Thread Rating:
  • 2 Vote(s) - 3 Average
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
Пайғамбар манҳажининг асослари (Шайх Муҳаммад Саид Рослан)
#1
بسم الله الرحمن الرحيم
الحمد لله رب العالمين، و الصلاة و السلام على محمد و على آله و أصحابه أجمعين
دعائم منهاج النبوة
محمد سعيد رسلان

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Shayx Muhammad Said Roslan (hafizahullah)ning

PAYG'AMBAR MANHAJINING ASOSLARI




Huzayfa ibn al-Yaman rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:" Rosululloh sollollohu alayhi va sallam aytdilarki:" Sizlarni orangizda payg'ambarlik Alloh taolo qancha turishini xoxlagan bo'lsa shuncha turadi. So'ng Alloh taolo uni ko'tarishni xoxlagan vaqtda ko'taradi. So'ng payg'ambar manhajiga asoslangan xalifalik bo'ladi. (Bu ham) Alloh taolo qancha turishini xoxlagan bo'lsa shuncha turadi. So'ng Alloh taolo uni ko'tarishligini xoxlagan vaqtda ko'taradi. So'ng esa evaz (meros) qilib beriladigan podshohlik bo'ladi. Alloh taolo qancha turishini xoxlagan bo'lsa shuncha turadi. So'ng Alloh taolo uni ko'tarishni xoxlagan vaqt ko'taradi. So'ng esa zulm qiladigan podshohlik bo'ladi. Alloh taolo qancha turishini xoxlagan bo'lsa shuncha turadi. So'ng Alloh taolo ko'tarishni xoxlagan vaqt, uni ham ko'taradi. So'ng yana payg'ambar manhajiga asoslangan xalifalik bo'ladi. So'ng jim bo'ldilar". Ahmad va undan boshqalar rivoyat qilishdi:" Silsila as-Sohiyhaga qarang" (5-mujallat)
Mehribon va Rahmli Allohni nomi bilan boshlayman
Barcha maqtovlar Allohga xosdir. Biz Uni maqtaymiz, Undan yordam so'raymiz, Unga istig'for aytamiz va nafslarimizning hamda amallarimizning yomonligidan Uning panohiga qochamiz. Kimniki Alloh to'g'ri yo'lga boshlasa, uni adashtiruvchi yo'qdir. Kimniki Alloh adashtirib qo'ysa, uni to'g'ri yo'lga boshlaguvchi yo'qdir. Sherigi yoq, yolg'iz Allohdan o'zga haq Iloh yo'q ekanligiga guvohlik beraman. Va yana Muhammad sollollohu alayhi va sallam Uning bandasi va elchisi ekanligiga guvohlik beraman.
Ey iymon keltirganlar, Allohga haqiqiy taqvo ila taqvo qiling. Va faqat musulmon bo'lgan holingizdagina bu dunyodan o'ting. (Oli-Imron-102)
Ey insonlar, Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan ko'plab erkagu ayollar taratgan Robbingizdan qo'rqinglar! Nomini ishlatib bir-biringizdan so'rovda bo'ladiganingiz Allohdan va qarindoshlik (aloqalaridan) qo'rqing. Albatta, Alloh ustingizda nazoratchi bo'lgan zotdir. (Niso-1)
Ey iymon keltirganlar, Allohdan qo'rqinglar va to'g'ri so'zni so'zlanglar. (Shunda) Alloh ishlaringizni o'nglaydi va gunohlaringizni mag'irat qiladi. Kim Allohga va uning elchisiga itoat qilsa, darhaqiqat katta yutuqqa erishibdi. (Ahzob 70-71)
Ammo ba'd:
So'zlarning eng rosti Alloh taoloning Kitobidir. Yo'llarning yaxshisi Muhammad sollollohu alayhi va sallamning yo'llaridir. Ishlarning yomoni yangi paydo bo'lganlaridir. Har-bir yangi paydo bo'lgan ish bid'atdir. Har-bir bid'at zalolatdir. Har-bir zalolat jahannamdadir.
Ammo ba'd:
Islom bu Alloh taolo O'zining yerida, O'zining xalqlariga rozi bo'lib va uni mukammal qilib bergan dindir. Alloh taolo biror kishidan undan o'zga dinni qabul qilmaydi. U tavhidga da'vatdir va tavhidning haqiqatidir. Toinki Allohni yakka O'ziga ibodat qilinib, Undan o'zga ibodat qilinayotgan har qanday narsaga kufr keltirilsin. Bu esa La Ilaha illallohning haqiqatidir. la ilaha illalloh kalimasi deb Alloh taolo osmonlar va yerni, jannat va do'zahni yaratdi. Kitoblar nozil qildi, elchilarni jo'natdi. La ilaha illalloh kalimasi deb jihod bozori o'rnatildi va Rahmonning lashkari bilan shaytonnin qo'shini o'rtasida urush olovi alanga oldi. La ilaha illalloh kalimasi deb Alloh taolo qiyomatni qoim qiladi, tarozular o'rnatiladi, Sahifalar turli tomondan keladi, Kimdir oldidan kelgan (sahifasini) o'ng qo'li bilan olsa, yana kimdir ortidan kelgan (sahifasini) chap qo'li bilan oladi.
Darhaqiqat Alloh taolo O'zining payg'ambariga hamroh bo'lish uchun -payg'ambarlardan keyin- insonlarni eng aqli terani, farosati ko'prog'ini, zehni teranrog'ini, gapni tushunib yetishda eng nozik didlilarini, ilmi chuqurroqlarini, qalblari eng pok bo'lganlarini va birovga (keragidan ortiqcha) yuk yuklamaydiganlarini tanlab oldi.
Ular (sahobalar) oyatlar nozil bo'lishidagi voqealar va sabablarga o'z ko'zlari bilan guvoh bo'lishdi. Shu bilan birga Alloh taolo ularni o'tkir zehn, fasohatli til, keng ilm, gapni (qiynalmasdan) osonlikcha qabul qilib olish, maqsadga muvofiq tushunish, gapni eshitganda ma'nolarni tezlik bilan anglab olish, maqsadni to'g'ri qilish va Rob taolodan taqvo qilish kabi xususiyatlar bilan xoslagandir.
Arab tili ularning tabiatlari va iqtidorlarida chuqur ildiz otgandi. Ma'nolarni to'g'ri tushunish ularning fitratlari va aqllariga jo qilingandi. Ularni isnod, roviylarning holatlari, hadisdagi illatlar, jarh va ta'dil masalalarini izlashga hojatlari yo'q edi. Ular usul qoidalari hamda usul ilmi bilan shug'ullanadigan olimlarni o'rnatib ketgan qonun-qoidalarini izlashdan behojat odamlar edi.
Darhaqiqat sahobalar yuqorida sanab o'tilgan ishlardan batamom behojat insonlar edi. Ularning gardanlarida faqat ikki ish bor edi:
Birinchisi: Alloh taolo bunday dedi, Rosuli mana bunday dedi.
Ikkinchisi: Uning ma'nosi mana bunday, mana bunday.
Ular mana shu yuqorida o'tgan 2 asos bilan insonlarni ichida eng baxtlilaridir. Va shu 2 asosdan ummat ichida eng ko'p ulushlarini olganlardir. Ularning kuchlari mana shu 2 asosga to'la-to'kis jamlangandir.
Darhaqiqat payg'ambarlikdan keyingi xilofot payg'ambar manhajiga asoslangan bo'lib, to'g'ri xalifalik edi. Sahobalar bu xilofotda buyuk Islom dinining haqiqatini ham tavhid, ham ittibo' (payg'ambarga ergashish) jihatlaridan haqqirost amalga oshirishdi. So'ng Alloh taolo u(xilofot) ni ko'tardi.
So'ng evaz (meros) qilib beriladigan podshohlik bo'ldi. So'ng Alloh taolo uni ham ko'tardi. So'ng esa zulm asosidagi podshohlik bo'ldi. Alloh taolo kelajakda uni O'zi xoxlagan vaqtda ko'taradi.
Kelajakda Alloh taolo payg'ambarlikni ko'targandan keyin bo'lganidek, ishning oxirida yana payg'ambar manhajiga asoslangan xilofot bo'ladi.
Rosululloh sollollohu alayhi va sallam xabar berganlaridek, bu ummat bir qancha firqalarga bo'linib ketdi. Najot esa payg'ambar va sahobalar yurib o'tishgan yo'ldadir. Bu yo'l payg'ambar manhaji va sirotul mustaqimdir.
islomning haqiqati kufr, shirk va munofiqlikni batamom rad etadigan tavhid hamda bid'at va dinda yangi paydo bo'lgan ishlarni butkul rad etadigan ittibo' (payg'ambarga ergashish) dadir.
Darhaqiqat bu ummat Rosul sollollohu alayhi va sallam xabar berganlaridek bir qancha firqalarga bo'linib ketdi. Bu firqalarning bari jahannamdadir. Faqatgina Rosululloh sollollohu alayhi va sallam va Sahobalar yurib o'tgan yo'ldan yuradiganlarigina bundan mustasnodir.
Demak bu holat Rosululloh sollollohu alayhi va sallam va sahobalar yurib o'tgan yo'lni bilishga undaydi. Bu yo'lni bilish, bid'at ahlining to'lqinlari mavj urayotgan bu dunyodagi yagona najot yo'lidir. Ular (bid'at ahli) odamlarni o'z dinlaridan chalg'itishyapti. Odamlarga din ishlaridagi haqiqatlarni boshqa tusda namoyish qilishyapti. Bu maqsadlariga yetish uchun shaytonlarning yo'llaridan yurishyapti. Odamlarning ko'plari o'z dinini yaxshi bilmaydi, ikki yo'l oldidan chiqib qolishganda, qay birini tanlay deb hayron holatda qolishgan. Ahli xavo esa o'zlarining bid'atlarini odamlarning qalblariga sekin-sekin bildirmay olib kirishyapti. Musulmonlarni Robbilarining yo'li va payg'ambarlarining sunnatidan burib yuborishyapti.
InshaAlloh bu kitobda payg'ambar manhajidagi asoslarning (muhim) alomatlarini uchratasan. Shulardan misol uchun: ahli bid'atning alomatlarini ochish, ularning o'rinlarini (pozitsiyalarini) aniqlash, aldov va makrga asoslangan yo'llarini bayon qilish.
InshaAlloh najot yo'li payg'ambar manhajida ekanligini ko'rasan. Zero bu yo'l Rosululloh sollollohu alayhi va sallam olib kelgan dindir. Bu yo'l har qanday dog'dan sof bo'lgan, har qanday kirdan pok bo'lgan yo'ldir. Bu yo'lning alomatlari boshqa yo'lni alomatlariga aslo oxshamas. Bu yo'lda yurgan odam hech ham adashmaydi.
Va ba'd:
Bu " Payg'ambar manhajining asoslari" kitobimdir, Alloh taolodan shu sabab musulmonlarga foyda bermoqligini, bu ishimni xolis O'zining Karim yuzi uchun bo'lmoqligini hamda bu ishimda ixlos va O'zining dargohida qabul qilinishlik bilan rizqlantirishligini so'rayman. Va yana bu kitobga dalolat qilib, yo'llagan, unga nazar tashlab o'qib ko'rgan, bosmadan chiqarib, tarqatish ishlariga bosh-qosh bo'lganlarning mukofotini to'la qilib berishligini so'rayman.
Alloh taolo payg'ambarimiz Muhammad (sollollohu alayhi va sallam)ga, u kishining otalari bo'lmish Ibrohim va Ismoil (alayhimassalamlar)ga, boshqa barcha payg'ambarlarga, oilalariga, va barcha sahobalariga ko'pdan-ko'p salotu-salomlar yo'llasin
Va oxirgi gapimiz, barcha maqtovlar olamlarning Robbisi bo'lmish Alloh taologa xosdir.
Subk al-ahad. Dushanba 1430 hijriy yil 27 rajab oyi. 2009 yil 20 iyul.[/
Abu Abdulloh Muhammad ibn Sa'id ibn Roslan
(Alloh taolo u kishini va ota-onalarini afv qilgan bo'lsin).
(davomi bor)
Reply
#2
Payg'ambar manhajining ta'rifi


