Pages (2):    1 2
Abbos   09-14-2012, 08:29 PM
#11

QAZO BO'LGAN NAMOZLARNI ADO QILISH VA ULARNING TARTIBI HAQIDAGI BOB

ELLIK TO’RTINCHI HADIS

عَن جَابر بْنِ عَبْدِ الله رَضيَ الله عَنْهُمَا: أنَ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ رَضي الله عَنْهُ، جَاءَ يَوْمَ الْخَنْدَقِ بَعْدَ مَا غَرَبَتِ الشمس فَجَعَل يَسُبّ كُفَّارَ قُرَيْش، وَقَالَ: يَا رسول الله، مَا كِدتُ أصَلي العَصر حَتَّى كَادَتِ الشمسْ تَغْرُبُ.
فَقَاَل النَبيُّ صَلّى اللّه عَلَيْهِ وَسَلّمَ: " والله مَا صَليْتُهَا ".
قَالَ: فَقُمْنَا إِلى بُطْحَانَ فَتَوَضَّأ للصّلاةَ وتوضأنا لَهَا، فصَلّى العَصْرَ بَعْدَ مَا غَرَبَتِ الشَّمس، ثُم صَلّى بَعْدَهَا المَغْرِبَ.

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: "Umar ibn Xattob roziyallohu anhu “Xandaq kuni” Quyosh botganida so’ng keldilar va Quraysh kofirlarini so’ka boshladilar. Aytdilar: Ya Rosululloh, Asr namozini Quyosh botay deganida o’qiy oldim xolos.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Allohga qasamki, men o’qiy olganim yo’q.
“Buthan”ga turdik va namozga tahorat oldilar, biz ham tahorat oldik. Asrni Quyosh botganidan so’ng ado qildilar, undan so’ng shom namozini ado qildilar.”
(Buxoriy-596, Muslim-631)

Hadisdagi kalimalarning ma’nosi.

1. “Xandaq kuni” – bu Ahzob g’azotidir, unda Quraysh kofirlari najd qabilalari bilan kelib Madinanini qamal qilishgandi. Bu kunda musulmonlar xandaq (chuqur) qaziganlari uchun shunday deb atalgan.
2. “Buthan” – Madinadagi vodiy.

Hadisning umumiy ma’nosi.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Xandaq kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallamni oldilariga Quyosh botganidan so’ng keldilar. U kishi kofirlarni so’kib keldilar. Chunki ular Asr namozidan mashg’ul qilib qo’yishdi, hatto Quyosh botishiga yaqin qolgunicha ham o’qimadilar. Nabiy solallohu alayhi vasallam hozirgi vaqtgacha ham namoz o’qiy olmaganlarini aytib qasam ichdilar (u kishi rost aytadilar). (Namozni kechiktirib ado qilgan va shu sabab) qiynalib qolgan Umarga dalda bo’lish uchun ham (va u kishi ham kofirlar sababli namoz o’qiy olmaganlari bilan Umarning holatida ekanliklarini), shunday tushuntirdilar.

Shundan so’ng Nabiy sollallohu alayhi vasllam turdilar va tahorat qildilar, sahobalar ham u kishi bilan tahorat qilishdi. Asr namozini Quyosh botganidan so’ng ado qildilar, undan so’ng Shomni ado qildilar.

Hadisdan olinadigan foydalar.

1. Besh mahal namozlarning qazosini ado qilish vojibdir.

(Bu agar namoz vaqtidan o’tib ketsa. Agar vaqti hali chiqib ketmagan bo’lsa har qanday holatda ham namozni o’z vaqtida ado qiqlishi kerak. Agar kasal bo’lsa ikki mahal namozni jamlashligi mumkin.)

(Agar uxlab qolsa yoki unutsa esiga tushishi bilan ado qiladi, garchi ikkinchi yoki uchunchi namozning vaqti kirgan bo’lsa ham. Xushidan ketishi ham huddi shunday.)

(Kimni uzri bo’lsa u kishidan namoz soqit bo’lmaydi, balki albatta ado qiladi. Ammo kim qasddan tark qilgan bo’lsa, u kishi o’tib ketgan namozlarini o’qimaydi, balki tavba qiladi. Inson namozni dagansalik bilan, e’tiborsizlik bilan tark qilgan bo’lsa qazosini o’qimaydi, faqat tavba qiladi.)

(Ahli ilmlar vaqti o’tib ketgan namozlarni qazo deyiladimi, yoki ado qilish deyiladimi msalasida ixtilof qilishdi. To’g’rirog’i ado qilishdir. Chunki kim namozdan uxlab qolsa yoki unutsa, bu namozning vaqti u kishini esiga tushganidadir. Haqiatda namozning vaqti o’tgan bo’lsa ham u kishi uchun o’tmadi. Bu ado qilish degan ma’noni bildiradi, qazo emas.)

