abu Huzayfa   11-17-2011, 07:37 PM
#1
assalamu alaykum ua rohmatulloh!
Abu Hurayra Abdur Rohman ibn Sohr ad Dausi rodiyallohu an, mana shu sahobaning hayotlaridan rivoyatlar bo'lsa foyda bo'lar edi in sha Alloh!
barak Allohu fikum!

Ибн Атийя раҳимаҳуллоҳ деди: “Кишилар динларида қанча бидъат пайдо қилсалар, шунча суннат улардан тортиб олинади”.
SALIHAN   03-13-2012, 08:06 PM
#2
Va alaykum salam va rohmatullahi va barokatuh!

Abu Hurayra

ABU HURAYRA (602 - 679, Madina) - mashhur sahoba, roviy, faqihlardan. Asli ismi Abdurahmon ibn Sahr al-Davsiy Abdushams. Rasululloh alayhisalom tomonidan Abdurrahmon deb atalgan. Mushuklarni juda sevgan. Bir kun uning etagida bir mushuk bolasini ko‘rgan Rasuli Akram alayhisalom, "Abu Hurayra" - mushukning otasi deya lutf etgan va u ham bundan iftixor etib, ushbu laqab bilan shuhrat topgan.

Tijorat va boyligi yoxud ma'lum bir mashg‘uloti bo‘lmagani uchun ashobi Suffa sirasiga kiritilgan. U Doril-irfondan dars olgan va huzuri Rasulot alayhisalomdan bir lahza ham ayrilmagan. Ajoyib faqih bo‘lib, ifto (fatvo beruvchi) mavqeiga ko‘tarilgan.

Umar roziyallohu anhu tomonidan Bahrayn voliyligiga tayinlangan. Usmon roziyallohu anhu zamonida Makka qozisi va Muoviya davrida Madina voliysi bo‘lgan. Favqulodda quvvai-hofizaga ega bo‘lgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhu uch yil muttasil Nabiy alayhisalomning majlisidan ajralmagan va bu muddat mobaynida kuch-quvvatini Rasuli Akram alayhisalomning so‘zlari va ishlarini egallash hamda qayd etishga baxsh etgan.

5374 hadis rivoyat etgan. Bulardan 335 tasida Imom Buxoriy va Imom Muslim hamfikrdirlar, 93 tasi faqat Buxoriyda, 189 tasi yolg‘iz Muslimda, qolgan 4757 tasi boshqa hadis kitoblarida keltirilgan.

Islom ensiklopediyasidan


Abu Hurayra roziyallohu anhu

Mashhur sahobiylardan birlari. Ashobi kirom ichida eng ko'p hadis rivoyat qilgan zot. Ismlari haqida turli rivoyatlar mavjud. Eng sahihrog'i Abdurrahmon ibni Sahr. Yamanning Davs qabilasidanlar. Kunyalari Abu Hurayra. Haybar yili iymon keltirganlar. 59 hijrida 78 yoshlarida vafot etganlar.
Hijratning 7 yili iymonga kelganlar. Bu Haybar g'azoti vaqtida ro'y bergan. Shundan keyin Abu Hurayra roziyallohu anhu Rosul Akram alayhisalomni hech ham tark qilmaganlar. Madinada qolib Ashobi Suffa ning a'zolaridan biri bo'lishgan. Juda faqir bo'lganlar. Masjidda qolib ibodat bilan mashg'ul bo'lganlar. Chunki u zotning tijorat va mol qayg'usi bilan mashg'ulliklari bo'lmagan.
Madinaga kelishliklarini o'zlari shunday anglatadilar: Rosulullloh alayhisalom Haybardalik vaqtlarida Madinaga muhojir sifatida keldim. Bomdod namozini Rosululloh alayhisalom Madinaga voliy qilib tayinlab ketgan kishilari Sibo' ibni Urfuta roziyallohu anhu imomliklarida o'qidim. Birinchi rak'atga Maryam surasini ikkinchi rak'atga Mutoffifun surasini o'qidi. Namozdan keyin Sibo'ning yoniga bordik. U bizlarga taom berdi."
Rosul Akram alayhisalomning yonlarida juda ko'p bo'lishliklari u zotga juda ko'p hadis eshitish va rivoyat qilish imkonini berdi. Rosul Akramalayhisalomning oldilariga kelganliklaridan keyin faqat U zoti bobarokotga hizmat qilishlik bilan mashg'ul bo'ldilar. Bilmaydigan hamma narsalarini Rosul Akram alayhisalomning o'zlaridan so'rab o'rgandilar. Rosul Akram alayhisalomga 4 yil hizmat qildilar. Bir zot Abdulloh ibni Umar roziyallohu anhudan so'radi: Abu Hurayra roziyallohu anhu Rosululloh alayhisalom dan shunaqangi ko'p hadis rivoyat qiladi, shu to'g'rimi?

Ibni Umar shunday javob berdilar: Allohga qasamki, hech qaysisida shak va shupha yo'qdir. Chunki Abu Hurayra hamisha Rosul Akram alayhisalomdan savol so'rar va olgan javoblarini yodlar edi".
Yana bir marta Oishai Siddiqa roziyallohu anho onamizda so'radilar: Rosulloh alayhisalotuvassalam ning so'zlarini va hollarini sizmi yaxshi bilasiz yoki Abu Hurayra? Oisha roziyallohu anho shunday dedilar: Abu Hurayra biladi. Chunki men uy ishlari bilan band bo'lganimda u Rosulullohing yonlaridan ayrilmas edi.
Mulla Aliyul Qorining rohimahullohning habar berishlaricha Abu Hurayra roziyallohu anhu jami 5364 ta hadis rivoyat qilganlar. U zotdan esan tahminan 500 ga yaqin kishi rivoyat qilgan. U zotdan hadis rivoyat qilganlardan biri Bashir ibni Nuhayqdir. U Abu Hurayradan eshitib yozganlarini to'plab keyin Abu Hurayraga o'qib berib izin olgandir.
Abu Hurayra roziyallohu anhu Rosululloh alayhisalomning vafotlaridan keyin eng sevgan ishi U Zoti bobarokotdan hadis rivoyat qilishlik bo'lgan. Abu Bakri Siddiq roziyallohu anhu davrlarida idora ishlari bilan mashg'ul bo'lmaganlar. Umar roziyallohu anhu davrlarida esa Bahraynga volilik qilganlar. Usmon roziyallohu anhu davrlarida Makkaga qozilik qildilar. Muoviya davrlarida Madina voliysi bo'ldilar. Har Juma kuni namozdan oldin hadisi sharif darslarini berganlar.
Usmon an Nahai shunday buyuradi: Abu Hurayra roziyallohu anhuni yeti kun mehmon qildim. Kechalarini namoz o'qib Qur'on o'qishlik bilan o'tkazardi."
This post was last modified: 03-31-2012, 07:57 PM by SALIHAN.

Аллоҳ таъоло айтади: "Кимда-ким Аллоҳ нозил қилган дин билан ҳукм қилмас экан, бас, улар кофирлардир." (Моида, 44)
abu Huzayfa   02-11-2013, 10:50 PM
#3

Ибн Атийя раҳимаҳуллоҳ деди: “Кишилар динларида қанча бидъат пайдо қилсалар, шунча суннат улардан тортиб олинади”.
  
Users browsing this thread: 1 Guest(s)
Powered By TAVHID.COM, © 2002-2024 Tavhid Forum.
Made with by Curves UI.