Payg'ambar manhaji: Bu shunday yo'lki, bu bilan Rosululloh sollollohu alayhi va sallam va u kishinig sahobalari roziyallohu anhumlarning yo'llariga ergashishlik haqqirost ro'yobga chiqadigan yo'ldir.
Yoki (mana bunday deb aytsak ham bo'ladi|): Sahobalarni Rosululloh sollollohu alayhi va sallamga ergashishlikdagi yo'llariga binoan yurish.
Yoki (yanada tushunarliroq bo'lish uchun mana bunday deb aytsak ham bo'ladi): Asarlar (salaflarning istilohida, hadis va sahobalardan kelgan asarlarga umumiy asar lafzi ishlatilgan) va sunnatga ergashishlikni sahobalar va ularga go'zallik bilan ergashgan zotlarni tushunchasi (fahmi) bilan qabul qilish.
Safariniy rohimahulloh "Lavami' al-Anvor" kitobining (1/20) sahifasida payg'ambar manhaji, ya'niki salaflar yo'liga ta'rif bera turib shunday dedilar:
" (Bu yo'l) Sahobalar roziyallohu anhum, ularga go'zallik bilan ergashgan zotlar (tobe'inlar), taba'a tobeinlar (tobe'inlarga ergashuvchilar) va imom deb guvohlik berilgan din peshvolarining yo'llaridir. Bu yo'lning dinda nihoyatda oliy o'rin egallagani ma'lum va mashxurdir. Odamlar noloyiq laqablar bilan tanilmagan va bid'atchi deb mashxur bo'lmagan ushbu zabardast imomlarning so'zlarini avlodlar almashishi bilan (bosh ustiga deb) qabul qilishdi. (Bu noloyiq laqablar va bid'at turlariga) Misol: Xavorij, Rofiza, Qadariy, Murjia, Jabariy, Jahmiyya, Mo'tazila, Karromiyya va bulardan boshqalar...
Demak bu yo'l, ilmda peshvo bo'lganlar, ashobul asar (hadis olimlari) va iqtido qilinishga loyiq bo'lgan hamda sunnatni ushlash bilan dong taratgan zotlarning yo'llaridir. Kimki ushbu yo'lning biror o'rniga xilof ish tutsa, unga ta'na yetkazsa yoki (boshqalarga ushbu yo'lni) yetkazuvchisini ayblasa, bas u jamoatdan chiqqan bid'atchi va sunnat yo'li hamda haq manhajni tashlagan kishidir."