(Namozlarning tartibi bilan ado qilinadi. Abu Sa'idning hadislarida Xandaq kuni peshin namozidan va asr namozidan kofir chalg’itib qo’ydi. Shunda Quyosh botganidan keyin avval peshin namozini, so’ngra Asr namozini, so’ngra Shom namozini ado qilishdi.)

2. Hadisning zohiridan namozni kechiktirishlik unutishlik sababidan bo’lmadi, balki qasddan shunday bo’ldi. Ulamolarning kuchliroq so’zlariga ko’ra bu holat xavf namozi joriy bo’lishidan avval sodir bo’lgan.

3. Bu hadisda agar hozirgi namozni vaqti bemalol bo’lsa avvalgi namozni hozirgi namozdan oldin ado qilish kerakligiga dalil bor. Vaqt bemalol bo’lganida o’tib ketgan namozlar ko’pymasligi uchun avval ado qilinadi.

4. Zolimga qarshi duo qilsa bo’ladi, chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam buni qaytarmadilar.

5. Musibat yetganlarga musibatini yengillashtirish shariatda yaxshi amallardan.

6. Talab qilinmasa ham rost so’zga qasama ichish joizdir. (Qasam ichishga hojat bor o’rin bo’lsa joiz, huddi mana shu o’rindagi kabi ta’kid qilish lozim bo’lganida.)

Abbos   11-08-2012, 08:06 PM
#12

JAMOAT NAMOZI VA UNING VOJIBLIGI HAQIDAGI BOB

Ibodatlarning ko’pida jamlanishni joriy qilganligi bu shariatning oliyligidandir. Bu kengashlarda musulmonlar o’zaro bog’lanish uchun va tanishish uchun, ishlarini o’zaro maslahat qilish, qiyinchiliklarda yordam berish va fikr almashish uchun jamlanishadi.

Bu yig’inlarda ilmsizga ta’lim berish, ojizga ko’mak berish, qalblarni yumshatish, Islomni azizligini ko’rsatish va Islom shiorlarini ko’tarish kabi sanoqsiz ulkan manfaatlar va buyuk foydalar bor.

Bu kengashlarning eng avvalgisi masjiddagi jamoat namozi. Bu bir mahallada istiqomat qiladiganlar orasidagi kichik bir kengashdir. Har kun, kunduzi va kechqurun masjidda besh vaqt jamlanishadi. Ular o’zaro bog’lanadilar, o’zaro tanishadilar va ulkan Islom birligini asosini tashkil qiladilar.

ELLIK BESHINCHI HADIS

عَن عَبْدِ الله بن عُمَرَ رَضِيَ الله عنهمَا: أنَّ رسول الله صلى الله عليه وسلم قال : " صَلاةُ الْجَمَاعَةِ أفضَل مِنْ صَلاةِ الفذ بِسَبْع وعِشرِيِنَ دَرَجَةً "

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasllam aytdilar: "Jamoat namozi yolg’iz o’qilgan namozdan yigirma yeti daraja afzaldir.” (Buxoriy-645, Muslim-650)

Hadisdagi kalimalar ma’nosi.

“daraja” – Ibn Asir aytadilar: “bo’lak” yoki “qism” deb aytmadilar. “Daraja” dan murod savobni yuqoriga qarab ko’payishligi, chunki darajalar yuqori tarafga bo’ladi.

Hadisning umumiy ma’nosi.

Bu hadis jamoat namozini yolg’iz o’qilgan namozdan afzal ekaniga ishora qiladi. Chunki jamoat ulkan foydalari va katta manfaatlari bilan birga yolg’iz o’qilgan namozdan savobda yigirma yeti daraja ziyoda bo’ladi. Shubha yo’qki kim bu katta foydadaga befarq bo’lsa u (yaxshilikdan) mahrumdir, bu qanday ham katta yo’qotish.

Hadisdan olinadigan foydalar.

1. Namozni jamoat bilan ado qilishning fazilati.

2. Yolg’iz ado qilingan namozning savobi jamoat bilan ado qilingan namozning savobiga nisbatan ozdir.

3. Jamoat namozi bilan yolg’iz namozning savoblari orasida katta farq bor.

4. Yolg’iz ado qilingan namoz qabul bo’ladi va unga ajr ham beriladi. Chunki hadisdagi “afzal” degan lafz ikkala namozda ham fazilat borligiga dalolat qiladi. Ammo biri ikkinchisidan ko’proq fazilatga ega. Bu biror uzrsiz jamoat namoziga bormagan odamning holati.
Ammo uzrli sabab bilan jamoat namoziga bora olmagan odam savobni to’liq (yigirma yeti darja) olishiga hujjatlar dalolat qiladi.

(Ba’zi zohiriylar jamoatni namozning shartlaridan sanashdi va namoz jamoatsiz qabul bo’lmaydi deyishdi. Ammo to’g’ri qavl shuki: Jamoat namozning vojibotlaridandir, shartlaridan emas. Jamoat tark qilinsa namoz maqbul bo’ladi, ammo jamoatni tark qilgani uchun gunohkor bo’ladi. Bu haqida yana boshqa fikrlar ham bor.

