mutaallim   03-03-2011, 06:21 PM
#1
بسم الله الرحمن الرحيم
الحمد لله رب العالمين، و الصلاة و السلام على محمد و على آله و أصحابه أجمعين
دعائم منهاج النبوة
محمد سعيد رسلان

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Shayx Muhammad Said Roslan (hafizahullah)ning

PAYG'AMBAR MANHAJINING ASOSLARI




Huzayfa ibn al-Yaman rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:" Rosululloh sollollohu alayhi va sallam aytdilarki:" Sizlarni orangizda payg'ambarlik Alloh taolo qancha turishini xoxlagan bo'lsa shuncha turadi. So'ng Alloh taolo uni ko'tarishni xoxlagan vaqtda ko'taradi. So'ng payg'ambar manhajiga asoslangan xalifalik bo'ladi. (Bu ham) Alloh taolo qancha turishini xoxlagan bo'lsa shuncha turadi. So'ng Alloh taolo uni ko'tarishligini xoxlagan vaqtda ko'taradi. So'ng esa evaz (meros) qilib beriladigan podshohlik bo'ladi. Alloh taolo qancha turishini xoxlagan bo'lsa shuncha turadi. So'ng Alloh taolo uni ko'tarishni xoxlagan vaqt ko'taradi. So'ng esa zulm qiladigan podshohlik bo'ladi. Alloh taolo qancha turishini xoxlagan bo'lsa shuncha turadi. So'ng Alloh taolo ko'tarishni xoxlagan vaqt, uni ham ko'taradi. So'ng yana payg'ambar manhajiga asoslangan xalifalik bo'ladi. So'ng jim bo'ldilar". Ahmad va undan boshqalar rivoyat qilishdi:" Silsila as-Sohiyhaga qarang" (5-mujallat)
Mehribon va Rahmli Allohni nomi bilan boshlayman
Barcha maqtovlar Allohga xosdir. Biz Uni maqtaymiz, Undan yordam so'raymiz, Unga istig'for aytamiz va nafslarimizning hamda amallarimizning yomonligidan Uning panohiga qochamiz. Kimniki Alloh to'g'ri yo'lga boshlasa, uni adashtiruvchi yo'qdir. Kimniki Alloh adashtirib qo'ysa, uni to'g'ri yo'lga boshlaguvchi yo'qdir. Sherigi yoq, yolg'iz Allohdan o'zga haq Iloh yo'q ekanligiga guvohlik beraman. Va yana Muhammad sollollohu alayhi va sallam Uning bandasi va elchisi ekanligiga guvohlik beraman.
Ey iymon keltirganlar, Allohga haqiqiy taqvo ila taqvo qiling. Va faqat musulmon bo'lgan holingizdagina bu dunyodan o'ting. (Oli-Imron-102)
Ey insonlar, Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan ko'plab erkagu ayollar taratgan Robbingizdan qo'rqinglar! Nomini ishlatib bir-biringizdan so'rovda bo'ladiganingiz Allohdan va qarindoshlik (aloqalaridan) qo'rqing. Albatta, Alloh ustingizda nazoratchi bo'lgan zotdir. (Niso-1)
Ey iymon keltirganlar, Allohdan qo'rqinglar va to'g'ri so'zni so'zlanglar. (Shunda) Alloh ishlaringizni o'nglaydi va gunohlaringizni mag'irat qiladi. Kim Allohga va uning elchisiga itoat qilsa, darhaqiqat katta yutuqqa erishibdi. (Ahzob 70-71)
Ammo ba'd:
So'zlarning eng rosti Alloh taoloning Kitobidir. Yo'llarning yaxshisi Muhammad sollollohu alayhi va sallamning yo'llaridir. Ishlarning yomoni yangi paydo bo'lganlaridir. Har-bir yangi paydo bo'lgan ish bid'atdir. Har-bir bid'at zalolatdir. Har-bir zalolat jahannamdadir.