Bu yo'l Nabiy sollollohu alayhi va sallam va u kishing sahobalari yo'liga haqqirost ergashishlikni ro'yobga chiqaradigan yo'ldir.
Bu yo'l mo'minlarning yo'lidirki, kim ularga xilof ish tutsa va ularning yo'lini qo'yib, boshqa yo'llarga ergashadigan bo'lsa, Alloh taolo uni ketganicha qo'yib beradi va uni jahannamga uloqtiradi. U (jahannam) qanday ham yomon joy. Alloh taolo aytadiki:" Kim o'ziga hidoyat ravshan bo'lganidan keyin Payg'ambarga xilof qilsa va mo'minlarning yo'lidan boshqa yo'lga yursa, ketganicha qo'yib beramiz va jahannamga kiritamiz. U qandoq ham yomon joy!" (Niso:115).
(Oyatdagi) "Mo'minlarning yo'li" , shak-shubhasiz bu sahoba roziyallohu anhumlarning yo'llaridir. Demak xoh aqidada bo'lsin yoki ibodatda, muomalotda (o'zaro oldi-sotdi va shunga o'xshash ishlar) va axloq-odobda bo'lsin, sahobalarning yo'lidan chiqish, bu mo'minlarni yo'lini qo'yib boshqasiga ergashishlikdir.
Ubay ibn Ka'b roziyallohu anhu shunday dedilar:" (Sahobalar) Yo'lini va Sunnatni mahkam tutinglar. Chunki, biror bir banda (sahobalarni) yo'li va sunnatda bo'lgan holida Allohni eslasa va Allohdan qo'rqqani sabab eti titraydigan bo'lsa, undan daraxtdagi quruq barglar to'kilgani kabi xatolari to'kilib tushadi.
Biror bir banda (sahobalarni) yo'li va Sunnatda bo'lgan holida, yolg'iz bo'lgan holatda Allohni eslasa va Allohdan qo'rquv sabab ko'zidan yosh oqadigan bo'lsa, jahannam (olovi) unga aslo yetmaydi.
(Sahobalarni) Yo'li va Sunnatda bo'lgan holatdagi kam qilingan amal, (sahobalarni) yo'li va Sunnatga xilof bo'lgan holatdagi ko'p amaldan yaxshidir. Shu sabab amallaringiz -xoh ko'p bo'lsin yo oz bo'lsin- payg'ambarlar manhaji va sunnatlariga muvofiq bo'lishiga qattiq e'tibor qaratinglar"
. ("Sharh Usul E'tiqod Ahli Sunna val Jamoa"-1/54, "Talbis Iblis"-1/44, Ibn Abu Shayba-7/224)
Abul Oliya rohimahulloh shunday dedilar:" Islomni o'qib-o'rganinglar. O'rganganingizdan (keyin esa), undan (o'zingizni) olib qochmanglar. Sirotul mustaqimni lozim tutinglar. Chunki u Islomdir. Islomdan o'ng tarafga ham, chap tarafga ham og'ishmanglar.
Payg'ambaringizning Sunnati va shu sunnatga muvofiq bo'lmish sahobalarning yo'lini lozim tutinglar. Odamlar orasida kek-adovat tarqalishiga sabab bo'ladigan (dalilga asoslanmagan) quruq ra'ylarni tashlanglar"
. ("Sharh Usul E'tiqod"-1/58, Marvaziy "Sunna"da zikr qilganlar-8, Ajuriy esa "Sharia"da-19)
Avzoiy rohimahulloh dedilar:" Sunnatga muvofiq (bo'lish uchun) nafsing (vasvasasiga) sabr qil. Qavm (sahobalar) to'htagan joyda to'hta. Ular tiyilgan narsadan tiyil. Salafi-solihlaring yo'lidan yur. Chunki ularga yetgan narsa senga ham yetadi". ("Sharh Usul E'tiqod"-1/147, "Talbis Iblis"-1/53, Ajuriy "Sharia" da keltirdilar-2/673, Abu Na'im esa "Hilya"da-6/143).
Islom bu, -Barbahariy rohimahulloh "Sharh Sunna"ni 59-sahifasida aytganlaridek-:" U Sunnatdir. Sunnat esa Islomdir. Birinchisi ikkinchisisiz qoim bo'lmaydi (oyoqqa turmaydi)".
Sunnat asoslari bu, -Imom Ahmad rohimahulloh "Usul Sunna"ni 25-sahifasida aytganlaridek-:" Rosululloh sollollohu alayhi va sallamning sahobalari nimaning ustida bo'lishgan bo'lsalar, o'shani mahkam ushlashlik va unga ergashishlik. Bid'atlarni tark etishlik, chunki har bir bid'at zalolatdir. Shuningdek ixtiloflarni va o'z havosiga ergashuvchilarni tark etishlik. Dinga oid ixtilof va tortishuvlarni tark qilishlikdir".
Bag'aviy rohimahulloh "Sharh Sunna" (1/214)da ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:" Kimki biror yo'lni mahkam tutmoqchi bo'lsa, o'lganlarni yo'lini mahkam tutsin. Ular esa Muhammad sollollohu alayhi va sallamning sahobalaridir. Ular bu ummatning yaxshisi, qalblari eng poki, ilmlari eng chuquri, (o'zgalarga biror yuk yuklashda) eng ozrog'idirlar. Ular shunday qavm edilarki, Alloh taolo ularni payg'ambari sollollohu alayhi va sallamga hamroh bo'lishga va dinini (keyingi avlodga) yetkazishlikka tanlab oldi. Bas ularning odob-axloqlari va yo'llariga ergashinglar. Ular to'g'ri yo'lda edilar".
Darhaqiqat Nabiy sollollohu alayhi va sallam najot topuvchi firqa haqida so'raldilar va uni zikr qilganlarida, u kishi sollollohu alayhi va sallamga, kim ular?, deyildi. Shunda aytdilarki:" Men va sahobalarim yo'lida bo'lganlar".
Demak shu payg'ambar manhajidir. Bu sahobalar roziyallohu anhum va ularga go'zallik bilan ergashgan zotlardan iborat salaf-solihlarning manhajidir.
Salafiy manhaji eng yengil va eng oson ibora bilan aytadigan bo'lsak: U oldinga ham, orqaga ham faqat dalil asosida qadam tashlaydigan manhajdir. U shar'iy ochiq hujjat asosidagina biror narsani qabul qiladigan yoki tark etadigan manjhajdir. U shariatga muvofiq kelmaydigan birorta ham rayga taslim bo'lmaydigan manhajdir. Kitobu-Sunnatdan hujjat bo'lmagan biror xayoliy qarashlar yoki topilmalar (tushimda unday ko'rdim, ko'zimga bunday ko'rindi qabilidagi gaplar)ga iqror bo'lmaydigan manhajdir.
Qisqa qilib aytganda, salafiy manhaji bu, so'zlarning eng yaxshisi bo'lmish Alloh taoloning Kitobidan biror so'zni muqaddam qo'ymaydi. Va yo'llarning eng yaxshisi bo'lmish Muhammad sollollohu alayhi va sallamning yo'llaridan bosh biror yo'lni afzal deb bilmaydi.
Bu manhaj (dalilsiz quruq) havoi-nafsga ergashishdan batamom pok bo'lgan, adolat va haq ustiga qurilgan, g'uluvga ketish va sovuqqonlik, kamchilikka yo'l qo'yish va oshirib yuborish orasidan boruvchi o'rta manhajdir. Bu manhaj, Islom millati avval o'tgan millatlar orasida qanday o'rin tutgan bo'lsa, Islom millati ichida shunday o'rin tutgan ahli sunna val jamoaning yo'lidir.
Bu manhaj Allohning elchisi Muhammad sollollohu alayhi va sallam olib kelgan dinning haqiqatidir.
" Alloh taolo Muhammad sollollohu alayhi va sallamni qolgan barcha payg'ambarlar va elchilar orasida o'ziga xos bo'lgan bir necha xususiyatlar bilan xoslab qo'ydi. U kishi sollollohu alayhi va sallamga (o'ziga xos) shariat va manhaj tayin qilib berdi. Bu shariatlarning eng afzali va manhajlarning eng mukammalidir.
Huddi shunday, Alloh taolo u kishi sollollohu alayhi va sallamning ummatlarini, odamlar uchun chiqarilgan ummatlarni eng yaxshisi qilib qo'ydi. Bu ummat (o'zidan oldin o'tgan) yetmishta ummat o'rnini bosadi. Bu ummat, ummatlarning eng yaxshisi va turli jinsdagi barcha ummatlar ichida Allohga eng mukarramidir. Alloh taolo bu ummatni O'zining Kitobi va elchisi bilan, oldingilar haq qaysi ekan deb ixtilof qilib yurishgan narsalarida to'g'ri yo'lga yo'llab qo'ydi. Va Alloh taolo bu ummatni eng yaxshi, adolatli o'rta ummat qildi.
Bu ummat Allohni yakka deb bilishda, Allohning Ismi va Sifatlarida, elchilarga iymon keltirish masalasida, halol-harom va buyruq-qaytariqdan iborat dindagi ko'rsatmalarda ham o'rta yo'lni tutgan ummatdir.
Alloh taolo ularni yaxshilikka buyurdi, yomonlikdan qaytardi, ular uchun pok narsalarni halol qilib berdi, jirkanch narsalarni harom qildi. Ularga Yahudiylarga harom qilganidek, pokiza narsalardan birortasini ham harom qilgani yo'q. Va yana Nasroniylar o'zlariga halol qilib olishganidek, jirkanch narsalardan birortasini ham halol qilib bergani yo'q.
Alloh taolo ularga (bu ummatga) Yahudiylarga tor qilib bergandek, poklik va najosat bobida tor qilmadi. Hamda Nasroniylar o'zlaridan soqit qilganlaridek, Alloh taolo bu ummatdan jirkachlik va nopoklikdan poklanishni soqit qilmadi. Nasroniylar junublikdan poklanishni, namozga tahorat olishni va namozda najosatdan chetlashishni vojib deb bilmaydilar. Balki ibodatgo'ylarini ko'pchiligi najosatga bevosita tegib turishlikni, Allohga yaqinlik hosil qilish va toat qilish turlaridan deb hisoblaydi. Hatto rohiblarini fazilatli tomonlari sanab o'tilganda aytilgan ekanki:" Bu kishiga, mana qirq yildirki suv tegmagan"!! Shu sababli hatna qilishni ham tark etishdi. Holbuki bu (hatna qilish) Allohning Halili Ibrohim alayhissalotu va sallam va u kishiga ergashganlarni shariati edi.
Yahudiylarda esa, ayol kishi hayz ko'radigan bo'lsa, bir joyda o'tirib yeb-ichishmaydi. Hatto u ayol bilan bir uyda ham o'tirishmaydi. Nasroniylar esa (aksincha), hayz ko'rgan ayolga yaqinlik qilishni umuman harom deb bilmaydilar.
Yahudiylar najosatdan poklanish degan narsani bilmaydilar. Ulardan biror kishining kiyimiga najosat tegadigan bo'lsa, (bir yo'la) qaychini olib (kiyimning o'sha qismini) kesib tashlaydi. Nasroniylar esa (aksincha), ularda yeyishlik harom bo'lgan va namozni harom qiladigan biror najosat yo'q.
Musulmonlar, huddi shunday shariatda ham o'rta yo'lni tutadilar. Yahudiylar qilganidek, bekor (mansux) qilingan shar'iy qoidalar deb, bekor qiluvchi (nosih) shar'iy qoidalarni inkor qilmaydilar. Shariatda muhkam bo'lgan (ikki hil ma'noda tushunilmaydigan aniq-ravshan ko'rsatamlar)ni o'zgartirmaydilar. Yahudiylar qilganidek va shu bilan birga Alloh izn bermaganidek shariatda yangi narsa o'ylab chiqarmaydilar. Nasorolar g'uluvga ketganidek, payg'ambarlar va solih kishilarning haqqida g'uluvga ketmaydilar. Yahudiylarning beadabligi kabi, u zotlarning haqlarini oyoqosti ham qilmaydilar. Yahudiylarning ko'rnamakliklari kabi, Xoliq subhanahu va taoloni faqirlik, baxillik va (bir ishni qilishdan) ojiz qolishlikdan iborat ayblar, nuqsonliklar va maxluqlarning xususiyatlari bilan sifatlangan deb e'tiqod qilmaydilar. Nasorolarning ko'rnamakliklari kabi, maxluqni Xoliq subhanahu va taoloning xususiyatlari bilan sifatlangan deb e'tiqod qo'ymaydilar. Chunki Xoliq subhanahu va taoloning sifatlarida, Unga o'xshash biror narsa yo'qdir. Yahudiylarning noo'rin jur'atlari kabi Allohga ibodat qilishdan kibr qilmaydilar. Hamda Nasroniylarning pastkashligi kabi Allohga ibodat qilishda, Unga biror kishini sherik qilmaydilar.
Islom millati oldingi millatlar o'rtasida qanday o'rin tutgan bo'lsa, Ahli sunna val jamoa Islom millatida shuday o'rin tutadi. Ahli sunna val jamoa Allohning Sifatlari bobida (Allohni ism-sifatlarini) inkor qiladigan hamda (Alloh taoloni, O'zini Ismi-Sifatlari bilan) sifatlamaydiganlar hamda (Allohni maxluqotlariga) o'xshatib, tamsil qiladiganlarni yo'lini qo'yib, o'rta yo'lni tutgandir. Ular Allohni, Alloh taolo O'zini sifatlagandek va elchilari Allohni sifatlagandek sifatlaydilar. (Shu tariqa sifatlash davomida) (Allohni O'zining Sifatlaridan) holiy deb bilmaydilar va (Allohni sifatlashda maxluqotlariga) o'xshatmaydilar. Balki mukammal sifatlarni Allohga isbot qiladilar va bu sifatlarda Allohni sherigi yoki o'xshashi bo'lishdan Allohni poklaydilar.