Ibn Taymiya jamoatni safarda ham, muqimlikda ham tark qilinmaydigan namozning vojib amallaridan, deb sanaganlar. Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam namozni jamoat bilan ado etishni hatto safarda ham tark qilmaganlar.)

Abbos   01-06-2013, 12:23 AM
#13

ELLIK OLTINCHI HADIS
عَنْ أبى هريرة رضي الله عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ الله صَلَّى الله عَلَيْهِ وَسلّم: "صَلاةُ الرجل في الجَمَاعَةِ تُضَعَّفُ عَلَى صَلاتِهِ في بَيْتهِ وَفي سُوقِهِ خَمْسَة وَعِشرِينَ ضِعْفاً، وَذلِكَ أنَهُ إذا تَوَضَّأ فأحْسَنَ الوضوء. ثم خَرَجَ إِلى اْلمَسْجدِ لا يُخْرِجُهُ إِلاّ الصلاةُ. لم يَخْطُ خُطْوَةً إلاَّ رُفِعَتْ لَهُ دَرَجَةٌ، وَحُط عَنْهُ بِهَا خَطِيئَة، فَإذا صَلى لَمْ تَزَلِ اْلمَلائِكَةُ تُصَلِّى عَلَيْهِ مَا دَام في مُصلاّهُ : اللهُمَّ صَلّ عَلَيهِ، اللهم اغْفِرْ له، اللهُمَّ ارحَمْهُ، وَلا يَزَال في صَلاةٍ مَا انْتَظر الصلاةَ "


Abu Hurayra roziyallohu anhudana rivoyat qilinadi, aytdilar: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Kishining jamoatda o’qigan namozi uyida va bozorida o’qigan namozidan yigirma besh marta ko’paytiriladi. Buning sababi u tahorat qiladi, tahoratni mukammal qiladi, so’ngra masjidga chiqadi, uni uyidan faqatgina namoz chiqaradi. Biror qadam tashlasa shu sababli uning darajasi ko’tariladi va uning xatosi o’chiriladi. Namoz o’qiganida, namozgohda turar ekan maloikalar unga salovot aytib turishadi: Ey Alloh unga salovot yubor, Ey Alloh uni mag’firat qil, Ey Alloh unga rahm qil. U namozni kutar ekan namozda deb hisob qilinadi.” (Muttafaqun alayhi)

Hadisning umumiy ma’nosi.

Bu hadisda jamoatda ado qilingan namozni yolg’iz o’qilgan namozdan afzal ekanligi bayon qilinadi. Kim namozni jamoat bilan ado qilsa yolg’iz ado qilingan namozdan savoblari yigirma besh daraja ziyoda qilib beriladi. Bu ziyoda darajalarning sababi namoz o’qimoqchi bo’lgan odam tahorat qilsa, tahoratini go’zal suratda qilsa, so’ngra uyidan xolis niyat bilan chiqsa, boshqa biror narsani qasd qilmasdan faqat namoz uchun chiqsa, biror qadam tashlasa shu qadami bilan uning darajasi ko’tariladi va uning xatosi kechiriladi.

Agar namozni masjidda jamoat bilan ado qilsa, toki namozgohda ekan maloikalar uning haqqiga salovat aytib va unga rahmat tilab, duo qilib turishadi. Farishtalar duolarida shunday deydilar: Ey Alloh bu bandangni kechir! Ey Alloh bu bandangga rahm qil!

Jamoat bilan ado qilinadigan namozni yolg’iz o’qiladigan namozdan savobi ziyoda ekanligini sabablaridan, inson jamoat namozini kutib o’tirar ekan unga namozda turgan odamning savob berib turiladi. Chunki uni faqatgina jamoat namozini kutishgina ushlab turibdi. (Bu masjidga erta borish afzal ekaniga dalolat qiladi.)

Bu ulkan foydalar, unga erishishga faqatgina baxtsiz insongina beparvolik qiladi.

Ulamolarning ixtilofi.

Ulamolar yigirma besh daraja savob haqidagi hadis bilan yigirma yetti daraja savob haqidagi hadislarni orasini jamlashga harakat qilishdi. Bu hamma fikrlar taxmin va gumonlardir.

Shu fikrlardan haqqa eng yaqini: Kam sonligi ko’p sonli borligini inkor qilmaydi. Chunki usulchilarning sahih qavliga ko’ra sonning miqdori maqsad qilingan narsa emas (ya’ni bu hadisdagi sonlarda chegaralash ma’nosi yo’q), (shuning uchun kichik son katta son) miqdorining ichiga doxil bo’ladi.

Hadisdan olinadigan foydalar.