Ammo ba'd:
Islom bu Alloh taolo O'zining yerida, O'zining xalqlariga rozi bo'lib va uni mukammal qilib bergan dindir. Alloh taolo biror kishidan undan o'zga dinni qabul qilmaydi. U tavhidga da'vatdir va tavhidning haqiqatidir. Toinki Allohni yakka O'ziga ibodat qilinib, Undan o'zga ibodat qilinayotgan har qanday narsaga kufr keltirilsin. Bu esa La Ilaha illallohning haqiqatidir. la ilaha illalloh kalimasi deb Alloh taolo osmonlar va yerni, jannat va do'zahni yaratdi. Kitoblar nozil qildi, elchilarni jo'natdi. La ilaha illalloh kalimasi deb jihod bozori o'rnatildi va Rahmonning lashkari bilan shaytonnin qo'shini o'rtasida urush olovi alanga oldi. La ilaha illalloh kalimasi deb Alloh taolo qiyomatni qoim qiladi, tarozular o'rnatiladi, Sahifalar turli tomondan keladi, Kimdir oldidan kelgan (sahifasini) o'ng qo'li bilan olsa, yana kimdir ortidan kelgan (sahifasini) chap qo'li bilan oladi.
Darhaqiqat Alloh taolo O'zining payg'ambariga hamroh bo'lish uchun -payg'ambarlardan keyin- insonlarni eng aqli terani, farosati ko'prog'ini, zehni teranrog'ini, gapni tushunib yetishda eng nozik didlilarini, ilmi chuqurroqlarini, qalblari eng pok bo'lganlarini va birovga (keragidan ortiqcha) yuk yuklamaydiganlarini tanlab oldi.
Ular (sahobalar) oyatlar nozil bo'lishidagi voqealar va sabablarga o'z ko'zlari bilan guvoh bo'lishdi. Shu bilan birga Alloh taolo ularni o'tkir zehn, fasohatli til, keng ilm, gapni (qiynalmasdan) osonlikcha qabul qilib olish, maqsadga muvofiq tushunish, gapni eshitganda ma'nolarni tezlik bilan anglab olish, maqsadni to'g'ri qilish va Rob taolodan taqvo qilish kabi xususiyatlar bilan xoslagandir.
Arab tili ularning tabiatlari va iqtidorlarida chuqur ildiz otgandi. Ma'nolarni to'g'ri tushunish ularning fitratlari va aqllariga jo qilingandi. Ularni isnod, roviylarning holatlari, hadisdagi illatlar, jarh va ta'dil masalalarini izlashga hojatlari yo'q edi. Ular usul qoidalari hamda usul ilmi bilan shug'ullanadigan olimlarni o'rnatib ketgan qonun-qoidalarini izlashdan behojat odamlar edi.
Darhaqiqat sahobalar yuqorida sanab o'tilgan ishlardan batamom behojat insonlar edi. Ularning gardanlarida faqat ikki ish bor edi:
Birinchisi: Alloh taolo bunday dedi, Rosuli mana bunday dedi.
Ikkinchisi: Uning ma'nosi mana bunday, mana bunday.
Ular mana shu yuqorida o'tgan 2 asos bilan insonlarni ichida eng baxtlilaridir. Va shu 2 asosdan ummat ichida eng ko'p ulushlarini olganlardir. Ularning kuchlari mana shu 2 asosga to'la-to'kis jamlangandir.
Darhaqiqat payg'ambarlikdan keyingi xilofot payg'ambar manhajiga asoslangan bo'lib, to'g'ri xalifalik edi. Sahobalar bu xilofotda buyuk Islom dinining haqiqatini ham tavhid, ham ittibo' (payg'ambarga ergashish) jihatlaridan haqqirost amalga oshirishdi. So'ng Alloh taolo u(xilofot) ni ko'tardi.
So'ng evaz (meros) qilib beriladigan podshohlik bo'ldi. So'ng Alloh taolo uni ham ko'tardi. So'ng esa zulm asosidagi podshohlik bo'ldi. Alloh taolo kelajakda uni O'zi xoxlagan vaqtda ko'taradi.
Kelajakda Alloh taolo payg'ambarlikni ko'targandan keyin bo'lganidek, ishning oxirida yana payg'ambar manhajiga asoslangan xilofot bo'ladi.