Demak (Allohning sifatlarini bandalarining sifatiga o'xshatmagan holatda) isbot qilish hamda ( Allohning Sifatlarini, Alloh bu sifatlar bilan sifatlanmagan) deb aytmasdan (Allohni barcha aybu-nuqsonlardan) poklashdir:" Unga o'xshash biror narsa yo'q" (oyatning bu qismi) (Allohni maxluqotlariga) o'xshatuvchilar uchun raddiya bo'lsa, "Va U Eshituvchi, Ko'ruvchidir".(Shuro:11) qismi esa (Allohni O'zining sifatlari bilan sifatlanishini) inkor qiluvchilarga raddiyadir.
Alloh taolo shunday dedi:" Ayt: U Alloh yagonadir. Alloh (mukammal sifatlarni O'zida lozim tutuvchi) Egadir. U tug'magan va tug'ilmagan. Va unga hech kim teng bo'lmagan". (Ixlos: 1-4)
Oyatdagi "Somad"ning ma'nosi: mukammal sifatlarni O'zida lozim tutuvchi Sayyid (Ega) manosidadir.
"Ahad"ning ma'nosi esa: Unga o'xshash va Unga tengdosh yo'q bo'lgan Zotdir manosida.
Ahli Sunna val Jamoa Alloh azza va jallaning ishlari bobida ham, taqdirni yolg'on deb biladigan Mo'tazilalar va Allohning (belgilab qo'ygan) taqdirini (hujjat qilib) Allohning buyruq va qaytariqlariga, savobi va jazosiga qarshi chiquvchi, Allohning hikmati, rahmati va adolatini inkor qiluvchi Jabariylar yo'lini qo'yib, o'rta yo'lni tutgandir.
Ular yana (Alloh taolo solih amallar qilgan zotlarni jannatiga dohil qilishi haqida kelgan) va'da va (Alloh taologa itoatsizlik qilgan kimsalar jahannamga kirishi haqida kelgan) qo'rqituv boblarida ham o'rta yo'lni tutganlar. Demak Ahli Sunna val Jamoa Allohga itoatsizlik qiluvchi musulmonlarni jahannamda abadiy qoladi deb faqat (Allohni jahannam bilan qo'rqitgan oyatlarini) ilgari suradiganlar va (Allohning itoatsizlik qiluvchilarga jahannam bilan ogohlantirgan) qo'rqituv oyatlarining ba'zisini hamda Alloh taolo yaxshilik qiluvchi zotlarni fojirlar ustidan afzal qilgan fazilatlarini inkor qiladigan murjialarni qo'yib, o'rta yo'lni tutuvchi kishilardir.
Ular yana Rosulullloh sollollohu alayhi va sallamning sahobalari haqida ham, sahobalarni ba'zilari haqida iloh, payg'ambar va xatodan ma'sum deydigan haddan oshuvchilar va sahobalar bu ummatni eng afzallari bo'lishiga qaramasdan ularni kofirlikda yoki fosiqlikda ayblaydigan nonko'rlar yo'lini qo'yib o'rta yo'lni tutgan kishilardir.
Alloh subhanahu va taolo Muhammad sollollohu alayhi va sallamni odamlarga rahmat qilib jo'natdi. Alloh taolo u kishi sollollohu alayhi va sallamni (insu-jinga) ne'mat qilib berdi. Bundan ham katta ne'mat bormi?! Alloh taolo shunday deydi:” Biz seni faqat olamlarga rahmat qilib yubordik”. (Anbiyo:107). Va yana shunday deydi:” Allohning ne'matini kufrga almashtirganlarni ko'rmadingmi”.(Ibrohim:28). Ular esa Muhammad sollollohu alayhi va sallamga iymon keltirishmadi. Holbuki u kishi sollollohu alayhi va sallamni (insoniyatga) jo'natilishlari, Alloh taolo bandalariga bergan ne'matlari ichida eng ulkan ne'matidir.
Alloh taolo u kishi sollollohu alayhi va sallamning ummatlariga payg'ambarlarning ohirgisini, muttaqinlarning imomini, jamiyki bashariyyatning sayyidini, boshqa payg'ambarlar orasida bir necha fazilatlar berib siylagan so'nggi elchisini (jo'natishlik) bilan O'zining ne'matini jam qilib berdi. Alloh taolo payg'ambariga bergan fazilat sabab bu ummatga ham fazilatni ziyoda qilib berdi. Balki ularga O'zining rahmatini ikki hissa oshirib berdi. Alloh taolo aytadiki:” Ey iymon keltirgan zotlar, Allohdan qo'rqinglar va Uning payg'ambariga iymon keltiringlar. (Shunda) U Zot sizlarga O'z rahmatidan ikki hissa ato etur va sizlar uchun (Qiyomat kunida oldilaringizda) yuradigan nur (paydo) qilur hamda sizlarni mag'firat qilur. Alloh Mag'firatli, Mehribondir. Ahli Kitob o'zlari Allohning fazlu marhamatidan biron narsaga (yetishga) qodir bo'la olmasliklarini va fazlu marhamat Allohning Qo'lida bo'lib, uni faqat O'zi hohlagan kishilarga ato etishini bilishlari uchun (Alloh ularga yuqoridagi hukmlarni bayon qildi). Alloh ulug' fazlu marhamat Sohibidir”.
(Hadid:28-29). (Shayxul Islom ibn Taymiyyani “Aljavab as-Sohih” (1/14) kitoblaridan olindi).
Ahli Sunna haddan oshganlarning dinda qilgan o'zgartirishlarini rad etadilar. Bu esa dalilsiz qaysarlarcha ko'r-ko'rona (biror shaxsga) ergashishdir. Yana ular botil yo'ldagilarni to'g'ri yo'ldan og'ishishlarini ham rad etadilar. Bu esa aqlni naqldan ustun qo'yib, havoi-nafsga ergashishdir. Ahli Sunna johillarning ta'villarini ham rad etadilar. Bu esa shar'iy asoslar va mana shu shar'iy asoslar dalolat qilayotgan manolarni bilmaslikdir.
Demak shu payg'ambar manhajidir.
Bu manhaj ochiq-oydin va zohir bo'lib turishiga qaramasdan, odamlar bu yo'ldan og'ishishdi va bu manhajga zid keladigan boshqa yo'llarni ushlashdi.
Salafiy manhaji Ktobu-Sunnatni salafi-solihlar tushungandek tushunishni lozim tutadi. Aqlni naqldan muqaddam qo'ymaydi. Sog'lom aql ko'taradigan ochiq-oydin masalalarni sahih yo'lga ko'ra kelgan asarga muvofiq kelishligini qat'an ta'kidlaydi. Shariat va haqiqat hamda ilm va amal orasini aslo ajratmaydi. Bu manhajdan yurganlar nazdida Kitobu-Sunnatda -salaflarning tushunchasi va tafsirlari bilan tushunish sharti bilan- yaxshilikni barcha boblariga yetish uchun yetarli bo'lgan yo'llanma va rushdu-hidoyat bor degan o'zgarmas aniq-ishonch bor.
Payg'ambar manhaji bu, najot topuvchi firqa va Alloh tomonidan nusrat ato etilgan toifaning manhajidir. Bu manhaj bir necha asoslar ustiga qurilgandir: Kitobu-Sunnatga sahobalar va ularga go'zallik bilan ergashgan zotlarni tushunchasi bilan qaytish. Alloh azza va jallani tavhidiga, amalni sherigi yo'q bo'lgan yolg'iz Alloh uchun xolis ado etishga da'vat qilish. Odamlarni shirkning barcha turlari va ko'rinishlaridan ogohlantirish. Ergashishni xatodan ma'sum bo'lgan Nabiy sollollohu alayhi va sallamgagina yo'naltirishga chaqirish. Shaxslarga taqlid qilish va havoi-nafsga ergashishni tashlash. Bid'atdan chetda bo'lish, uning zohiriy va botiniy ko'rinishlaridan pok bo'lish. Shu bilan birga ahli-havodan uzoq bo'lish va ularga barcha o'rinlarda, qo'ldan kelgancha qarshi turish. Foydali ilmni o'zining olinadigan o'rinlari (ulamolarning huzurlarida)dan talab qilish. Hidoyatga ergashadigan, havoi-nafsga ergashishdan uzoq yuradigan, Kitobu-Sunnatni salafi-solihlarning tushunchasi bilan tushunadigan ulamolarni qadriga yetish.
Yana payg'ambar manhajining asoslaridandir (mana bular): Iymon va kufr, iymon keltirgan va (hukmdordan) omonlik so'rab (islom diyorlarida yurgan kofirlar)ni qonini to'kmaslik, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarish, xoh talab bo'lsin yoki himoyalanish bo'lsin, Alloh yo'lida jihod qilish, boshqaruv va bay'at, jamoatni lozim tutish, hukmdorlar bilan muomala qilish, al-vala va al-baro (Alloh uchun do'st tutish va Alloh uchun bezor bo'lish) masalalarida sahobalarning o'gitlarini mahkam tutishdir.
Payg'ambar manhajining asoslaridandir: shaxslarga ko'r-ko'rona ergashish va guruhbozlik qilishni tark etish, oliy xulqlar va go'zal amallarni mahkam ushlash.
Ahli Sunna val Jamoa yuqorida o'tgan va undan boshqa, aytayotgan har-bir so'zlari hamda qilayotgan barcha ishlarida, Kitobu-Sunnatga ergashgandirlar. Ularning yo'llari Alloh taolo Muhammad sollollohu alayhi vasallam bilan jo'natgan Islom dinidir. Demak mana shu yuqorida o'tganlar Ahli Sunnaning asoslaridir.
Ularning nazdida, har-bir zamon va muayyan o'rinlarda bu asoslarni ado etadigan zotlar bo'ladi. Har qancha masofa uzoq bo'lmasin (muayyan o'rinda) va har qancha zamonlar almashmasin (har-bir zamonda) (bu asoslarni ado etadiganlar bo'ladi). Ular biror bir asrdagi voqelikdan yoki biror bir xalqning urf-odatlaridan ta'sirlanmaydilar. Chunki bu yo'l bularning barchasini ustidan ustun kelib, hukm chiqaruvchidir. Bu ko'rsatmalar faqat, Allohni Rob deb, Islomni din deb, Muhammad sollollohu alayhi va sallamni payg'ambar deb rozi bo'lgan va mana (shu rozi bo'lishlik) taqozo qiladigan ilmu-amal va (Rosululloh sollollohu alayhi va sallamgagina) ergashishni to'g'ri deb bilib, xoh katta yoki kichik bo'lsin din va dunyo ishlarini barchasida shu asoslarni lozim tutadigan kishi e'tiqodida haqqirost o'z aksini topadi.
Demak ushbu dalillar asosidagi fitriy qoidalar Rabboniy manhaj asoslari bo'lar ekan, to'g'ri yo'ldan og'ishib, zalolatga yuz tutgan kimsalar (bu asoslarni e'tibordan qochirib) ortlariga uloqtirdilar. Bu yo'lni ushlaganlarni masxara qildilar. O'zlari uchun esa qosir va hayolparas aqllariga mos keladigan egri-bugri yo'llar va asoslar tuzib oldilar. Natijada dindagi oson ishni qiyinga, aniq-ravshan masalani muammoga, yaqinni esa uzoqqa aylantirdilar. Maqsadga erishish uchun amalga oshmaydigan shartlar qo'ydilar. Sog'lom fitratga to'g'ri kelmaydigan ishlar qilishdi. Alal oqibat, o'rta yo'lni tutadigan, oson, aqlga ham dunyoqarashga ham salohiyat olib kiradigan va (shirkni qo'yib tavhidga moyil bo'lgan Ibrohim alayhissalom) millatlari bo'lmish fitriy dindan xabari yo'q bo'lgan kimsa, o'zlari ham hayron qolgan va o'zgalarni ham hayratga soladigan mana bu bid'atchilar olib kelgan yo'l Muhammad sollollohu alayhi va sallamning dini ekan degan gumonga borib qoldi.
Allohning elchisi Muhammad sollollohu alayhi va sallam olib kelgan yo'l qayda qoldi-yu, ular qayga qarab ketdi?!
(Fitratga zid ish tutganlari sabab) Nafsiy qiynalishlari, o'zaro kelisholmasliklari, (odamlarga din haqiqatini boshqa suratlarda) namoyon qilishlari va asoslarni chalkashtirib yuborishlari haq manhajga qarshi borishga olib keldi. Holbuki bu haq manhaj, barcha elchilar va xossatan Rosululloh sollollohu alayhi va sallam olib kelgan yo'l edi.
So'ng bu (fitratga zid ish tutganlari sabab) nafsiy qiynalishlari, o'zaro kelisholmasliklari, (odamlarga din haqiqatini boshqa suratlarda) namoyon qilishlari va asoslarni chalkashtirib yuborishlari o'rtalaridan haq manhajni ko'tarilishiga olib keldi. Balki bundan ham xatarliroq narsaga, aynan payg'ambarlarning manhajiga yomon gumon bilan qarashga olib keldi.
(davomi bor)
Reply
#3
Salafi-solihlar yo'lidan og'ishish sabablari ikki nuqtaga borib taqaladi:
Aql va hissiyot(ga berilish).

