Гость   03-02-2018, 06:44 AM
#1
As Salam alaikum va rahmatulloh.
Alloh sizlardan rozi bo’lsin.

Meni juda qiynab turgan savol bor edi. Alloh qodir qilganicha yol korsata olsangiz, juda xursand bolar edim.

Men amerikada magistraturada tahsil olaman.
Soham “Moliya” bolganligi sababli, hozirda pul muomala masalasida bolayotgan yangiliklar- jumladan “Bitcoin” deb ataladigan, (30-35 harf va raqamdan iboratli birikma, qiymati yoq, ushlab bolmaydigan, faqat Internet vositasida ishlatadi) va shunga oxshash yangi cha pul tizimi etiborimni tortdi. Qisqa vaqt ichida katta daromad qila olishimga kozim yetgach, yig’gan sarmoyamni tikdim va qisqa muddatda ozim kutgan daromadni qolga kiritdim.

Bundan 2 yarim yilcha avval bilgan holimda gunoh ishga qol urdim. Amerikada doimiy yashash huquqini qolga kiritish maqsadida, bir ameriklik xristian qizni taklifiga - unga ikki yil davomida katta miqdorda pul tolash va unga uylanish, soxta turmush qurish va buni evaziga u menga dokument olishga yordam berishi - rozi boldim. Unga uylandim. U tugilib osgan shaharga hamma narsamni tashlab kochib otdim. Hayrsiz ish edi, qiyinchililar ketidan qiyinchilik boshlandi. Pulga qiynalib qoldim. Bankdan foizga pul qarz olib, mashina oldim. Taksist bolib ishladim mashinam bilan. Sal oyoqqa turganday boldim.

Shu shahrda masjid bor ekan. Har kuni xufton namoziga keldim. Kop duo qildim, Allohdan bu vaziyatadan chiqarishini. Asta sekin Hamma narsa ayon bola boshladi. Qiz va uni oilasi faqat mendan pul undirish ekan. Toliq bir yil davomida butun ishlagan pulimni shu ishga sarfladim, xattoki ozbekistondagi ota onamga ham yordam bera olmadim.
Katta pulga tushdim, eng yomoni bir yil umrim bekor ketdi.

Hamma narsani tashlab, hammasidan voz kechib, yana avvalgi yashab turgan shahrimga qaytib keldim. Bu yerdagi masjidda Ustozimiz Dilmurod Abu Muhammad qollarida taxsil olgan bir bola bn tanishib, dostlashdim. Kop narsani orgatdi. Alloh sizlardan rozi bo’lsin.

Meni bir narsa qiynab yurar edi: xech bolmaganda sotib olgan mashinamni foizidan qutilish va nikohimdam tezda ajrashish. Bu uchun menga albatta mablag kerak edi. Katta moliyaviy yoqotish bn kelganim bois, avvalambor Islomga muvofiq keladigan bir ish topish va yuqorodagilardan qutilish edi.

Shu bois eng boshida takidlaganimdek, “Bitcoin” - online pul tizimiga ozimni urdim. Allohga qasamki avvalambor bu narsa Islomga muvofoqmi yoki yoq tekshirishga harakat qildim. Bu narsa endi kirib kelayotganligi uchun juda kop Islomiy malumotlar topa olmadim.
Malayziyadagi Islom bankida faoliyat yuritadigan mutaxasislar va internentdagi Ayrim manbalar bn tanishgach - bu yangi online pul tizmi islomga muvofiq ekan degan xulosa ga keldim. Bunga kirishib, daromad ga ega boldim.

Taxminan bir xafta oldin, bu tizim borasida avval Turkiya muftiysi, taxminan tort kuncha avval Shayh Sulaymon Salimulloh Ar-Ruhayliy fatvolari bn tanishgach - bu tizmda, bu pul vositasi bilan muomala qilish Islomda mumkin emasligini angladim va darhol bu ishimni toxtatdim. Allohga tavba qildim.

Savolim quyidagicha, bu topilgan daromad menga halolmi harommi? Bu topilgan daromadni avvalgi qilgan xatolarimni togrilash- mashinamni foizini tolash va qilgan soxta turmishimdan ajralish uchun ishlatsam boladimi? Agar yuqoridagi lar dinimizga muvofiq bolmasa, iltimos menga korsating bu pullarni kimlarga berib yuborsam yoki qutulsam
yaxshi boladi. Allohga qasamki, bu borada Alloh yaxshi korgan yolni qilmoqchiman.

Javob uchun oldindan katta Rahmat
Jazakallah hairan
As Salam alaikum va rahmatullohi va barakatuhi
Telegram   03-02-2018, 11:56 PM
#2
Ассаламу алейкум. Биткоин криптовалюта хакида малумот берин.. Аллох рози булсин.
  
Users browsing this thread: 1 Guest(s)
Powered By TAVHID.COM, © 2002-2024 Tavhid Forum.
Made with by Curves UI.