1. Masjiddagi jamoatning fazilati va unining savobi ziyoda ekanligi. Jamoatning fazilati - jamoat deb atalashi mumkin bo’lgan har qanday sonli insonlar bilan amalga oshadi. Ammo ko’proq sonli jamoat ko’proq savobga erishishlikka haqliroqdir. Sunan sohiblari va Ahmad rivoyat qilgan Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhuning marfu’ hadislarida kelganidek: “Kishining bir kishi bilan ado qilgan namozi o’zi yolg’iz o’qigan namozidan pokroqdir. Kishining ikki kishi bilan ado qilgan namozi esa bir kishi bilan o’qigan namozidan pokroqdir.”

2. Yolg’iz o’qilgan namozni mukammal emasligi va jamoat namozidan fazlilati oz ekanligi.

3. Jamoat - namozning shartlaridan emas. Yolg’iz o’qilgan namoz qabul qilinadi, ammo savobi ancha kam holatda bo’ladi.

4. Bu fazilatlar, darajalarining ko’tarilishi, xatolarini o’chirilishi, farishtalarni istig’for aytishi tahoratni mukammal qilgani uchun, uyidan namoz maqsadida, xolis niyat bilan masjidga chiqqani uchun berilgan martabadir. Savob bu amallarning hammasi yig’indisi uchun beriladi, agar shulardan biror qismini tark qilsa aytilgan ajrni mukammal olmaydi.

5. Namozni kutayotgan kishiga namozni ichida turgandek savob beriladi. (Hadisdagi namozgohda turar ekan, degan lafzdan murod masjidning ichida turar ekan, deb tushuniladi.)

(Masjidga ertaroq borishning afzal ekanligi va tahoratni chiroyli suratda ado qilishlik ham shu hadisdan olinadigan foydalardandir.)

Abbos   03-10-2013, 05:45 PM
#14

ELLIK YETTINCHI HADIS


عن أبي هريرة رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : أثقل صلاة على المنافقين : صلاة العشاء وصلاة الفجر ، ولو يعلمون ما فيهما لأتوهما ولو حبوا ، ولقد هممت أن آمر بالصلاة فتُقام ، ثم آمر رجلا فيصلي بالناس ، ثم أنطلق في رجال معهم حزم من حطب إلى قوم لا يشهدون الصلاة فأحرق عليهم بيوتهم بالنار

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Munofiqlar uchun eng og’ir bo’lgan namoz – hufton va bomdod namozlaridir. Agar bu namozlarda qanday savoblar borligini bilganlarida edi, emaklab bo’lsa ham kelgan bo’lardilar. Men namoz o’qishga buyurishni qasd qilsam va jamoat qoim bo’lsa. So’ngra bir kishiga buyursam, u odamlar bilan imom bo’lib namoz o’qisa. So’ngra men to’p-to’p o’tinlari bor kishilar bilan jamoat namoziga kelmagan odamlarning oldiga borib, ularning uylarini yoqib yuborardim.” (Buxoriy-657, Muslim-651)

Hadisning umumiy ma’nosi.

Munofiqlar ibodatlarni insonlarni oldida riyo bilan amalga oshirganlari uchun va Allohni juda kam zikr qilganlari uchun hufton va bomdod namozlarini qusurli ado etayotganlarini topamiz. Chunki bu ikki namoz qorong’ulikda ado qilinadi. (U davrlarda masjidlarda chiroqlar bo’lmagan.)

Munofiqlar namozni odamlar uchun o’qiydilar, bu vaqtda esa odamlar ularni ko’rmaydilar. Bu ikki namoz dam olinadigan vaqtga, uyquning lazzatini totadigan vaqtga to’g’ri kelgani uchun, munofiqlar uni jamoat bilan ado qilishga tirishmaydilar. Bu namozlarni jamoat bilan ado qilishga faqatgina qalbida Alloh taologa bo’lgan iymon chaqirig’i undagan va oxirat savobini umid qilgan kishigina beparvolik qilmaydi.

Holat yuqorida aytilganidek ekan, bu ikki namoz munofiqlar uchun eng og’ir va mashaqqatlidir.

Agar odamlar bu namozlarni musulmonlar jamoatida va masjidda ado qilishlikda qanday ajru-savoblar borligini bilishganida edi, ular chaqaloqning emaklashi kabi emaklab bo’lsa ham jamoatga kelgan bo’lardilar.

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam qasam ichib namozlarni jamoat bilan ado qilmaydigan muxoliflarni, dangasalarni jazolashga qasd qilganliklarini aytdilar. Namozga buyursalar va jamoat qoim bo’lsa, so’ngra bir kishiga buyurib, o’rnilariga imomlik qilsa, o’zlari to’p-to’p o’tinlari bor odamlar bilan namozga hozir bo’lmaganlarni oldiga borib, ularni uylarini yoqib yuborsalar. Bu jamoat namoziga kelmaganlarining gunohi kattaligidan. Hadisning ba’zi rivoyatlarida kelganidek, agar uylarda ayollar va gunohsiz pokiza bolalar bo’lmaganida edi, (bu uylarni yoqib yuborsam edi, dedilar.)