E'tiqod, ibodat va o'zaro (oldi-sotdi va shunga o'xshash) muomolotlar bobida salafi-solihlar yo'lidan og'ishish sabablari asosiy bo'lgan ikki nuqtaning biriga borib taqalishini bilmog'imiz lozim. Shayxul Islom rohimahulloh o'zlarining asarlarini bir qancha o'rinlarida bu haqda bayon qilib o'tganlar.
Barcha zalolat yo'llarining jamlanish nuqtasi, bid'at sabablarining qaytadigan asosi, payg'ambar Muhammad sollollohu alayhi va sallam va sahobalar rizvanullohi alayhimlarning manhajlaridan og'ishish sabablari, ushbu ikki nuqtaga borib taqaladi.
Bu ikki nuqtaning biri: Aqlga tayanadigan Mutakallim (kalom, yani falsafa ilmiga mukkasidan ketganlar)ning yo'li.
Ikkinchisi esa: Hissiyotga berilgan so'fiylarning yo'lidir.
Ushbu ikki yo'lning o'ziga xos xususiyatlari va belgilari bor. Bularning bari ikki asos bo'lmish, aql va hissiyotga borib taqaladi.
Mutakallimlarga kelsak: ular aqlni barcha narsadan ustun qo'yishdi va nimaiki xayollariga kelsa, shularni ortidan quvishdi.
So'fiylar esa: ular o'zlarining riyozatlari (turli raqslarga tushish bilan amalga oshadigan jismoniy mashqlar), tushlarida ko'rgan ajabtovur hayolotlar olami va his-tushg'ulariga tayanishdi.
Avvalgilarga,-Mutakallimlarni nazarda tutyapman-, aqllari ilhom baxsh etadi!!
So'fiylar esa vahiyni qalblaridan qabul qilib olishadi!! Ulardan birlari shunday derkan: Sizlar ey ahli sunna ilmingizni (haddasana,haddasana, yani falonchi shunday hadis aytdi, pistonchi shuday hadis aytdi) deb o'liklardan olasizlar. Biz esa ilmni o'lmaydigan tirik zotdan qabul qilib olamiz. Qalbim Robbimdan shunday hadis olib keldi deb aytaveramiz!!
Demak Mutakallimlarga aqllari ilhom bahsh etsa, So'fiylardan iborat bo'lgan boshqa toifa esa vahiyni qalblaridan qabul qilib olishadi. Ularni ham bularni ham shaytonlari oyoq ostiga olib, o'yinchoq qilib yuradi.
Alloh tabaroka va taolo nozil qilgan va Muhammad sollollohu alayhi va sallam olib kelgan vahiyga esa umuman tayanmaydilar va unga boshlarini ham ko'tarib qarab qo'ymaydilar.
Mutakallimlarning alomatlaridandir: Aqlni naqldan muqaddam qo'yishlari, Rosul sollollohu alayhi va sallam aqidaviy masalalar bo'lmish din asoslarini aqliy dalillar bilan bayon qilib bermaganlar degan da'volari. Qur'on xususida ham jur'at qilib shunday da'vo qilishadi. Sahobalar futuhotlar bilan mashg'ul bo'lib yoki (kalom ilmiga kirib hatoga tushib qolmayin, yaxshisi bu yo'lni tark etayinda) salomat qolay deb kalom ilmi bilan shug'ullanishmagan deb da'vo qiladilar. Hatto salafi-solihlar manhaji eng salomat yo'ldir. Ammo keyingi kelganlarni manhaji ilmga asoslanganroq va puxtaroqdir deyishgacha borishdi.
Yana aytishadiki: Sahobalar (kalom ilmiga kirib hatoga tushib qolmayin, yaxshisi bu yo'lni tark etib) salomat qolay deyishgan va bunday tor masalalarga kirib o'tirishmagan.
Va yana aytishadiki: Sahobalar ilmiy izlanish va aqlni ishlatishni qo'yib futuhotlar bilan mashg'ul bo'lishgan.
O'zlarini esa mana shu o'ringa loyiq deb bilib, ushbu ulkan ishga bel bog'lab, kirishdilar. -O'zlarini da'volariga ko'ra- Kitob va Sunnat kamchilikka yo'l qo'ygan va salaflarning bari ojiz qolgan, ushbu xatarli masalalarni puxta yechib qo'yishgan!!
Bu (da'vo)larning barchasi, botil ekanligi aniq ko'rinib turgan aqliy asoslariga qurilgani ma'lumdir. Qanday (qilib botil bo'lmasin), axir (bu da'volar) Alloh taolo O'zining elchisi sollollohu alayhi va sallamga nozil qilgan din ustunlariga zid kelib turgan bo'lsa?!!
Mutakallimlarning ushbu (botil) asoslari buzuq gaplarni zohir bo'lishiga va aqidada (to'g'ri yo'ldan og'ishgan) mazhablarning bo'y ko'tarishiga olib keldi. Jahmiyyalar, Mo'tazilalar, Murjialar, Ash'ariylar va bulardan boshqa (to'g'ri yo'ldan og'ishgan) mazhablar bo'y ko'tara boshladi. Bularning bari aqlni naqldan muqaddam qo'yishgani sababidandir. Bu (Islom ummati boshiga tushgan) ulkan balolardandir.
Boshqa firqa bo'lmish, So'fiylarga kelsak, ularning alomatlari quidagicha: Shariatdan hayolparastlikni muqaddam qo'yish, ilm asosidagi ibodatdan yuz o'girish, ilm va ta'lim olish uslubidan turli riyoziy mashqlar va harakat (raqs, turgan joyida sakrash)ni afzal bilish.
Mutakallimlar Kitobu-Sunnat va salaflar yo'liga, o'zlarining aqliy yo'nalishlari bilan xilof chiqishdi. So'fiylar ham aynan shu yo'ldan yurishdi. Ya'niki, Allohga hayolotlar, zavqu-shavq, turli tajribalarida qo'llab ko'rgan raqs va mashqlar bilan ibodat qilishdi. Nabiy sollollohu alayhi va sallamning holatlarini bilishga harakat qilib ko'rishmadi. Chunki Nabiy sollollohu alayhi va sallamni holatlarini bilish, ilm talab qilishni, sunnatni bilishni taqozo qiladi. Ular aslida ilm yo'lidan yuz o'girib, unga qayrilib ham qaramagan, o'zlarining turli mashqlarini tariqatlarining asosi qilib olishgan kimsalardir. O'zlari da'vo qilganlaridek, shariat bilan haqiqat, ilm bilan amal orasini ajratishdi. O'zlarini haqiqat va amalga erishgan deb bilishadi. O'zgalarga esa shariat va ilmni qo'yib berdik deyishadi. Bu -agarda bundanda ulkanrog'i bo'lmasa- zalolatlari va og'ishishlaridagi asoslarining eng ulkanidir.
Demak bilimsizliklari sababli, shayxlari borasida haddan oshishlari va bid'atlari ko'p bo'ldi. Ko'p o'rinlarda zalolat va shirkga tushishdi. Hatto haddan oshishlari shu darajaga yetdiki -Mutakallimlardan ajralib chiqqani kabi- bularni orasidan ham turli adashgan firqalar kelib chiqdi. Misol uchun: Hululiyya, Ittihodiyya, Ibohiyya va bundan boshqa adashgan firqalar.
Demak bular ham va ana ular ham to'g'ril yo'l qolib, umuman qarama-qarshi ikki yo'l bo'ylab ketishdi. Natijada bu ikki toifa va ulardan ajralib chiqqan boshqa firqalar chegaradan chiqib ketishdi. Payg'ambar sollollohu alayhi va sallamga ergashuvchilar esa o'rta yo'ldan yurishdi. Ya'niki, Nabiy sollollohu alayhi va sallamning ortlaridan yurishdi.