Rosululloh sollollohu alayhi va sallam xabar berganlaridek, bu ummat bir qancha firqalarga bo'linib ketdi. Najot esa payg'ambar va sahobalar yurib o'tishgan yo'ldadir. Bu yo'l payg'ambar manhaji va sirotul mustaqimdir.
islomning haqiqati kufr, shirk va munofiqlikni batamom rad etadigan tavhid hamda bid'at va dinda yangi paydo bo'lgan ishlarni butkul rad etadigan ittibo' (payg'ambarga ergashish) dadir.
Darhaqiqat bu ummat Rosul sollollohu alayhi va sallam xabar berganlaridek bir qancha firqalarga bo'linib ketdi. Bu firqalarning bari jahannamdadir. Faqatgina Rosululloh sollollohu alayhi va sallam va Sahobalar yurib o'tgan yo'ldan yuradiganlarigina bundan mustasnodir.
Demak bu holat Rosululloh sollollohu alayhi va sallam va sahobalar yurib o'tgan yo'lni bilishga undaydi. Bu yo'lni bilish, bid'at ahlining to'lqinlari mavj urayotgan bu dunyodagi yagona najot yo'lidir. Ular (bid'at ahli) odamlarni o'z dinlaridan chalg'itishyapti. Odamlarga din ishlaridagi haqiqatlarni boshqa tusda namoyish qilishyapti. Bu maqsadlariga yetish uchun shaytonlarning yo'llaridan yurishyapti. Odamlarning ko'plari o'z dinini yaxshi bilmaydi, ikki yo'l oldidan chiqib qolishganda, qay birini tanlay deb hayron holatda qolishgan. Ahli xavo esa o'zlarining bid'atlarini odamlarning qalblariga sekin-sekin bildirmay olib kirishyapti. Musulmonlarni Robbilarining yo'li va payg'ambarlarining sunnatidan burib yuborishyapti.
InshaAlloh bu kitobda payg'ambar manhajidagi asoslarning (muhim) alomatlarini uchratasan. Shulardan misol uchun: ahli bid'atning alomatlarini ochish, ularning o'rinlarini (pozitsiyalarini) aniqlash, aldov va makrga asoslangan yo'llarini bayon qilish.
InshaAlloh najot yo'li payg'ambar manhajida ekanligini ko'rasan. Zero bu yo'l Rosululloh sollollohu alayhi va sallam olib kelgan dindir. Bu yo'l har qanday dog'dan sof bo'lgan, har qanday kirdan pok bo'lgan yo'ldir. Bu yo'lning alomatlari boshqa yo'lni alomatlariga aslo oxshamas. Bu yo'lda yurgan odam hech ham adashmaydi.
Va ba'd:
Bu " Payg'ambar manhajining asoslari" kitobimdir, Alloh taolodan shu sabab musulmonlarga foyda bermoqligini, bu ishimni xolis O'zining Karim yuzi uchun bo'lmoqligini hamda bu ishimda ixlos va O'zining dargohida qabul qilinishlik bilan rizqlantirishligini so'rayman. Va yana bu kitobga dalolat qilib, yo'llagan, unga nazar tashlab o'qib ko'rgan, bosmadan chiqarib, tarqatish ishlariga bosh-qosh bo'lganlarning mukofotini to'la qilib berishligini so'rayman.
Alloh taolo payg'ambarimiz Muhammad (sollollohu alayhi va sallam)ga, u kishining otalari bo'lmish Ibrohim va Ismoil (alayhimassalamlar)ga, boshqa barcha payg'ambarlarga, oilalariga, va barcha sahobalariga ko'pdan-ko'p salotu-salomlar yo'llasin
Va oxirgi gapimiz, barcha maqtovlar olamlarning Robbisi bo'lmish Alloh taologa xosdir.
Subk al-ahad. Dushanba 1430 hijriy yil 27 rajab oyi. 2009 yil 20 iyul.[/
Abu Abdulloh Muhammad ibn Sa'id ibn Roslan
(Alloh taolo u kishini va ota-onalarini afv qilgan bo'lsin).
(davomi bor)
This post was last modified: 03-07-2011, 09:22 AM by mutaallim.
  
Users browsing this thread: 1 Guest(s)
Powered By TAVHID.COM, © 2002-2024 Tavhid Forum.
Made with by Curves UI.