Ulamolarning ixtilofi.

Ulamolar jamoat namozining hukmi haqida ixtilof qilishdi, Hanafiylardan, Molikiylardan va Shofe’ilardan bir guruh olimlar: Bu sunnati muakkada, deyishdi. Shu mazhablardagi boshqa ba’zi ulamolar buni: Farzi kifoya, deyishdi. Odmalarning bir gruhu uni qoim qilishsa, boshqalardan soqit bo’ladi.

Imom Ahmad va u kishiga ergashganlar, shuningdek ahli hadislar jamoat namozi har bir kishi uchun farzi ‘ayn, deyishdi.

Zohiriylar shu hukmgacha keldilarki, jamozt namozi namozning qabul bo’lish shartlaridan, deb aytishdi. Abul Vafo ibn Aqiyl al-Hanbaliy ham shu fikrda bo’lganlar.

(Ibn Taymiyyaning fikrlari esa jamoat namozi safarda ham, safarda bo’lmaganda ham vojib va u namozning qabul bo’lish shartlaridan emas.)

Bu mazhablarning dalillari.

Sunnat deydiganlarning dalillari ushbu hadis: “Jamoat bilan ado qilingan namozning savobi yolg’iz ado qilingan namozning savobidan yigirma yeti daraja afzaldir.” (Buxoriy-645, Muslim-650)

Ularning dalil o’rinlari: Jamoat bilan ado qilingan namoz bilan, yolg’iz ado qilingan namoz bu hadisda afzallikda mushtarak. (Ya’ni bu hadisda ikkisida ham fazilat borligi aytildi, yolg’iz o’qilgan namozga bitta fazilat, jamoat bilan o’qilgan namozga yigirma yettita fazilat.)

Bu bobdagi boshqa hadislarni e’tobordan uzoq bo’lgan ta’villar bilan ta’vil qilishdi. Bu haqida “Fathul Bariy”, “Naylul Avtor” va boshqa kitoblarda keltirilgan.

Farzi kifoya deydiganlarni dalillari esa farzi ‘ayn deydiganlarni dalillari bilan aynidir. Buning sababi, farzi kifoyani tark qilganga urush e’lon qilishlik shariatda borligidan. (Ya’ni: farzi kifoya deydiganlar biz o’rganayotgan hadisni, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam urush e’lon qilganlarini farzi kifoya, deb tushunsak bo’ladi deyishdi. Chunki boshqa hadislarda ham farzi kifoya amalni tark qilganlarga urush e’lon qilinganini xabari bor. Urush e’lon qilish faqatgina farzi ‘aynga emas, balki farzi kifoyaga ham bo’lishi mumkin.)

Ammo bu to’g’ri dalil keltirish emas, chunki Rosululloh sollallohu alayhi vasallam ularni o’ldirishni qasd qildilar, o’ldirish esa urushish, yoki urush e’lon qilish kabi emas.

Agar farzi kifoya bo’lganida edi, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam va u kishi bilan birga bo’lganlar bilan namoz o’qimaganlardan jamoat namozinig vojibligi soqit bo’lardi. Shunda vojibni tark qilmasalar ham jazoga loyiq bo’lib qolgan bo’lardilar.

Ammo jamoat namozi har bir kishiga farzi ‘ayn deydiganlarning dalillari sahih va ochiqdir.

Shu dalillardan biz o’rganayotgan Abu Hurayraning hadislari. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam faqatgina katta gunohlarni qilganlarnigina azobga duchor bo’lishini maqsad qilardilar.

Yana, ko’zi a’mo (ko’zi ojiz) kishining hadisida Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan yo’lning mushkulligidan va yo’lboshchi yo’qligidan namozni uyida ado qilishga ruxsat berishlarini soraydi. Unga ruxsat bermaydilar.

Yana daillardan, eng shiddatli holatlarda ham namozni jamoat bilan ado qilishga shariat ko’rsatma bergan, bunday holat urushdadir.
Yana bundan boshqa ta’vilga o’rin qoldirmaydigan ochiq dalillar ham bor.

Fazilat haqidagi hadisga kelsak, bunda vojib emasligiga dalil yo’qdir. Chunki biz namoz jamoztsiz qabul bo’lmaydi demaymiz. Ammo aytamiz: Namoz qabul bo’ladi, savobi noqis bo’ladi, biror uzuri bo’lmagani uchun jamoatni tark qilgani uchun gunohkor bo’ladi.