(davomi bor)
Reply
#4
Payg'ambar manhajiga ergashishlikni vojib ekanligi haqida kelgan dalillar


Salaf-solihlarga ergashishlik va ularning yo'llarini lozim tutishlikni vojib ekanligi haqida kelgan dalillar ko'pdir.
1-Alloh taolo shunday dedi:”Menga ijobat-tavba qilgan (shirkdan tavba qilib Islomga ergashgan) kishilarning yo'liga ergashgin!”(Luqmon:15)
Alloh tabaroka va taolo bizlarga Rosululloh sollollohu alayhi va sallamning sahobalarini yo'liga ergashishni, ularning izidan borishimizni va ularning manhajlaridan yurishimizni buyurdi.
Imom ibnul Qoyyim rohimahulloh yuqoridagi oyatni eslab o'tganlaridan so'ng shunday deydilar:”Sahobalarning har-biri Alloh taologa ijobat-tavba qiluvchidir.
Demak ularning yo'liga ergashish vojib bo'ladi. Sahobalarning so'zlari va aqidalari, ularning eng aniq-ravshan yo'llaridir. Ularni Alloh taologa ijobat-tavba qiluvchi ekanliklariga dalil, darhaqiqat Alloh taolo ularni hidoyatga yo'llab qo'ydi. Alloh taolo shuday dedi:
”Unga (yolg'iz Allohga) iltijo qiladigan kishilarni hidoyat qilur”(Shuro:13).” (I'lam al-Muvaqqi'in: 5/567)
2-Alloh tabaroka va taolo bizlarni sahobalarning yo'liga xilof ish tutishimizdan ogohlantirdi. Ularning yo'liga xilof ish tutuvchi kishini jahannam bilan qo'rqitib shunday dedi:”Kim o'zi uchun haq yo'l aniq bo'lganidan keyin payg'ambarga xilof ish qilsa va mo'minlarning yo'llaridan boshqa yo'lga ergashib ketsa, biz uni ketganicha qo'yib beramiz. So'ngra jahannamga kiritamiz. Naqadar yomon joydir u!”(Niso:115)
Ajurriy rohimahulloh Umar ibn Abdulaziz rohimahullohdan (Shari'a:1/461)da shunday naql qiladilar:”Rosululloh sollollohu alayhi va sallam va u kishidan keyingi hukmdorlar (xulofoi roshidinlar) (o'zlaridan keyin) bir yo'l qoldirib ketishdi. Bu yo'lni lozim tutish Allohning Kitobini tasdiqlash, Allohga itoat qilishni to'la-to'kis ado qilish va Allohning diniga quvvatdir. Biror kishiga bu yo'lni o'zgartirib, uni o'rniga boshqa yo'l olib kelishga va bu yo'lga xilof keladigan biror narsani izlashga yo'l yo'qdir. Kimki bu yo'lga binoan amal qilsa hidoyat topuvchidir. Kimki ushbu yo'lni himoya qiladigan bo'lsa, albatta unga (Alloh taolo tomonidan) nusrat keladi. Kimki ushbu yo'lga xilof ish tutadigan bo'lsa, mo'minlarning yo'lini qo'yib boshqa yo'lga ergashibdi. Alloh taolo uni ketganicha qo'yib beradi va uni jahannamga uloqtiradi. Naqadar yomon joydir u”.
Sa'diy rohimahulloh o'zlarining tafsirlarini (1/356)da shunday dedilar:
“Ya'ni: Kimki Qur'oniy dalillar va payg'ambar ko'rsatmalari bilan “O'zi uchun haq yo'l aniq bo'lganidan keyin” Rosul sollollohu alayhi va sallamga xilof ish tutsa va u kishi olib kelgan yo'lda sarkashlik qilib, sahobalarning yo'li hamda ularning aqidalari va amallaridagi manhajlarini qo'yib “ Mo'minlarning yo'llaridan boshqa yo'lga ergashib ketsa” “Biz uni ketganicha qo'yib beramiz”, Ya'ni: uni va o'zi uchun ixtiyor qilgan yo'lini tashlab qo'yamiz va uni yordamsiz qoldiramiz. Uni yaxshilikka aslo yo'llamaymiz. Chunki u haqni ko'rdi, bildi va uni tark etdi. Alloh tomonidan unga adolatli jazo shuki, uni zalolatida (qaysi yo'ldan yuray ekan deb)[i][i] hayron holatda qoldirmoqligi va zalolati ustiga yana zalolatni ziyoda qilmoqligidir. “[/i][/i] So'ngra jahannamga kiritamiz”, Ya'ni: jahannamda uni ulkan azob bilan azoblaymiz. “Naqadar yomon joydir u!”, Yani: uning qaytar joyi va oqibatidir”.
Barbahariy rohimahulloh “Sharh Sunna”ni 59-sahifasida shunday dedilar:”Jamoat barpo bo'ladigan asos: Muhammad sollollohu alayhi va sallamning sahobalari rozilayallohu anhumlardir. Ular ahli sunna val jamoadirlar. Kim ulardan (dalil) olmasa, darhaqiqat adashibdi va bid'at ish qilibdi. Har bir bid'at zalolatdir. Zalolat va u (zalolat)ning ahli jahannamdadir”.
Yana rohimahulloh 60-sahifada shunday deydilar:”Shuni bilginki -Alloh seni O'z rahmatiga olsin- Din Alloh tabaroka va taolo tomonidan kelgandir. Kishilarning aqllari va ra'ylariga qarab qolganamas.Din ilmi Allohni va Rosulining huzurida (ko'rsatmasi asosida)dir. Biror narsaga o'zingni havoi-nafsinga qarab ergashma. Aks holda dindan chiqib ketasan. Sen uchun (bu qilgan ishingda) hujjat yo'q. Darhaqiqat Rosululloh sollollohu alayhi va sallam ummatlariga bu yo'lni bayon qilib berdilar va sahobalariga aniq-ravshan ko'rsatib ketdilar. Ular jamoatdir. Ular (qiyomat maydonida uzoqdan ko'zga tashlanib turadigan) katta qoramtirlikdir. (Qiyomat maydonida uzoqdan ko'zga tashlanib turadigan) Katta qoramtirlik: Haq va u (haq)ning ahlidir”.
Yana rohimahulloh shunday dedilar:”Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytdilarki:” (Bugungi kunda) Hidoyat deb o'ylab zalolatga kirib qolgan yoki zalolat deb o'ylab hidoyatni tark qilgan biror kishi uchun uzr qolmadi. Darhaqiqat ishlar bayon qilib berildi, hujjat sobit bo'ldi va uzr aytish yo'li kesildi”.
Ajurriy rohimahulloh “Shari'a” (1/424) da ko'plab hujjat va asarlarni naql qilib, shunday dedilar:”Haq shariatini mahkam tutmoq,Alloh taolo Muhammad sollollohu alayhi va sallamni ummatini undagan va shu o'rinda Rosululloh sollollohu alayhi va sallam ham o'z ummatlarini targ'ib qilgan ish bo'lmish (haq yo'lda) bardavom bo'lish kabi masalalarni eslab o'tdim. Aqli raso kishi bu hujjatlarni bir tadabbur qilib ko'rsa, Alloh taoloning Kitobi, Rosul sollollohu alayhi va sallamning sunnatlari, Xulofoi-roshidinlar, sahobalarning barchasi va ularga go'zallik bilan ergashgan zotlar hamda musulmonlarning imomlarini yo'lini mahkam tutmoqligi lozim ekanini bilib oladi. Va yana dinga oid xusumat va talashib-tortishishni tark etish, bid'at ahliga qo'shilmaslik, dinda yangi narsa o'ylab topmasdan faqat ergashish lozimligini ham bilib oladi. Darhaqiat bid'at va zalolat ahlining nomi tilga olinganda (ko'ngil hira bo'lishiga zid o'laroq) ularning nomi tilga olinganda (ko'ngil yorishadigan) bu dunyodan ko'z yumgan musulmonlarning imomlarini ilmi bizga (dinda bid'at qilmay ergashishda) kifoya qiladi. Alloh taolo to'g'ri yo'lga yo'llovchi va yordamini darig' tutmaydigan Zotdir”.
3-Alloh tabaroka va taolo bizga sahobalarga go'zallik bilan ergashgan zotlardan rozi ekanligini va ularga ulkan ajru-savoblar hozirlab qo'yganini xabar berib shunday dedi:” Muhojir va ansorlarning birinchi peshqadamlari va ularga chiroyli amallar bilan ergashgan zotlar – Alloh ulardan rozi boldi va ular ham Undan rozi bo'ldilar. Yana (Alloh) ular uchun ostidan daryolar oqib turadigan, ular abadiy qoladigan jannatlarni tayyorlab qo'ydi. Mana shu buyuk saodatdir.” (Tavba:100).
Sa'diy rohimahulloh o'zlarining tafsirlarini (2/680)da shunday dedilar:
“Birinchi peshqadamlar, ular bu ummatni avvalida o'tgan hamda iymon, hijrat, jihod va Allohni dinini qoim qilish kabi ishlarni bu ummat orasida avval bajarganlaridir. “ Muhojirlar”, ularning sifatlari:”O'z diyorlaridan va mol-mulklaridan haydab chiqarilgan zotlar, ular Allohdan fazl-marhamat va rizolik istarlar hamda Alloh va Uning payg'ambariga yordam berurlar. Ana o'shalar (iymonlarida) sodiq zotlardir”. (Hashr:8)
va “Ansorlar”, ularning sifatlari:”Ulardan (muhojirlardan) ilgari (Madina) diyoriga o'rnashgan va iymon-e'tiqodni (mahkam ushlagan) zotlar (ansorlar) esa o'zlari(ning yonlari)ga hijrat qilib kelgan kishilarni suyurlar va dillarida ularga (muhojirlarga) berilgan narsa-o'ljalar sababli biron hasad tuymaslar hamda garchi o'zlarida ehtiyoj bo'lsa-da, o'zlarini qo'yib (o'zgalarni) iysor-ixtiyor qilurlar”.(Hashr:9).
“ Va ularga chiroyli amallar bilan ergashgan zotlar”:Aqidada, so'z va amallarda ergashganlar. Ular mazammatdan salomat qolgan, Alloh taolo tomonidan barcha maqtov va eng afzal mukarramlikka yetishgan zotlardir.
“ Alloh ulardan rozi boldi”: Alloh taoloning roziligi jannat ne'matlarining eng ulkanidir. “Ular ham Undan rozi bolishdi va (Alloh taolo) ular uchun ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarni tayyorlab qo'ydi” Qalblarni, gullari so'lim ochilib turgan ko'rkam bog'larni va xushbichim gulzorlarni sug'oradigan oqar daryolardir.
“Ular u yerda abadiy qoladilar”: Ular u yerdan boshqa joyga ko'chishni istamaslar va bu jannatlar o'rniga boshqasini so'ramaydilar. Chunki ular u jannatlarda nimaiki orzu qilsalar yetishadilar va nimaiki xoxlasalar topadilar.
“ Mana shu buyuk saodatdir”: Bu buyuk saodatda ular uchun nafsga yoqimli, ruhiyatga lazzat, qalblarga ne'mat va jasadga shaxvat bo'lgan barcha narsa hosil bo'ladi hamda ular xavfsiragan barcha narsa daf qilingandir”.
4-Alloh taolo aytdiki:”O'zlari hidoyatda bo'lgan va sizlardan biron ajr-mukofot so'ramaydigan zotlarga ergashinglar”.(Yasin:21).
Ibnul Qoyyim rohimahulloh “I'lam al-Muvaqqi'in” (5/566)da shunday dedilar:”Alloh subhanahu va taolo Yasin sohibi (Yasin surasida zikr qilingan kishi) haqida, ushbu (u aytgan) so'zdan rozi ekanligini, bu so'zni aytuvchisini maqtaganini va o'sha kishini foydasiga bu ishni rozi bo'lib iqror bo'lganini qissa qilib aytib berdi. Sahobalarning birortalari bizdan (qilgan da'vatlariga) ajr-mukofot so'rashmadi. Ular (oyatda kelganidek) o'zlari hidoyatda bo'lgan zotlar edi. Bunga dalil, Alloh taolo ularga xitob qila turib shunday dedi:”Va do'zax chohining yoqasida turgan (payt)laringizda, U Zot sizlarni undan xalos qildi. Ana shunday, Alloh sizlarga O'z oyatlarini bayon qiladi, shoyad hidoyat topsangizlar”(Oli-Imron:103) Oyatdagi “Shoyad” lafzi, Alloh taolo tomonidan (bu ish amalga oshishi) vojib ekanligi haqida xabardir.
Va Alloh taoloning mana bu so'zi:
