 03-22-2011, 05:34 PM by mutaallim.
  
Users browsing this thread: 1 Guest(s)
Powered By TAVHID.COM, © 2002-2024 Tavhid Forum.
Made with by Curves UI.