Ammo bu masalada chuqur ketganlar esa, ular jamoat - namozning shartlaridan (jamoatsiz namoz maqbul bo’lmaydi), deydiganlar Ibn Mojja va Daroqutniy rivoyat qilishgan hadisni keltirishadi, Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi: “Kim azonni eshitsa va kelmasa, agar uzuri bo’lmasa unga namoz yo’qdir.”(Ibn Mojja-793)

Bu hadisning sanadi haqida to’g’riroq so’z shuki: Bu hadis mavquf marfu’ emas. (Ya’ni bu so’zlar Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga tegishli emas, sahobiyning so’zlaridir.) Ulamolar hadisning ba’zi roviylari ishonchli emasligi haqida aytib o’tishgan.

Agarchi bu hadisni sahih deb faraz qilsak ham, namozni masjidda ado qilganda mukammal bo’lishi haqida, deb ta’vil qilsak bo’ladi. Chunki shunda bundan ko’ra sahihroq bo’lgan hadislarga muvofiq bo’ladi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning tillaridan aytilgan bunday hukmlar ko’pdir, biror narsani qabul bo’lmasligini aytib, uni savobi mukammal bo’lmasligini qasd qiladilar.

Ushbu hadis: “Jamoat bilan ado qilingan namozning savobi yolg’iz ado qilingan namozning savobidan yigirma yeti daraja afzaldir.” (Buxoriy-645, Muslim-650) Ushbu hadis yo’lg’iz o’qilgan namozni qabul bo’lishiga ochiq dalildir, chunki Rosululloh unga bir bo’lak savob borligini xabar berdilar.

Ibn Qoyyim “Namoz” kitoblarida ulamolarning mazhablari va ularning dalillari haqida gapirganlaridan keyin, aytdilar: "Kimki sunnatni yaxshilab tafakkur qilsa, namozni masjidlarda ado qilish har bir insonga farzi ‘ayn ekanligi unga ma’lum bo’ladi, faqatgina Juma namozini va jamoat namozini tark qilish mumkin bo’lgan holatlar bundan mustasno. Shu bilan hamma hadislar va asarlar bir-biriga muvofiq bo’ladi… Allohga biz e’tiqod qilgan din shuki uzursiz biror insonga masjiddagi jamoat namozini tark qilish joiz bo’lmaydi." (Uzurga yomg’ir, taom hozir bo’lishi va shunga o’xshagan holatlar kiradi.)

Hadisdan olinadigan foydalar.

1. Jamoat namozi balog’atga yetgan erkaklar uchun farzi ‘ayndir.

2. Kim jamoat namozini uzursiz tark qilsa jazoga loyiqdir.

3. Zararlarni daf qilish foydalarni jalb qilishdan muqaddamdir. Ularni bu yo’l bilan azoblashdan to’sgan narsa azobga loyiq bo’lmaganlarni azobga duchor qilish bo’lgan qo’rquv. (Namozga kelmaganlarni uyini yoqishdan to’sgan narsa, ayollar va begunoh bolalarni azobga qo’yishlik qo’rquvi.)

4. Munofiqlar ibodatlari bilan faqatgina riyo va sum’ani qasd qildilar. Chunki ular faqatgina odamlar ularni ko’rayotganlarida jamoat namozlariga keladilar.

5. Bommdod va hufton namozlarining fazilati ulkandir.

6. Hadisdagi bomdod va hufton namozlarining og’irligini sababi ularni jamoat bilan ado qilishda, deb tushuniladi. Bunga hadisning siyoqi (oqimi) dalolat qiladi. Bu namozlardan chalg’itadigan omillarning kuchliligidan va bu namozlarda jamoatga hozir bo’lishdan to’sadigan sabablarning quvvatidan bu namozlar og’ir bo’ldi.

Abbos   09-22-2013, 12:27 AM
#15

AYOLLAR MASJIDGA KELISHI HAQIDAGI BOB

ELLIK SAKKIZINCHI HADIS



عَنْ عَبْدِ الله بنِ عُمَرَ رَضيَ الله عَنْهُمَا عَنِ النبيِّ صَلى الله عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " إِذَا استَأذَنت أحَدكُمُ امرأته إلى المسجد فَلا يَمْنَعْهَا " قال: فقال بلال بْنُ عَبْدِ الله: والله لَنَمْنَعُهُنَ. قالَ: فأقبل عَلَيْهِ عَبْدُ اللّه فَسَبَهُ سَبّاً سَيّئاً، ما سَمِعْتُهُ سَبهُ مِثْلَهُ قَط، وَقال: أخْبِرُكَ عن رَسُول اللّه صلى الله عليه وسلم وتقول: والله لَنمنَعُهُن؟!

وفي لفظ لـ " لمسلم ": " لا تَمْنَعُوا إمَاءَ الله مَسَاجِدَ الله ".
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, u kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan, aytadilar: “Birortangizdan ayoli masjidga borishni izn so’rasa, uni to’smasin.” Roviy aytdi: Bilol ibn Abdulloh aytdi: Allohga qasamki, men ularni to’saman! Shunda Abdulloh (ibn Umar) unga o’girildilar va uni yomon so’kdilar, u kishini shu kungacha bunday so’kkanlarini eshitmaganman. Abdulloh ibn Umar aytdilar: “Men senga Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan xabar berib aytsam, sen: Allohga qasamki, men ularni to’saman, deysanmi?!”