”(Ey Muhammad alayhissalom), ularning (munofiqlarning) orasida shunday kimsalar ham borki, ular Sizga quloq solib turadilar-da, huzuringizdan chiqqan vaqtlarida esa ilm ato etilgan zotlardan (masxara qilishib):”Hozirgina (Muhammad) nima devdi?”, deb so'rarlar. Ana o'shalar Alloh dillarini muhrlab qo'ygan va o'zlarining havoi-nafslariga ergashgan kimsalardir. Hidoyat topgan – to'g'ri yo'lga yurgan zotlarga esa (Alloh) yana hidoyatni ziyoda qilur va taqvo ato etur”.(Muhammad:16-17).
Va yana Alloh taoloning mana bu so'zi:”Ularni (jannat yo'liga) hidoyat qilur va ishlarini o'nglar. Ularni (Allohning) O'zi ularga tanitgan jannatga kiritur”.(Muhammad:5-6).
Va Alloh taoloning mana bu qovli:”Bizning (yo'limiz)da jihod qilgan-kurashgan zotlarni albatta O'z yo'llarimizga hidoyat qilurmiz. Aniqki, Alloh chiroyli amal qilguvchi zotlar bilan birgadir”. (Ankabut:69). Sahobalarning har-birlari Allohning yo'lida yo qo'llari bilan yoki tillari bilan jang va jihod qilishdi. Alloh taolo ularni to'g'ri yo'lga yo'llab qo'ygandi. Kimgaki Alloh taolo hidoyat ato etgan bo'lsa, bas u to'g'ri yo'ldan yuruvchidir. Demak oyatga binoan sahobalarga ergashish vojib bo'ladi”.
Yuqorida keltirilgan dalillarning zehnda mustahkam o'rnashib qolishi lozim bo'lgan asosi shuki, sahobalar barcha fazilatda odamlarning eng afzalidir. Ular hidoyat jihatidan tamomiy hidoyatlangan, Allohga tavba-iltijo qilib qaytish jihatidan mukammal tavba-iltijo qilgan hamda Allohga tavba qilay va hidoyat topay deganlarga ergashish vojib bo'lgan zotlarning eng avvali va eng loyig'idirlar. Sahobalar hidoyat ahli o'zaro ixtiloflashib qolishganda, ixtilofsiz ergashish tayin bo'lgan zotlardir.
5-Alloh taolo aytdiki:”Ayting:”Mening yo'lim shudir. Men Allohga da'vat qilaman. Men va menga ergashgan kishilar aniq hujjatga – ishonchga egamiz”.(Yusuf:108)
Ibnul Qoyyim rohimahulloh “I'lam al-Muvaqqi'in” (5/567)da shunday dedilar:
“Alloh taolo xabar beryaptiki, kim payg'ambarga ergashadigan bo'lsa, Allohni yo'liga da'vat qiladi. Kimki Allohni yo'liga aniq ilm asosida da'vat qiladigan bo'lsa, unga ergashish vojib bo'ladi. Bu Alloh taolo jin toifasi haqida hikoya qilib, undan rozi bo'lgan so'ziga binoandir:”Ey qavmimiz, Allohga da'vat qilguvchi (Muhammad alayhissalomning da'vati)ni qabul qilinglar” (Ahqof:31). Kimki Allohning yo'liga aniq dalil asosida da'vat qiladigan bo'lsa, darhaqiqat haqqa u(haq)ni bilgan holida da'vat qilibdi. Allohni ahkomlariga chaqirish, bu Allohni yo'liga chaqirishni ayni o'zidir. Chunki bu, Alloh taolo buyurgan va qaytargan ko'rsatmalarida, Alloh taologa bo'yinsunishga chaqiriqdir. Demak, sahoba rizvanullohi alayhimlar, Rosul sollollohu alayhi va sallamga ergashishdi. Endi ular Allohni yo'liga chaqirishganda, albatta ularga ergashish vojib bo'ladi”.
6-Alloh taolo sahobalarga mana bu qovli bilan ilm ato etilgan zotlar deb guvohlik berdi:”(Ey Muhammad alayhissalom), ilm ato etilgan zotlar sizga Parvardigoringiz tomonidan nozil qilingan (Qur'onning) haq (kitob) ekanini bilurlar”(Saba:6). Va mana bu qovli:”(Ey Muhammad alayhissalom), ularning (munofiqlarning) orasida shunday kimsalar ham borki, ular sizga quloq solib turadilar-da, huzuringizdan chiqqan vaqtlarida esa ilm ato etilgan zotlardan (masxara qilishib):”Hozirgina (Muhammad) nima devdi?”, deb so'rarlar”.(Muhammad:16). Va yana mana bu qovli:”Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-martabalarga ko'tarur”(Mujodala:11). Oyatdagi “Ilm”dan murod, qandaydir ilm emas, balki aynan Alloh taolo O'zining payg'ambari sollollohu alayhi va sallamga ato etgan ilmdir. Demak sahobalarga ana shu ilm ato etilgan ekan, ularga ergashish vojib bo'ladi”(I'lam al-Muvaqqi'in:5/568).
7-Alloh taolo aytadiki:”Ey mo'minlar, Allohdan qo'rqingiz va (iymonlarida) rostgo'y bo'lgan zotlar bilan birga bo'lingiz!”(Tavba:119). Salaflar aytishdiki: Ular Muhammad sollollohu alayhi va sallamning sahobalaridir. Alloh taolo ulardan rozi bo'ldi. Ular sodiqlarning imomlari ekanliklarida hech qanday shak-shubha yo'qdir. Ulardan keyin kelgan har-bir sodiq kishi, ularni rostgo'ylikda o'ziga imom qilib oladi. Balki rostgo'yligini haqiqati shuki: ularga ergashishi, ular bilan birga bo'lishidir. Ma'lumki, kim sahobalarga biror narsada xilof ish tutsa -agarchi boshqa masalalarda ularga muvofiq kelsa ham- ular bilan emas ekan deb e'tibor qilinadi. U kishiga nisbatan mutlaqo sahobalar bilan birga emas ekan deb qaraladi. Agar ularga ma'lum masalalarda muvofiq kelgani sabab sahobalar bilan birga ekan degan nazardan biror ulushi bo'lsa ham, aslida bu odamga nisbatan sahobalar bilan emas ekan deb aytish to'g'ri bo'ladi.
Bu o'rinda mutlaq birga bo'lish bilan ma'lum bir masalalarda birga bo'lish o'rtasida farq bor. Ma'lumki ushbu birga bo'lish masalasida ikkinchisiga emas balki birinchisiga buyurilgandir. Alloh taolo bizdan sahobalar bilan ma'lum bir masalalarda birga
(hamfikr) bo'lishligimizni va mana shu bilan endi sahobalar bilan birga (hamfikrman) degan narsani iroda qilmadi. Bu Rob taoloni buyruqlaridan bo'lgan maqsadni fahmlashdagi ulkan xatodir”. (I'lam al-Muvaqqi'in:5/569).
8-Alloh taolo shunday dedi:”Kim Allohga bog'lansa, bas, muhaqqaqki, to'g'ri yo'lga hidoyat qilinibdi” (Oli-Imron:101). Oyatdan dalil keltirish uslubi shunday bo'lyaptiki, Alloh subhanahu va taolo O'ziga mustahkam bog'langan kishilarni, darhaqiqat haq yo'lga hidoyat qilingan zotlar deb xabar berdi. Demak biz aytamizki: Sahobalar rizvanullohi alayhim Allohga mahkam bog'langan va hidoyat topgan zotlardir. Bas, ularga ergashish vojibdir”.(I'lam al-Muvaqqi'in:5/573).
9-Nabiy sollollohu alayhi va sallam ummatlarini, o'zlarining yo'llariga va o'zlaridan keyingi xulogoi-roshidin razvanullohi alayhimlarning yo'liga ergashishni buyurib, shunday dedilar:”Sizlardan kimki mendan keyin yana hayot kechiradigan bo'lsa, ko'plab ixtiloflarni ko'radi. Shunda mening yo'limni va mendan keyingi xulofoi-roshidin al-mahdiyyinlarni (to'g'ri yo'ldagi xalifalarni) yo'lini lozim tutinglar. Uni mahkam tutinglar va oziq tishlaringiz bilan tishlanglar. Yangi paydo bo'lgan ishlardan o'zlaringizni tiyinglar. Har-bir yangi paydo bo'lgan ish bid'atdir va har-bir did'at zalolatdir”. (Ahmad:16692, Abu Daud:4607, Termiziy:2676, Ibn Mojja:44 da Irboz ibn Soriya roziyallohu anhuni hadislaridan rivoyat qilishdi. Alboniy “Sahih Sunan Abu Daud”da sahih dedilar).
Nabiy sollollohu alayhi va sallam kelishmovchilikdan chiqish yo'li bu, o'zlarining va o'zlaridan keyingi to'g'ri yo'ldagi xalifalarini yo'liga ergashish ekanligini bayon qilib, shunday dedilar:”Sizlardan kimki mendan keyin yana hayot kechiradigan bo'lsa, ko'plab ixtiloflarni ko'radi”.Bu kasallikdir.
Nabiy sollollohu alayhi va sallamni yo'llariga nazar tashlar ekansiz, u kishi bir kasallikni eslab o'tsalar, albatta uning ketidan bu kasallikni davosini ham aytib o'tganlarini ko'rasiz. Nabiy sollollohu alayhi va sallam aytdilarki:”Sizlardan kimki mendan keyin yana hayot kechiradigan bo'lsa, ko'plab ixtiloflarni ko'radi”.Va aytdilarki:”Shunda mening yo'limni va mendan keyingi xulofoi-roshidin al-mahdiyyinlarni (to'g'ri yo'ldagi xalifalarni) yo'lini lozim tutinglar. Uni mahkam tutinglar va oziq tishlaringiz bilan tishlanglar. Yangi paydo bo'lgan ishlardan o'zlaringizni tiyinglar”.
Nabiy sollollohu alayhi va sallam bid'atdan ogohlantirdilar. Sunnatga ergashishga buyurdilar. Demak shu narsa ma'lum bo'ladiki, sunnatga ergashib, bid'atni chetlab o'tish, bu kelishmovchilikdan chiqish yo'li ekan.
Kelishmovchilikdan chiqish yo'li bu, faqat va faqat, sunnatga ergashib, bid'atni chetlab o'tishdir.
10-Rosululloh sollollohu alayhi va sallam shunday dedilar:”Odamlarning yaxshisi meni asrimdagilar. So'ng undan keyin keladiganlari, so'ng undan keyin keladiganlari”. (Buxoriy:2652, Muslim:2533 da Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhuni hadislaridan rivoyat qilishdi. Bu hadisni yana sahobalardan: Oisha, Abu Hurayra va Imron ibn Husoyn roziyallohu anhumlar rivoyat qilishgan).
11-Nabiy sollollohu alayhi va sallam turli firqalarga bo'linib ketish hadisida najot topuvchi firqani sifatlab turib, shunday dedilar:”Bugungi kundagi men va sahobalarim yo'lida bo'lganlar”. (Termiziy:2641 da Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhuni hadislarida rivoyat qildi. Alboniy “Sahiha” (1348)da hasan darajasidagi hadis dedilar).
Demak kimki, sahobalar rizvanullohi alayhimlarning yo'lida bo'lar ekan, bas u, najot topuvchi firqadandir. Kimki sahobalarga xilof ish tutsa va ulardan uzoqlashsa, bas u, va'id (qo'rqituv) oyatlari ostiga dohil bo'lishidan o'zga chora yo'qdir. Chunki Nabiy sollollohu alayhi va sallam aytdilarki:”Bittasidan boshqa barchasi jahannamdadir”.
So'ng Nabiy sollollohu alayhi va sallam ushbu najot topuvchi firqaning haqiqatini ochib beradigan sifatni bayon qilib, shunday dedilar:”Bugungi kunda men va sahobalarimning yo'liga o'xshash yo'lda bo'lganlar”. (Yuqoridagi manba).
Demak kimki, Nabiy sollollohu alayhi va sallam hamda u kishining sahobalari yo'lida bo'lar ekan, bas u, najot topuvchilardandir. Kimning holati shunday bo'lmas ekan, bas u, va'id (qo'rqituv) oyatlari ostiga dohil bo'lishidan o'zga chora yo'qdir. Taqsimot uchga emas, faqat ikkiga bo'linadi:”Bittasidan tashqari barchasi jahannamdadir”. Demak jannatda bo'lmas ekan, ahli va'id (Alloh xoxlasa adolati bilan azoblaydi yoki rahmati bilan kechirib yuboradigan)lardan bo'lishi aniqdir.


