1162   01-05-2019, 03:15 AM
#34
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu. Alloh sizlarni yaxshiliklar bilan mukofotlasin. Savolim shundan iborat. Hozirgi kunda Chechenistonda, chechen xalqi orasida mana bunday shior tarqalib qolayapti "Ахмат Сила" ya'ni "Axmat Kuch". Bir necha yillar oldin vafot etgan Checheniston prezidenti Axmat Qodirovga nisbat berishayapti. Mashinalariga, ko'chadagi reklama bannerlariga Axmat va Ramzan Qodirovlarni rasmlari qo'yilib ushbu shior yozib qo'yilayapti "Axmat Kuch". Bu ishlar shariatga to'g'ri kelmasligini bilaman lekin hukmini qanday ekanligini qurondan va sunnatdan dalillar bilan tushuna olmayapman. iltimos shu haqida ma'lumot bersangizlar. Allohdan umid qilamanki sizlar tufayli men chechen birodarlar orasidagi shu gaplarni ko'tarib yuruvchilarga nasixat qila olsam. Jazakumullohi xoyron.
  
Users browsing this thread: 1 Guest(s)
Powered By TAVHID.COM, © 2002-2024 Tavhid Forum.
Made with by Curves UI.