Imom Muslimning rivoyatlarida shunday lafzda keladi: “Allohning joriyalarini Allohning masjidlaridan to’smanglar!” (Buxoriy-873, Muslim-442)

Hadisning umumiy ma’nosi.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu rivoyat qildilar, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam ayol kishi namoz uchun masjidga chiqishning hukmini bayon qilib, dedilar: “Birortangizdan ayoli masjidga borishni izn so’rasa, uni to’smasin!”
Ayol kishini masjiddagi jamoatning fazilatidan mahrum qilmaslik uchun, shunday dedilar.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu bu hadisni aytib berayotgan vaqtlarida u kishining o’g’illaridan biri ham bor edi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonlaridan ko’ra o’zgargan zamonni guvohi bo’lgan edi. Ayollar ziynatlanishda bemalolgarchilikka yo’l qo’ygandilar, shuning uchun ayollarni saqlashlikda rashki kelgan holda, shariatga e’tiroz qilishni maqsad qilmasdan, shunday dedi: "Allohga qasamki, men ularni to’saman!"

Otasi uning so’zidan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga e’tiroz bildirayapti, deb tushundilar. Shuning uchun u kishi Alloh va Rosuli uchun g’azablandilar va uni qattiq so’kidilar. (So’kishdan murod qattiq so’zlarni gapirdilar, so’kishda fahsh so’zlar ishlatmadilar.)
Abdulloh ibn Umar aytdilar: “Men senga Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan xabar berib aytsam, sen: Allohga qasamki, men ularni to’saman, deysanmi?!”

Hadisdan olinadigan foydalar.

1. Ayol kishi masjidda namoz o’qishni izn so’rasa unga izn berishlik mustahab – savobli amal ekan.

2. Ayol kishiga ziynatlanmasdan va fitnadan omon bo’lgan holdagina izn berish joiz. Bu haqida hadislar vorid bo’lgan.

3. Iznning joizligi faqat namoz uchungina ekanligi hadisdan ma’lum bo’lmoqda. Ammo hayit namozlarida maruzalar va xutbalarni eshitish uchun ayollarni chiqishi vojibdir, bu haqida Ummu Atiyyaning hadisida kelganidek: “Biz – bo’yi yetgan qizlar va uyda o’tiradigan ayollar ham hayitlarda chiqishlikka buyurildik.” (Buxoriy va Muslim rivoyatlari.)

4. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga etiroz bildirganlarni qattiq rad qilinadi.

5. Kimki Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning so’zlarini o’zi tushungan bir ma’noda ifodalamoqchi bo’lsa, buni odob va ehtirom bilan qilmog’i lozim, chiroyli ko’rinishda amalga oshirishi lozim.

Abbos   10-10-2013, 08:47 PM
#16


РОТИБА СУННАТЛАР ҲАҚИДАГИ БОБ.
Бомдод намозининг икки ракат суннатини алоҳида таъкидлангани ва унинг фазилати ҳақида.


Фарз намозларига қўшилиб ротиба (белгиланган, тартибланган) суннатлар Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам тамонларидан сўз, амал ва тақрир ила жорий қилинган. Бу суннатларни савобларни кўпайтириш, даражаларни кўтариш, гуноҳларга каффорат бўлиш, фарз намозларнинг камчиликларини ва айбларини кетказиш каби катта фойдалари, улкан натижалари бор.

Шунинг учун бу ротиба суннат намозларига диққатли бўлмоқ ва уларни қаттиқ сақламоқ лозим. Бу сафарда бўлмаган кишиларга.

Аммо сафарда бўлганда Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламдан ротиба суннатларни ўқиганликлари ҳақида бирор ҳадис йўқ, фақат бомдод намозининг икки ракат суннатини ўқиганликлари ривоят қилинан. Бу икки ракатни сафарда ҳам, муқимликда ҳам ташламаганлар. (Витр ҳам шундай, сафарда ҳам муқимликда ҳам уни адо қилганлар. Зуҳо намозини эса, сафарда баъзан ўқиридилар.)

ЭЛЛИК ТЎҚҚИЗИНЧИ ҲАДИС.