(davomi bor)
Reply
#5
Payg'ambar manhajini mahkam tutmoqlik muhim ekanligiga dalolat qiluvchi ba'zi asarlarni eslab o'tsak

Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:”Ergashinglar, bid'at qilmanglar. Darhaqiqat kifoyalandingiz(yetarli bo'ldi)”.(Dorimiy rivoyati: 205, Ibn Nasr “Sunna” 28-sahifada, Tobaroniy “Mo'jam al-Kabir”:8770 da).
Yana shunday dedilar:”Biz iqtido qilardik, (odamlarga o'zimiz tomondan biror narsani din deb) namoyon qilmasdik. Ergashardik, bid'at qilmasdik. Modomiki asarni mahkam tutarkanmiz, hargiz adashmaymiz”. (Lalakaiy 1/86, “Al-Faqih va al-Mutafaqqih” 1/147, “Zam at-Ta'vil”:59)
Ubay ibn Ka'b roziyallohu anhu shunday dedilar:”(Sahobalar) Yo'lini va Sunnatni mahkam tutinglar. Biror bir banda (sahobalarni) yo'li va Sunnatda bo'lgan holida, yolg'iz bo'lgan holatda Rahmonni eslasa va Allohdan qo'rquv sabab ko'zidan yosh oqadigan bo'lsa, jahannam (olovi) unga aslo yetmaydi. Sunnat va yaxshilikda bo'lgan holatdagi kam qilingan amal, (sahobalarni) yo'li vaSunnatga xilof bo'lgan holatdagi ko'p amaldan yaxshidir”. (Lalakaiy: 1/54, Ibnul Javziy “Talbis iblis”: 1/44).
Usmon ibn Hazir al-Azdiy rohimahulloh aytdilarki:” Ibn Abbos roziyallohu anhumoni oldilariga kirdim. Aytdimki:”Menga vasiyat qiling. U kishi shunday dedilar: (To'g'ri yo'lda) Bardavom bo'lgin. Ergash, bid'at qilma. Avvalgi asarga ergash, (qayta aytaman) bid'at qilma”. (Ibn Nasr “Sunna”: 29, “Zammul Kalam”:335, “Ibana”: 157,158,200).
Muhammad ibn Siyrin rohimahulloh shunday dedilar:”Ular (sahobalar) aytardilarki: Kishi asarga ergashar ekan, u (to'g'ri) yo'lda bo'ladi”.(Dorimiy: 140,141. Xollal “Sunna”: 1102, Lalakaiy:1/153).
Sufyon as-Savriy aytdilarki:” Kishiga boshini qashlaydigan bo'lsa ham, asarda kelganidek qashlashi lozim bo'ladi”. (Xotib “Jome'”: 174, “Zammul Kalam”: 328).
Abul O'liya aytdilarki:” O'zlaringizga (odamlar) ajralishlaridan oldingi bo'lgan yo'llari bo'lmish, avvalgi ishni lozim tutinglar”. (Abu Nu'aym “Hilya”: 2/218, Abdurrozzaq “Musonnaf”: 20758, Marvaziy “Sunna”: 26).
Avzoiy rohimahulloh shunday dedilar:" Sunnatga muvofiq (bo'lish uchun) nafsing (vasvasasiga) sabr qil. Qavm (sahobalar) to'htagan joyda to'hta. Ular tiyilgan narsadan tiyil. Salafi-solihlaring yo'lidan yur. Chunki ularga yetgan narsa senga ham yetadi". ("Sharh Usul E'tiqod"-1/147, "Talbis Iblis"-1/53, Ajuriy "Sharia" da keltirdilar-2/673, Abu Na'im esa "Hilya"da-6/143).
Rohimahulloh yana aytdilarki:”Odamlar sendan yuz o'girsalarda, salaflar yo'liga ergash. So'zni senga bezab ko'rsatsalarda, kishilarni (quruq, dalilsiz) ra'ylarini tashla. Chunki ishni (keti) ochilib qolganda ham sen to'g'ri yo'lda bo'lgan bo'lasan”. (Zahabiy “Muxtasar al-Uluv”: 138, “Siyar A'lam Nubala”: 7/120, “Tobaqot al-Hanabila” 1/236).
Imom Ahmad shunday dedilar:” Bizni nazdimizda sunnat asoslari ushbulardir: Rosululloh sollollohu alayhi va sallamning sahobalarini yo'lini mahkam tutmoq. Ularga iqtido qilmoq va bid'atlarni tark etish”. (Imom Ahmad “Usul Sunna” (Ibn Taymiyya nashriyoti) : 25-27).
Abu Daud (“Sunan”: 4612)da, Umar ibn Abdulaziz rohimahullohdan sahih sanad bilan mana bu vasiyyatni rivoyat qiladilar:” Ammo ba'd: Senga Allohdan taqvo qilishni, kam amal qilsang ham o'rta yo'lni tutmoqligini, Nabiy sollollohu alayhi va sallam sunnatiga ergashishingni, sunnat bayon qilib, odamlarga yengil yo'lni ko'rsatib bersada, bid'atchilar o'ylab topgan bid'atlarni tark etishingni vasiyat qilaman. Sunnatni lozim tutgin. Chunki u senga Allohni izni bilan (bid'at yo'llariga kirib ketishingdan) saqlovdir. So'ng shuni yaxshi bilginki, odamlar biror bir bid'atni o'ylab topmaydilar, magaram bu ish bo'lishidan oldin, bu bid'atni qarshisiga dalil va (bu bid'at yomon oqibatlarga olib kelishiga) ibrat o'tgan bo'ladi. Bu yo'lni, ushbu yo'lni xilofida xato, qoqilish, adashish, tentaklik va dinda chuqur ketish kabi (xorlikni) bilgan zot o'rnatib ketdi. Demak qavm (sahobalar) to'htagan yerda to'hta! Chunki ular bilib to'htadilar va ongli ravishda tiyildilar. Ular sizlar qilayotgan bu bid'atlarni kashf etishga qodirroq va bu narsalarda yaxshilik bo'lganda edi ular bu fazlga loyiqroq bo'lardilar. Agar sizlar:” Ulardan keyin paydo bo'lgan” desangiz, uni ularga muxolif bo'lgan va ularning yo'llaridan og'ishgan odamlar o'ylab topganlar. Ular bu narsalardan behojat qiladigan kifoya qiladigan so'zlarni aytib gapirib ketganlar. Ulardan oshirgan kishi qiynalgan xordir. Ulardan kamaytirgan beparvo nuqsonlidir. Bir qavm ularnikidan kamaytirdilar bas, jafo qildilar, boshqa bir qavm ulardan oshdilar, bas, g'uluv ketdilar. Sahobalar esa bu ikkisining o'rtasi “Sirotul Mustaqim” - to'g'ri yo'ldadirlar”.
Ajurriy rohimahulloh “Shari'a” (1/103)da shunday dedilar:”Alloh taolo yaxshilik iroda qilgan bandani alomati, Allohning Kitobi, Rosululloh sollollohu alayhi va sallamning sunnatlari, sahobalari roziyallohu anhum va ularga go'zallik bilan ergashgan zotlar hamda har-bir shaharda (bugungi kunimizgacha) bo'lgan ulamolardan iborat musulmonlarning imomlarini yo'lidan yurishidir. (Bu imomlarga) Misol: Avzoiy, Sufyon Savriy, Molik ibn Anas,Shofe'iy, Ahmad ibn Hanbal, Qosim ibn Sallam va ularning yo'lidan yurgan zotlar. Va (yana Alloh yaxshilik iroda qilgan kishini alomatlaridan) ushbu ulamolar qoralab o'tishgan har-bir yo'lni chetlab o'tmo'qligidir”.
Abu Usmon Sobuniy rohimahulloh “Aqida as-Salaf”(82)da shunday dedilar:” Ular Nabiy sollollohu alayhi va sallam va qay birlariga ergashsa, yo'lini to'g'ri topib ketadigan yulduzlar kabi bo'lgan sahobalariga ergashadilar. Musulmonlarning ulamolari va din peshvolaridan iborat salafi-solihlarlarga ergashadilar. O'sha zotlar mahkam tutgan mustahkam din va ochiq-oydin haqni mahkam tutadilar”.
Lalakaiy “Sharh Usul I'tiqod Ahli Sunna val Jama'a”(1/76)da shunday dedilar:” Kishiga eng (avvalo) vojib bo'ladigan masalalar: Dindagi e'tiqodiy masalalarni bilishi, Alloh taolo bandalariga amr qilgan O'zining tavhidi va Sifatlarini tushunish, elchilarini dalillar va aniq ilmga binoan tasdiqlash, (bu masalalarga erishish) yo'llariga yetishish va bu masalalarga dalillar va ochiq-oydin hujjatlar bilan dalil keltira bilish.
Aytilgan so'zlarni ichida eng (qadri) balandi, hujjat va aqliy dalillarni eng aniq-ravshani, bu haq va ochiq-oydin bayon qilingan Allohning Kitobidir. So'ngra Rosululloh sollollohu alayhi va sallam va ummatning afzali va muttaqinlar bo'lmish sahobalarining so'zlari. So'ng esa salaf-solihlar ijmo qilishgan masalalar. So'ngra esa bularning barchasini mahkam tutmoq va qiyomat kunigacha ushbu yo'lda qoim bo'lmoq. So'ng esa bid'atlar va zalolatga ketgan kimsalar dinda o'ylab topishgan safsatalarga quloq solishdan chetlanmoqlikdir.
Bu (yuqoridagi so'zlar) (salaflardan) meros bo'lib, (shu kungacha) ergashilib kelinayotgan vasiyatlardir. Va (Alloh taolo tomonidan) hifzu-himoyada bo'lgan hamda (og'izdan-og'izga) naql qilinib kelgan asarlardir. (Shu kunlarimizgacha) yurib o'tilgan haq yo'llaridir. (Odamlar orasida) mahxur bo'lgan, ochiq ko'rinib turgan dalillardir. Sahobalar, tobe'inlar va ulardan keyingi musulmonlarning barchalari va xos ahli ilmlardan iborat zotlar amal qilib o'tishgan nusratlangan, aniq-ravshan hujjatlardir. Ular bu asarlarga o'zlari bilan olamlarning Robbisi bo'lmish Alloh taolo o'rtasida hujjat o'laroq e'tiqod qilib o'tishdi.
So'ngra (Alloh taolo tomonidan) hidoyat ato etilgan imomlarga ergashgan, (sunnatga) ergashuvchilarni izidan borgan, muttaqinlarning yo'lidan yurishda peshona ter qilgan, Allohdan qo'rqadigan va muhsinlar bilan birga bo'lgan kishi (ham najot topgandir)”.

Rohimahulloh (1/85)da yana shunday dedilar:”Allohning Kitobi, Rosulining sunnati va sahobalarning asarlarida doim ergashishga targ'ibni hamda (keragidan ortiqcha yuk) yuklash va (dinda yangi narsalar) o'ylab topishni qoralangan ekanini uchratdik. Kimki ushbu asarlarga cheklansa, ergashuvchilardan bo'ladi. Bu ismga eng loyiq bo'lganlar, ushbu belgiga eng haqlilar va bu sifatga eng mos keluvchilar “Asxobul hadislardir”(yani, hadis ilmi bilan shug'ullanadigan muhaddis ulamolar). Chunki ular Rosululloh sollollohu alayhi va sallamni (ko'rsatmalarini hayotlarini har-bir soniyasida lozim tutish bilan boshqalardan) ajralib turishadi, u kishi sollollohu alayhi va sallamning so'zlariga ergashishadi, hayotlarini ohirgi damlarigacha bu yo'lni lozim tutib, ilmlarini gardanlariga olishadi. (Rosululloh sollollohu alayhi va sallamning) har bir holatlari va fellariga (qat'iy amal qilishga) rioya qilishadi. Ular (asxobul hadis) Islomni u kishi sollollohu alayhi va sallamdan to'g'ridan-to'g'ri qabul qilgan, shariatga o'z ko'zlari bilan guvoh bo'lgan, o'rtada biror vositasiz shar'iy hukmlarni to'g'ridan-to'g'ri qabul qilib olgan zotlardir. Ular (bu hadislarni) og'izdan-og'izga o'tish orqali qabul qilib yodlab oldilar va (hadislar) bir og'izdan (yani ustozlaridan) chiqqanda hali qurimay turib (unutmasdanoq) qabul qilib olib, qanday bo'lsa shunday yetkazdilar. Demak og'izdan-og'izga (to'g'ridan-to'g'ri) qabul qilib olishib bu (hadis va asarlarni) haq deb e'tiqod qilishgan va qalblarida bu asarlarga nisbatan biror shak-shubha aralashmagan aniq ishonch bilan xolis turgan zotlardir.
Demak bu dinni avvali Rosululloh sollollohu alayhi va sallamning og'izlaridan chiqishi bilan biror o'zgartirishsiz va shubhasiz qabul qilinib olindi. So'ng adolatli deb tanilgan zotlar o'zlaridan keyin kelgan adolatli deb tanilgan zotlarga biror xato tushuncha kiritmasdan va to'g'ri holatdan og'ishmasdan yetkazib keldilar. So'ng bu omonatni to'p-to'p bo'lib, saf-saf bo'lib, jamoa-jamoa bo'lib, keyingilar oldingi o'tgan zotlardan qo'ldan-qo'lga o'tganday qabul qilib olishdi. Bu holat (alifbo) harflari bir-birini ketidan o'ziga mos uyg'unlashgan holatda kelganiga o'xshashdir”.

Rohimahulloh (1/83) da yana shunday dedilar:”Ergashuvchilarning e'tiqodiga, (Kitobu-Sunnatni) mahkam tutuvchilarning siyratiga, avval o'tgan solih zotlarning yo'liga shoshilinglar. (Ular) Allohning Kitobi, Rosulining Sunnatini mahkam tutib, Allohning shariati va hikmatiga ushbu Rabboniy shiorni baralla aytgan holda chaqirib o'tgan zotlardir:” Parvardigoro, nozil qilgan narsangga ishondik, payg'ambaringa ergashdik. Bas, bizni (O'zingning birliginga, payg'ambaringning haqligiga) guvohlik beruvchilar qatoriga yozgin!”.(Oli-Imron:53). Ular Allohning Sifatlarini va olamlarning robbisini yakka deb bilishni yolg'onga chiqaruvchilar yo'lini chetlab o'tgan zotlardir. Ular Qur'onni imom, (Qur'on) oyatlarini furqon (haq bilan botilni ajratuvchi) deb biladilar. Haqni o'zlariga eng oliy maqsad qilib, Rosululloh sollollohu alayhi va sallam sunnatlarini qalqon va qurol qilib, sunnat yo'lini manhaj deb bilib va bu (asarlarni) dalil qilib olgan zotlardir. Hikmatni qabul qilib, uni bid'at va havoi-nafsga ergashishdan saqlab kelgan zotlardir. (Ular bu cho'qqiga) Allohning buyrug'iga bo'ysunish, Rosulga ergashish, haqni o'chirish uchun botil yo'llar bilan talashib-tortishishni tark etganlari sababli yetishishdi”.
Sunnat imomlaridan iborat ulamolar avlodlar almashinishi bilan ana shu holatda davom etib kelishyapti. Salaf-solihlarga ergashish, ularga iqtido qilish, yo'llaridan yurib borish va izlariga ergashishga chaqirib kelishyapti.

(davomi bor).
Reply


Forum Jump:


Users browsing this thread: 1 Guest(s)