عَنْ عَبْدِ الله بن عُمَرَ رَضيَ الله عَنْهُمَا قال: صَلَّيْتُ مَعَ رَسُول الله صلى الله عليه وسلم رَكعَتَين قَبلَ الظهر، وَرَكعَتَين بَعدَهَا، وَرَكَعَتينِ بَعدَ الجُمعَة، وَرَكعتَين بَعْدَ المغرب وَرَكَعَتَين بَعْدَ العِشَاء.
وفي لفظ: فأما المَغْرِبُ وَالعِشَاءُ وَالفَجْرُ وَالجُمعَةُ فَفي بَيْتهِ.
وفي لفظ للبخاري: " أن ابن عمر قال: حَدثَتْنِي حَفْصَةُ: أنَّ النَّبي صلى الله عليه وسلم كَانَ يُصَلى سَجْدَتَيْن خَفِيفتَيْن بَعْدَ مَا يَطْلُعُ الفَجْرُ وكَانتْ سَاعَةً لا أدْخُلُ عَلى النبي صلى الله عليه وسلم فيها.

Абдуллоҳ ибн Умар розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади, айтдилар: “Росулуллоҳ соллаллҳу алайҳи васаллам билан пешиндан олдин икки ракат, ундан кейин икки ракат, Жумадан кейин икки ракат, шомдан кейин икки ракат, ҳуфтондан кейин икки ракат намоз ўқидим.”
Бошқа лафзда: “Шом, хуфтон, бомдод ва Жумаларникини уйда ўқидилар.”

Бухорийда келган лафзда, Ибн Умар айтдилар: "Менга Ҳафса айтиб берди: “Набий солаллоҳу алайҳи васаллам фажр вақти бўлганида икки ракат енгил намоз ўқирдилар.” Бу соатда мен Набий соллаллоҳу алайҳи васалламнинг олдиларига кирмайдиган вақтим эди.” (Бухорий-937, Муслим-729)

Ҳадиснинг умумий маъноси.

Бу ҳадисда беш маҳал намозларнинг ротиба суннатлари ҳақида баён қилинган. Пешин намозида тўрт ракат суннат бор, икки ракат фарздан олдин ва икки ракат кетидан. Жума намозида икки ракат, Жумдан сўнг, Шом намозидан сўнг икки ракат ва Ҳуфтондан сўнг икки ракат суннат намози бор. Тунги икки намозлар: Шом ва Ҳуфтон намозларининг суннатларини, ҳамда Бомдод ва Жума намозларининг суннатларини Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам уйларида ўқирдилар.

Ибн Умар розияллоҳу анҳу Набий соллаллоҳу алайҳи васалламнинг уйларига боғлиқликлари бор эди, у кишининг опаси Ҳафсани Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ҳузурларидаги мартабаси сабабли. Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ибодат қилаётган вақтларида олдиларига кирардилар. У киши одоб сақлаб, баъзи вақтларда кирмас эдилар. Набй соллалоҳу алайҳ васалламнинг олдиларига кирмайдиган вақтлари Аллоҳ таолонинг буйруғига бойсунган ҳолда, Аллоҳ айтади: “Эй мўминлар, қўл остингиздаги (қул ва чўриларингиз) ҳамда ўзларингизнинг балоғатга етмаган (болаларингиз) уч вақтда (ҳузурингизга кириш учун) сизлардан изн сўрасинлар — бомдод намозидан илгари,...” (Нур сураси, 58-оят). Шунинг учун бомдод намозидан аввал қандай намоз ўқишларини кўриш учун кирмас эдилар.

Аммо илмга бўлган ҳарисликлари сабабли, опалари Ҳафсадан бу ҳақида сўрардилар. Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам фажр вақти бўлганида икки ракат енгил намоз ўқишлари ҳақида Ҳафса хабар бердилар. Мана шу икки ракат Бомдод намозининг суннатидир.

Ҳадисдан олинадиган фойдалар.

1. Айтиб ўтилган ротибаларнинг мустаҳаб эканлиги ва уларни доимо адо қилиш мустаҳаб амал эканлиги.

2. Аср намози учун таъкидланган ротиба суннат намози йўқ. (Аммо Асрдан аввал нафл намоз бор. Ҳар бир азон ва такбирнинг орасидаги икки ракат нафл ҳақидаги ҳадис.)

3. Шом, хуфтон, бомдод ва Жума намозларининг ротиба суннатларини уйда ўқишлик афзал.

4. Бомдод намозининг суннати енгил адо қилинади.

5. Баъзи ҳадисларда Пешин намозида олти ракат ротиба суннат борлиги ривоят қилинган, тўрт ракат фарздан олдин ва икки ракат кейин. Термизийда Умму Ҳабибадан марфуъ ҳадис келган: “Тўрт ракат пешиндан аввал ва икки ракат кейин,...” (Термизий-415, ҳасан ҳадис.)

6. Бу ротиба намозларининг баъзилари фарз намозидан аввал ўқилади, банда фарз намозга киришидан аввал ибодатга тайёрланиши учун. Яна бошқа ротибалар фарз намозларидан сўнг ўқилади, фарз намозида йўл қўйилган камчиликни тўлдириш учун.

Pages (2):    1 2
  
Users browsing this thread: 1 Guest(s)
Powered By TAVHID.COM, © 2002-2024 Tavhid Forum.
Made with by Curves UI.